«yong‘in» tegli maqolalar


Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
21 iyul 2024, 11:40

Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Qarshi aeroporti yaqinidagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bir necha o‘t o‘chirish ekipajlari, jumladan, aeroportning uchta o‘t o‘chirish mashinasi uni bir necha soat davomida o‘chirdi. Hodisa aeroport faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Samarqandda Matiz yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi dalaga ham o‘tdi
12 iyul 2024, 22:59

Samarqandda Matiz yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi dalaga ham o‘tdi

Samarqandda qisqa tutashuv sabab Matiz mashinasi butunlay yonib ketdi. Yong‘in yo‘l chetidagi g‘alladan bo‘shagan yer maydoniga ham o‘tdi. O‘t o‘chiruvchilar holatni 50 daqiqada bartaraf etdi.

Foto: “O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi
12 iyul 2024, 17:27

Foto: “O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon 23 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1960 ta holat aniqlangan.

Toshkent aeroporti hududidagi kafeda yong‘in yuz berdi
6 iyul 2024, 12:33

Toshkent aeroporti hududidagi kafeda yong‘in yuz berdi

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Toshkentning Chorsu bozoridagi yong‘in oqibatlari
28 iyun 2024, 10:21

Foto: Toshkentning Chorsu bozoridagi yong‘in oqibatlari

“Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin tunda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan poytaxtdagi Chorsu bozorida bo‘ldi. Fotoreportaj.

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi
28 iyun 2024, 07:47

Toshkentning Chorsu bozoridagi yirik yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi

Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.

Denovdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
25 iyun 2024, 09:30

Denovdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta ekipaj yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi.

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
24 iyun 2024, 17:27

Janubiy Koreyada zavoddagi yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi.

Jizzaxda ham mashina yonib ketdi
15 iyun 2024, 14:57

Jizzaxda ham mashina yonib ketdi

Sharof Rashidov tumanida Cobalt elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Bu transport vositalari yonib ketishi bilan bog‘liq bir kun ichidagi uchinchi holat.

Toshkentda Mercedes-Benz avtomobili yonib ketdi
15 iyun 2024, 12:43

Toshkentda Mercedes-Benz avtomobili yonib ketdi

Uchtepa tumanida Mercedes-Benz rusumli transport vositasi yonib ketdi. Yong‘inga salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.

Sergelidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
13 iyun 2024, 14:33

Sergelidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentning Sergeli tumanidagi mashina bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida quruq o‘t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib ketgan. Hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)
12 iyun 2024, 21:40

Toshkentda harakatdagi Lacetti yonib ketdi (+video)

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida harakatdagi Lacetti`ning salonida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hech kim jarohatlanmadi.

Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)
11 iyun 2024, 14:36

Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)

Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.

Toshkentda kabel tarmog‘idagi yong‘in sabab ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar yuzaga keldi
10 iyun 2024, 12:39

Toshkentda kabel tarmog‘idagi yong‘in sabab ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda uzilishlar yuzaga keldi

Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida yerosti kabelida yuz bergan yong‘indan so‘ng pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi va Toshkent shahar IIBB. Shuningdek, yaqin atrofdagi aholi punktlarida elektr energiyasi vaqtincha uzilgan.

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)
10 iyun 2024, 09:59

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi (foto, video)

IIV binosi yaqinidagi yerosti tunnelida yong‘in sodir bo‘ldi. “Elektr simlari tutashi”ga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi va u 1 soatda bartaraf etildi. Toshkent metropoliteni yong‘inning metro tizimiga bog‘liqmasligi, qurilmalar normal holatda ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi
2 iyun 2024, 11:12

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
24 may 2024, 12:20

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
8 may 2024, 12:55

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda
15 aprel 2024, 23:58

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yong‘in yuz bergani, bu jamoatchilikdan sir tutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari yasagan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan, deb yozdi Kun.uz.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida qurilish chiqindilari yonib ketdi
5 aprel 2024, 14:01

Toshkent shahrining Sergeli tumanida qurilish chiqindilari yonib ketdi

Sergelida ochiq maydondagi qurilish chiqindilari yonib ketdi. Uni o‘chirish uchun 5 ta qutqaruv ekipaji chaqirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting