Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Qutqaruv ekipaji voqea joyiga 8 daqiqada yetib borib, yong‘inni 20 daqiqada o‘chirgan.
Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 4 soatda bartaraf etildi. FVBga ko‘ra, yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Turkiyaning Bolu muzofotidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishi jarohat oldi. Ish doirasida 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olindi. Mamlakatda bir kunlik milliy motam e’lon qilingan.
Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.
Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.
Chilonzor tumanidagi avtoturargohda turgan Nexia butunlay yonib ketdi. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan. Yong‘in sababi hozircha aniq emas.
Tataristonda ishchilarning vaqtinchalik yashash uyi yonib ketdi. U yerdan 6 erkakning jasadi topildi, ularning 5 nafari o‘zbekistonlik. Qozondagi Bosh konsulxona diplomatlarni voqea joyiga jo‘natdi va vaziyatni nazoratga oldi.
Farg‘ona shahridagi solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Video.
Seshanba kuni Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda hodisa oqibatida jarohatlanganlar borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Viloyat FVB yong‘in qurshab olingani va o‘chirilganini bildirdi.
Hazorasp tumanidagi yengil konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 13 ta ekipaj jalb etildi va yong‘in bir soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi.
10-dekabrda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Havas supermarketi va unga tutash bo‘lgan osh markazida katta yong‘in chiqdi. Voqea joyiga 16 ta ekipaj jalb qilingan, yong‘in 40 daqiqa davomida o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Video.
Yunusobod tumanida Matiz beton to‘siqqa urilganidan so‘ng butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Iqtisodchi Behzod Hoshimov nega ba’zi davlatlarda xavfsizlik qoidalari ishlashi va ba’zilarida ishlamasligini tushuntirdi. “G‘arbda qoida ishlashi ular insofliroq ekanidan emas. Agar qayerdadir yong‘in holatida chiqish eshigi ishlamay qolsa, sug‘urta kompaniyasi o‘sha korxona egasini „burnidan buloq“ qiladi”, deydi u.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Epica va Spark avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. YHXB xabariga ko‘ra, Spark haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Tracker avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Mashina to‘liq yonib ketgan, jarohatlanganlar yo‘q.
Payshanba kuni Urganch tumanining Gurlan ko‘chasidagi kiyim do‘konlarida yong‘in chiqdi. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, 1 soat ichida alangani o‘chirdi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi.
Qamchiq dovonida old g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi. Hodisa sabab dovon yo‘li vaqtincha yopildi.
Qamchiq dovonida qisqa tutashuv sabab yuk avtomobili yonib ketdi. Dovon yo‘lida harakat vaqtinchalik to‘xtatildi.
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi.
Sobiq Miran mehmonxonasi binosidagi yong‘inni o‘chirishga 14 nafar yong‘in-qutqaruv guruhi jalb qilindi. Holat alangadan deyarli ikki soat o‘tib bartaraf etildi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting