Qamchiq dovonida muzlagan yo‘llar sababli 13 ta avtotransport vositalari YTHga uchradi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mo‘ynoq tumani ekologiya inspeksiyasi hodimlari reyd paytida avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida inspektor Sh. Torejanov og‘ir jarohatlar tufayli vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatida «Matiz» avtomashinasi nosoz yo‘lni aylanib o‘tish chog‘ida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, «Cobalt» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Mazkur YTH oqibatida ikki kishi vafot etgan.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarolari harakatlanayotgan avtomashina bilan YTH sodir bo‘ldi. Haloqat natijasida ikki nafar inson vafot etdi. Yana besh nafar fuqaro esa og‘ir ahvolda kasalxonalarga yotqizilgan.
25 noyabr kuni ertalab Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokidagi YTH yuz berdi. Unda haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Sirdaryo viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘l chetidan o‘tgan gaz tarmog‘iga borib urildi. Oqibatda Shirin shahri vaqtincha gazsiz qoldi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 20 nafar yo‘lovchisi bor avtobus yo‘l sirpanchiqligi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Termiz tumanida temir yo‘l kesishmasida teplovoz va prokuratura xizmat avtomashinasi to‘qnashdi. Avtohalokat oqibatida ikki nafar prokuratura xodimi vafot etdi, viloyat prokurori o‘rinbosari jarohatlandi.
Toshkent shahrida «Nexia-3» va «Spark» mashinalarining to‘qnashuvi natijasida voyaga yetmagan 16 yoshli mashina haydovchisi voqea joyida vafot etdi.
Buxoro viloyatida KAMAZ beshta Cobalt va uchta Nexia olib ketayotgan MAN avtoulov tirkamasi bilan to‘qnashdi. Hodisada faqat avtomobillarga zarar yetgan. Yetkazilgan zararni baholashdan so‘ng, avtomobillar zavodga utilizatsiya uchun qaytariladi.
Toshkent shahrida sinov tariqasida YTH ro‘y berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismi haqida ogohlantirish uchun yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Belgi ostida ikki avtomobilning to‘qnashuvi yoki avtomobil va piyoda ishtirokida YTH aks etgan rasmli izoh berilgan belgi ham o‘rnatiladi.
Ta’mirtalab yo‘llar sabab yuzaga kelgan YTHlarda 191 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Senat. Bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha dastur ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
IIV YHXBB 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklifi bo‘yicha bayonot berdi. YHXBB yoshlar bu vaqtda o‘qishini davom ettirishi, boshqa ishlar bilan chalg‘imasligi kerakligini ma’lum qildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, 9 oy davomida haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yil bo‘lmagan haydovchilar tomonidan 612 ta YTH sodir etilgan, ularning oqibatida 191 kishi vafot etgan, yana 571 nafari tan jarohatlari olishgan.
Jomboy tumanida Lacetti yo‘ldan burilib olmoqchi bo‘lgan yuk mashinasiga borib urildi. Yengil mashina haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi, uch kishi shifoxonaga tushdi.
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ikkita Nexia to‘qnashuvi natijasida ikki kishi olamdan o‘tdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi va yong‘in kelib chiqishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida vafot etishgan.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita Nexia avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi turli jarohatlandi.
O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylari davomida 4294 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. YTHlar oqibatida 1293 kishi halok bo‘lgan, 3886 nafari jarohatlangan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
Yuk mashinasi «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdga borib urildi. Haydovchi qoidani buzib, «shlagbaum»ni aylanib o‘tishga uringan. U voqea joyida vafot etdi. Poyezd 42 daqiqaga ushlanib qoldi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Lacetti rusumli avtomobilning daraxtga borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting