Xitoyda oilalarga uchta farzand ko‘rishga rasman ruxsat berilgani, Turkiyada yangi karantin cheklovlarining joriy etilgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Braun universiteti AQShning Afg‘onistondagi urushga sarflagan xarajatlarini 2,26 trln dollarga baholadi. Bu urushning har bir kuni uchun o‘rtacha 300 million dollar degani. AQSh ushbu urushdagi xarajatlarning asosiy qismini qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirgan. 2050 yilga borib ushbu qarzlar foizlari qiymati 6,5 trln dollarga yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Afg‘onistondagi urush davomida 174 ming nafar atrofida qurbonlar bo‘lgani ma’lum qilindi.
AQShning Xitoy aviakompaniyalariga nisbatan cheklovlar joriy qilgani, Janubiy Koreya tashkilotlarining KXDRga 535 ming tonna guruch jo‘natayotgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati o‘z boshqaruv shakli va turini yaqin orada e’lon qilish arafasida. 20 yillik tanaffusdan so‘ng mamlakat hokimiyati tepasiga kelgan harakatni boshqarayotgan yetakchilar kim va ular haqida nimalar ma’lum? Bu haqda «Gazeta.uz» maqolasida.
Ashraf G‘ani videomurojaat bilan chiqib, Afg‘onistonni tark etishini «qon to‘kilishini oldini olish zarurati» bilan izohladi. Siyosatchi tez orada mamlakatga qaytishga va’da berdi. Shuningdek u «Afg‘onistonda adolatga erishish uchun» harakatlarini davom ettirishini ta’kidlab, afg‘onlar manfaati uchun kurashmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Facebook’ning koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlari bo‘lgan 18 mlnta postni o‘chirib tashlagani, Moskvada kuchli yomg‘irlar tufayli 70 ta reysning bekor qilingani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, deya xabar qildi mazkur mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.
«Tolibon» Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallaganidan so‘ng, aholi orasida juda katta vahima boshlangan. Mamlakat fuqarolaridan biri, Kobulda istiqomat qiluvchi 24 yoshli universitet talabasi, bolalarga ingliz tilidan dars berib kelgan qiz, «afg‘on ayollarining qo‘zidagi qo‘rquv» va endilikda ularning hayoti qanday o‘zgarishi mumkinligi haqida hikoya qiladi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganidan so‘ng birinchi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Harakat vakili Zabihullo Mujohid toliblar tinchlikda yashashni istashini va mamlakat hududini boshqa davlatlarga hujum uchun ishlatishga yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi. «Tolibon» harakatining eng muhim bayonotlari va va’dalari.
Gaitida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1941 nafarga yetdi, 9000 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Fransiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning evakuatsiya qilinayotgani, Gaitidagi zilzila qurbonlari sonining 1,4 ming nafardan oshgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yakshanba kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.
«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.
AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Malayziya bosh vazirining iste’fosi, Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Kobul aeroportida yuzlab odamlar Afg‘onistondan uchadigan so‘nggi samolyotlarga tirmashib chiqishayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ulardan ba’zilari samolyotlarning bortiga, ba’zilari esa tezlikni oshirayotgan samolyot tagiga qo‘llari bilan ilinmoqchi bo‘lganlar. Hozirda aeroportdagi holatlardan so‘ng bir necha kishi halok bo‘lgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.
«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.
60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting