Niderlandiya Yango taksi xizmatini (Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasiga tegishli) RF maxsus xizmatlari uning yordamida yevropalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ishi mumkinligi borasidagi xavotirlar sabab tekshirishni boshladi. Kompaniya regulyator bilan hamkorlik va YeI talablariga rioya qilayotgani bildirdi.
Isroil HAMAS hujumi oqibatida halok bo‘lgan xorijliklar bo‘yicha ma’lumot berdi, G‘azo sektorida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i tugagani sababli hududdagi yagona elektr stansiyasi faoliyatini to‘xtatdi. Hududdagi shifoxonalarda antibiotiklar, yoqilg‘i va boshqa kerakli buyumlar tugab qolgan.
Afg‘onistonda uzunligi 280 km, eni 100 metr bo‘lishi kutilayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berildi. “Tolibon” vakillari kanal qurilishi bo‘yicha O‘zbekistondan tashvishlanmaslikni so‘radi.
2025-yildan Shvetsiya poytaxti Stokgolm markaziga benzin va dizel yonilg‘isida yuradigan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. Shahar rasmiylari bu qarorni havo sifatini yaxshilash va transport shovqinini kamaytirish maqsadida qabul qildi.
HAMASning ikki yetakchisi halok bo‘ldi, Eron Isroilning harbiy va razvedka sohasidagi “tuzatib bo‘lmas mag‘lubiyatini” olqishladi, BMT komissiyasi HAMAS va Isroilning harakatlarini qoralamoqda, OAV Isroil elektr va suv yetkazib berishni to‘xtatgan mintaqada gumanitar falokat yuz berayotgani haqida yozmoqda.
Isroil HAMAS guruhining harakatlariga javoban G‘azo sektorini “to‘liq blokada” qilishga buyruq berdi. Falastin SSV bemorlar ko‘payib ketgan kasalxonalarga shoshilinch tibbiy yordam ta’minotini yetkazib berish uchun xavfsiz yo‘lak ochishga chaqirmoqda.
Isroilda qurbonlar soni 700 nafardan oshdi, 2200 dan ortiq odam jarohatlangan. G‘azo sektorida esa kamida 413 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2300 kishi yaralangan. OAV Eron HAMASga yordam bergani haqida yozdi, Eronning o‘zi esa buni rad etdi.
2023-yilgi iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarning mehnat bozoridagi o‘rni va samaralari borasida tadqiqot o‘tkazgan Garvard universiteti iqstisodchisi Klaudiya Goldinga berildi.
Avstriyaning Diks shahri yaqinida bortida ikki nafar o‘zbekistonlik talaba bo‘lgan o‘quv samolyoti halokatga uchradi. O‘zbekiston elchixonasi ularning salomatligi xavf ostida emasligini bildirdi va vaziyatni nazoratga oldi.
Shanba kuni Afg‘onistonning g‘arbiy hududlarida sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki mingdan oshdi. O‘zbekiston TIV zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Falastinning HAMAS guruhi Isroilga qarshi minglab raketalarni uchirdi. Kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ortiq kishi yaralandi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil ham G‘azoga zarbalar berishni boshladi. Asosiy ma’lumotlar.
2023-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashgan eronlik huquq himoyachisi Narges Muhammadiga berildi. Muhammadi “davlatga qarshi tashviqot” uchun 2021-yildan beri qamoqda.
Germaniyada Yevropa sanksiyalariga uchragan rossiyalikka tegishli bir nechta ko‘chmas mulk obyektlari tintuv qilindi. Reuters`ning yozishicha, gap Alisher Usmonov haqida ketmoqda. Usmonovning vakillari esa tintuvlar tadbirkor nazoratida bo‘lmagan obyektlarda o‘tkazilganini ta’kidladi.
Suriya g‘arbida joylashgan harbiy kollejga dronlar hujum qilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, 240 kishi jarohatlandi. Hujum harbiylarning bitiruv marosimi vaqtida yuz bergan. Hozircha hech bir guruh holat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.
Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi do‘kon va kafega raketa zarbasi berilishi natijasida 50 ga yaqin odam, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.
Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.
Qirg‘izistonlik mashhur “qonundagi o‘g‘ri” Kamchi Kolbayev Bishkek markazida o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi. AQSh Kolbayevni “Qirg‘izistondagi eng nufuzli jinoiy guruh rahbari” deb atagan va uni dunyodagi eng yirik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar ro‘yxatiga kiritgan.
2023-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan va sintez qilgan olimlar — Mungi Bavendi, Lui Bryus va Aleksey Ekimovga berildi.
Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahridagi 80 foiz ko‘chalarda transport vositalari uchun tezlik chegarasi soatiga 50 kmdan 30 kmgacha pasaytiriladi. Shahar ma’muriyati bu orqali jiddiy YTHlarni 30 foizgacha kamaytirmoqchi. Shuningdek, bu shahardagi shovqin darajasini ikki baravar kamaytirishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting