Vyetnam prezidenti Chay Day Kuang 62 yoshda vafot etdi.
Suriyada Rossiyaning Il-20 harbiy samolyoti urib tushirildi, 15 nafar harbiy halok bo‘ldi.
Germaniyada vodorod yonilg‘isida harakatlanuvchi dunyodagi ilk yo‘lovchi poyezdi ishga tushirildi.
Qurolli mojarolar va iqlim o‘zgarishlari sababli 821 mln kishi ochlikdan azob chekmoqda, 150 mln bola o‘sishdan ortda qolmoqda, deyiladi BMT hisobotida.
9 yil davomida BMT bosh kotibi lavozimida ishlagan Kofi Annan 81 yoshda vafot etdi.
The Economist jurnali dunyoning eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi. Vena Melburn va Osakani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi
«Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Prostokvashinodagi ta’til» va boshqa mashhur asarlar muallifi Eduard Uspenskiy 80 yoshda vafot etdi.
Efiopiya va Eritreya urush holatining tugatilishini ifodalovchi tinchlik va do‘stlik kelishuvini imzoladi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Brexit borasidagi kelishmovchiliklar sababli iste’foga chiqdi. TIVning yangi rahbari Jeremi Hant bo‘ldi.
AQSHning BMT huzuridagi vakili mamlakatning Inson huquqlari bo‘yicha kengashni «inson huquqlarini mazaxga aylantiruvchi tashkilot» deb atadi.
Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati Turkiston viloyati etib qayta nomlandi, Chimkent respublika ahamiyatiga ega shahar maqomiga ega bo‘ldi.
Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili «hamkasblari bilan kelishmovchilik tufayli» iste’foga chiqdi. Tbilisida 31 maydan beri hukumat iste’fosi talab qilingan norozilik aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ikki davlat tarixida birinchi marta uchrashdi.
O‘tgan yil aprelda Stokgolmdagi teraktni amalga oshirishda aybdor deb topilgan Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Afg‘oniston poytaxtidagi ikki portlash oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, ular orasida 9 nafar jurnalist ham bor.
Kim Chen In 65 yildan buyon Koreya yarim orolini bo‘lib turgan demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan birinchi KXDR rahbari bo‘ldi.
Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan va uning hukumati o‘n kunlik namoyishlar manzarasida iste’foga chiqdi.
Qirg‘iziston prezidenti devonining sobiq rahbari Muxammedkaliy Abilgaziyev mamlakat bosh vaziri bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting