Qozog‘iston Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi hamda AQSh, Turkiya va Xitoy timsolida ittifoqchi qidira boshladi, deb yozadi WSJ. Mamlakat savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishga tushdi, mudofaa budjetini oshirdi va Turkiya bilan jangovar dronlarni ishlab chiqarishga kelishib oldi.
Alisher Usmonovning jiyanlari Buyuk Britaniya sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Britaniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ular Londonning ikkita elit hududida uylarga ega. Ularning aktivlari muzlatilgan.
«Tolibon»ga Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni boshlash uchun hali ham kech emas, dedi Yevroittifoq maxsus vakili Tomas Niklasson. U aksariyat afg‘onlar qarorlar qabul qilish jarayonidan chetda qolganini ta’kidlab, inson huquqlarining poymol etilishi va qo‘rquvga asoslangan jamiyat qurish xavfi haqida gapirdi.
O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari maymunchechakni global favqulodda holat deb e’lon qildi. Dunyoda allaqachon 16 mingdan ortiq kasallikka chalinish holatlari aniqlangan va Yevropaga chechak tarqalishi katta tahdid solmoqda.
Istanbulda Ukraina, Turkiya, Rossiya va BMT o‘rtasida ukrain donini dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha bitim imzolandi. «Bu butun dunyodagi millionlab odamlar uchun oziq-ovqat tanqisligi falokatining oldini olishga yordam beradi. Bu umid mayog‘idir», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.
Draupadi Murmu 64,03% ovoz bilan Hindiston prezidenti etib saylandi. U Pratibxa Patildan keyin mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol prezident bo‘ldi.
Shri-Lankaning yangi prezidenti etib sobiq bosh vazir Ranil Vikramasingxe saylandi. U 134 ta, raqibi esa 82 ta ovoz oldi.
JSST Ganada ikki kishi Marburg virusi alomatlari sababli vafot etganini ma’lum qildi. Bu yangi kasallik emas. Uni ko‘pincha Ebola virusining «qarindoshi» deb atashadi. Ammo u qayerdan paydo bo‘ldi? U xavflimi? «Gazeta.uz» ushbu savollarga javob beradi.
Ukraina prezidenti bosh prokuror Irina Venediktova va xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanovni ishdan bo‘shatdi. U bu qarorni milliy xavfsizlik asoslariga qarshi ko‘plab jinoyatlar, shuningdek, Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari va Rossiya maxsus xizmatlari o‘rtasidagi aloqalar bilan izohladi.
Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki ushbu bozorni butunlay tark etgan yirik xorijiy kompaniyalarning Qozog‘istonga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qirg‘iziston prezidenti davlat va munitsipal maktablari direktorlarini tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Maktab direktorlari 5 yil muddatga tayinlanadi, shundan so‘ng ular yana raqobatlashishi kerak bo‘ladi.
Shri-Lankadagi iqtisodiy inqirozlar tufayli yuz bergan ommaviy noroziliklar fonida mamlakat prezidenti Gotabaya Rajapaksa 13 iyul kuni iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. U mamlakatni tark etgani va Maldiv orollariga uchib ketgani ma’lum bo‘ldi. Parlament yangi prezidentni 20 iyul kuni saylashi kutilmoqda.
NASA eng kuchli James Webb kosmik teleskopi tomonidan olingan ilk suratlarni e’lon qildi. Ularda — koinot qa’rining olis yoshligi: yulduzlar va galaktikalarning tug‘ilishi va o‘limi, qora tuynuklar hamda ulkan kosmik chang bulutlari aks etgan.
Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi platformadagi soxta akkauntlar soni haqida aniq ma’lumot bermagani uchun ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslikka qaror qildi. Twitter xarid bo‘yicha kelishuv shartlarini bajartirishga erishish uchun Maskni sudga bermoqchi.
Juma kuni Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe 67 yoshida vafot etdi. U Nara shahridagi nutqi chog‘ida uyushtirilgan suiqasd oqibatida og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Konservativlar partiyasi rahbari lavozimini tark etishini ma’lum qildi. U kuzgacha hukumatni boshqaradi. Boris Jonsonning ketishi hukumat va a’zolari tomonidan misli ko‘rilmagan bosim natijasi bo‘ldi, deb yozadi BBC.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojarolar nafaqat bu ikki mamlakatga, balki butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham kelishuvga erishish zarur va bu borada The Washington Post uch xil yondashuvni taklif qildi.
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi. Hujjatlarni barcha 30 a’zo davlat ratifikatsiya qilgandan so‘ng, davlatlar ittifoqqa a’zo bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting