Jahon

Ilon Mask OpenAI’ni qariyb $100 milliardga sotib olishni taklif qildi. Kompaniya rahbari rad etdi
11 fevral 2025, 20:03

Ilon Mask OpenAI’ni qariyb $100 milliardga sotib olishni taklif qildi. Kompaniya rahbari rad etdi

Ilon Mask boshchiligidagi investorlar konsorsiumi ChatGPT ishlab chiqaruvchisi — OpenAI’ni sotib olish uchun 97,4 mlrd dollar taklif qildi. OpenAI bosh direktori Sem Altman shunday javob berdi: “Yo‘q, rahmat, lekin agar xohlasangiz, Twitter’ni 9,74 mlrd dollarga sotib olishimiz mumkin”.

HAMAS garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni to‘xtatdi
11 fevral 2025, 16:13

HAMAS garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni to‘xtatdi

HAMAS Isroilni sulhni buzganlikda aybladi va garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni noma’lum muddatga qoldirishini ma’lum qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp guruhdan shanba kuni tushgacha barcha garovga olinganlarni qaytarishni talab qildi, aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, “jahannam boshlanadi”.

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi
11 fevral 2025, 13:14

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

Qozog‘iston FVV nosozlik tufayli yo‘lda qolib ketgan mikroavtobusdagi 24 nafar chet el fuqarosi (jumladan, 4 bola)ni evakuatsiya qildi. Ular O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir. Hech kim jarohat olmagan.

Ko‘plab mamlakatlar BMTning yangi iqlim maqsadlari bo‘yicha belgilangan muddatga rioya qilolmadi
10 fevral 2025, 22:03

Ko‘plab mamlakatlar BMTning yangi iqlim maqsadlari bo‘yicha belgilangan muddatga rioya qilolmadi

Dunyoning Xitoy, Hindiston kabi eng ifloslantiruvchi davlatlari BMTning 2035-yilgacha bo‘lgan yangi iqlim maqsadlarini belgilash muddatiga amal qilmadi, deb yozmoqda Reuters. Global isishni to‘xtatish harakatlari Donald Trampning saylanishidan keyin bosim ostida qolgani aytiladi.

Rossiya Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotish xavfidan xavotirda — FT
10 fevral 2025, 17:58

Rossiya Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotish xavfidan xavotirda — FT

Rossiya o‘zining Markaziy Osiyodagi ta’sirini yo‘qotishdan xavotirda, deb yozdi FT. G‘arb MO davlatlarini sanksiyalarga rioya etishga majburladi va ularga jahon bozoriga kirishni taklif etdi. Mintaqa Rossiya biznesini siqib chiqarish orqali sanksiyalardan foyda ko‘rdi, Rossiyasiz ittifoqlarga birlashishga intilmoqda.

Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizli bojlar joriy etmoqchi
10 fevral 2025, 16:58

Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizli bojlar joriy etmoqchi

Donald Tramp AQShga po‘lat va alyuminiyning barcha importiga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Investorlarning Tramp siyosatining oqibatlaridan xavotirlari va xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talab fonida oltin narxi rekord darajaga yetdi.

Xitoyda nikohlar soni 2024-yilda 20 foizga kamaydi
10 fevral 2025, 12:01

Xitoyda nikohlar soni 2024-yilda 20 foizga kamaydi

2024-yilda Xitoyda nikohlar soni beshdan bir qismga qisqardi: 6,1 milliondan ortiq juftlik nikohdan o‘tdi. Turmush qurishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi uzoq vaqtdan beri Xitoyda bola parvarishlash va o‘qitishning qimmatligi bilan bog‘liq. Mamlakat aholisi ketma-ket uchinchi yil kamayib bormoqda.

Tramp Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida gaplashdi — NYP
9 fevral 2025, 11:36

Tramp Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida gaplashdi — NYP

Trampning aytishicha, u Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish haqida telefon orqali gaplashdi, deb yozdi NYP. “Putin odamlar ortiq o‘lmasligini xohlaydi”, — deydi AQSh prezidenti. Trampga ko‘ra, AQSh 500 mln dollarli nodir yer qazilmalari va gaz evaziga kelishuvda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bermoqchi.

HAMAS yana uch kishini topshirdi. Isroil 183 nafar falastinlikni ozod qildi
8 fevral 2025, 19:40

HAMAS yana uch kishini topshirdi. Isroil 183 nafar falastinlikni ozod qildi

Garovga olinganlarni almashishning beshinchi raundi doirasida HAMAS Qizil Xochga uch kishini topshirdi. Isroil esa 183 nafar falastinlik mahbusni ozodlikka chiqardi.

Anqarada 33 kishi qalbaki alkogol iste’molidan vafot etdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q
7 fevral 2025, 19:45

Anqarada 33 kishi qalbaki alkogol iste’molidan vafot etdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Turkiya poytaxtida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgan 33 kishi vafot etdi. Bosh konsulxona ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini bildirdi. 14-yanvardan buyon Istanbul va Anqarada qalbaki alkogol iste’molidan vafot etganlar soni 103 kishiga yetdi, ularning 23 nafari — o‘zbekistonlik.

Yanvarda jahon oziq-ovqat mahsulotlari narxlari pasaydi — FAO
7 fevral 2025, 18:58

Yanvarda jahon oziq-ovqat mahsulotlari narxlari pasaydi — FAO

Yanvar oyida shakar va o‘simlik moyi narxlarining keskin pasayishi tufayli oziq-ovqat tovarlarining jahon narxi tushdi, deb xabar berdi FAO. Jumladan, oylik hisobda shakar (6,8%), o‘simlik moyi (5,6%), go‘sht (1,7%) kabilarning narxi arzonlagan. Sut va boshoqli mahsulotlar narxi esa oshgan.

“Suriya uchun foydali bo‘lsa, ha”. Suriya mudofaa vaziri — mamlakatda Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolish haqida
7 fevral 2025, 15:22

“Suriya uchun foydali bo‘lsa, ha”. Suriya mudofaa vaziri — mamlakatda Rossiya harbiy bazalarini saqlab qolish haqida

Suriya mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasraning aytishicha, agar bundan Suriya foyda ko‘rsa, mamlakatda Rossiya harbiy bazalari saqlab qolinishi mumkin. Rossiya Suriyaning yangi hukumatiga “o‘zi juda xohlagan narsa” — Bashar Asadni ham berishi mumkin, deb yozadi WP.

Tramp ma’muriyati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirmoqchi — Reuters
7 fevral 2025, 13:10

Tramp ma’muriyati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirmoqchi — Reuters

AQSh hukumati USAID xodimlari sonini 97 foizga qisqartirmoqchi, avval tashkilotda 10 mingdan ortiq xodim ishlagan, endi esa ularning soni 294 nafarni tashkil etishi mumkin. Tashkilotning o‘zi 7-fevraldan ba’zi xodimlardan tashqari barcha yollanma ishchilar ta’tilga chiqishini e’lon qildi.

AQSh Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar kiritdi
7 fevral 2025, 12:46

AQSh Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar kiritdi

Donald Tramp AQSh fuqarolari va Isroil kabi ittifoqchilarga nisbatan ketayotgan tergovlar tufayli Xalqaro jinoiy sud (XJS) mansabdorlariga nisbatan sanksiya kiritdi. Bunda sudning AQShdagi vakillariga tegishli mol-mulklar bloklanadi, XJS xodimlari va ularning oila a’zolariga AQShga kirish taqiqlanadi.

YXHT DIIHB Tojikistondagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortdi
6 fevral 2025, 20:09

YXHT DIIHB Tojikistondagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortdi

Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (DIIHB) Tojikiston rasmiylari tomonidan akkreditatsiya kafolatlari yo‘qligi sababli mamlakatdagi parlament saylovlarini kuzatish bo‘yicha missiyasini bekor qildi.

AQSh Davlat departamenti Amerika kemalari uchun Panama kanali orqali o‘tish to‘lovi bekor bo‘lganini bildirgandi. Panama buni rad etdi
6 fevral 2025, 19:23

AQSh Davlat departamenti Amerika kemalari uchun Panama kanali orqali o‘tish to‘lovi bekor bo‘lganini bildirgandi. Panama buni rad etdi

AQSh Davlat departamenti endilikda Amerika kemalari Panama kanali orqali bepul o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Panama hukumati buni rad etdi. Tramp avvalroq kanaldan o‘tish tariflari yuqoriligini aytgan va kanalni AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgandi.

Isroil G‘azo aholisining sektordan chiqib ketish rejasini tayyorlaydi
6 fevral 2025, 16:07

Isroil G‘azo aholisining sektordan chiqib ketish rejasini tayyorlaydi

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Trampning AQSh bu hududni “o‘z nazoratiga olishi” haqidagi so‘zlaridan so‘ng G‘azo sektori aholisiga “ixtiyoriy ravishda anklavni tark etish” imkonini beradigan reja tayyorlashni buyurdi. Trampning bayonoti arab davlatlari tomonidan qoralandi.

Turkiyada 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan zilzilaga 2 yil to‘ldi. Nimalar o‘zgardi?
6 fevral 2025, 09:57

Turkiyada 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan zilzilaga 2 yil to‘ldi. Nimalar o‘zgardi?

2023-yil 6-fevral: bu sanada Turkiya kuchli zilzilalardan larzaga keldi va ofat 53,5 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa 14 millionga yaqin inson hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. “Gazeta.uz” kun munosabati bilan fojiani yodga oladi, oradan ikki yil o‘tgach, nimalar o‘zgarganiga nazar soladi.

Isroil ham BMT Inson huquqlari kengashidan chiqadi
6 fevral 2025, 00:56

Isroil ham BMT Inson huquqlari kengashidan chiqadi

Isroil BMTning Inson huquqlari kengashidan chiqishini e’lon qildi. Mamlakat TIV rahbari tashkilot “Yaqin Sharqdagi yagona demokratiya — Isroilni qoralashini” ta’kidladi. Avvalroq Tramp AQShning kengash bilan aloqalari to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

AQSh pochta xizmati 12 soatlik tanaffusdan so‘ng Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni tikladi
5 fevral 2025, 19:38

AQSh pochta xizmati 12 soatlik tanaffusdan so‘ng Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni tikladi

AQSh pochta xizmati (USPS) Xitoy va Gonkongdan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatib qo‘ygach, 12 soatdan so‘ng qayta tikladi. Avvalroq Donald Tramp AQShga arzon narxdagi posilkalarni soliq to‘lamasdan jo‘natish qoidasini bekor qiluvchi farmonni imzolagandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting