Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.
Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.
Prezidentlikka kirishgan Donald Tramp “Amerikaning oltin asri” boshlanganini ta’kidladi, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflyatsiyani yengishga, “so‘z erkinligi va qonunni qaytarishga”, “tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros” qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.
Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishdi. Avval vitse-prezident Jey Di Vens, keyin Trampning o‘zi qasamyod qildi. Qasamyoddan oldin esa Oq uyni tark etayotgan Jo Baydenning oilasi bilan choyxo‘rlik tashkil etildi.
Yuklatilgan talabni bajarmagach, TikTok AQShda bloklandi va App Store hamda Google Play`dan olib tashlandi. Biroq Trampning platformani saqlab qolish haqidagi bayonotidan so‘ng kompaniya ishini qayta tikladi. Foydalanuvchilarga esa “Trampning harakatlari tufayli TikTok AQShga qaytdi!” degan xabar yo‘llandi.
Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. HAMAS esa isroillik uch ayolni topshirdi. Kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS 97 nafar isroillikning 33 nafarini, Isroil mingdan ortiq falastinlik mahbusni ozod qilmoqchi.
Isroil hukumati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Bunda 24 nafar vazir yoqlab, 8 nafari esa qarshi ovoz berdi. Ertadan garovga olinganlarni ozod qilish boshlanishi kutilyapti.
Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlar bilan narxlardagi tafovutni bartaraf etish va “kulrang” eksport xavfini minimallashtirish maqsadida benzin va dizel narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish rejalarini e’lon qildi.
Xitoyda rasmiylar oilalarni ko‘proq farzandli bo‘lishga undashga urinayotganiga qaramay, aholi ketma-ket uchinchi yil kamaydi. Mutaxassislar ishchi va iste’molchilar soni qisqarib borayotgani sababli dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyoti qiyinchilikka duch kelishidan qo‘rqmoqda.
Eron va va Rossiya prezidentlari Moskvada keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. 47 moddadan iborat hujjat mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Shartnoma harbiy ittifoq tuzish maqsadini ko‘zlamasligi ta’kidlandi.
“Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan, dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar, biznesmenlar, hatto siyosiy arboblar va deputatlar ham “Salimboy”ning huzuriga borgan.
Isroil bosh vaziri ofisi Isroil va HAMASning muzokara guruhlari kelishuv imzolaganini rasman tasdiqladi. Endi uni Isroil hukumati tasdiqlashi kerak. Bitimning kuchga kirishi 19-yanvardan 20-yanvarga qoldiriladi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina bilan 100 yilga mo‘ljallangan sheriklik bitimini imzoladi. U siyosiy hamkorlik, erkin savdo, strategik sheriklik, Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha konsensusga erishish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Rossiyaga nisbatan savdo cheklovlarini chetlab o‘tishga yordam bergani uchun AQSh hukumati Qirg‘izistonning “Keremet Bank”iga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu Amerika sanksiyalari ostida qolgan Markaziy Osiyodagi birinchi bankdir.
AQSh prezidenti Jo Bayden xayrlashuv nutqida mamlakatda Amerika demokratiyasiga tahdid solayotgan oligarxiya shakllanayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, “hech bir prezident” lavozimda sodir etilgan jinoyatlarda javobgarlikdan soqit bo‘lmasligi uchun AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirishga chaqirdi.
Isroil va HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish va falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga bag‘ishlangan kelishuvi uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. 19-yanvardan harbiy harakatlar to‘xtatiladi.
Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan 15 oylik urushning ehtimoliy yakuniga yo‘l ochishi mumkin. Tomonlar mahbuslarni tez orada ozod qilishi kutilmoqda.
Qozog‘istonda korrupsionerlarga oid oshkora reyestr paydo bo‘ladi. Unga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Braziliya hukumati mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarda smartfonlardan foydalanishni chekladi. Ta’lim vazirligining ta’kidlashicha, prezident tomonidan imzolangan qonun “bolalar va o‘smirlarning ruhiy, jismoniy hamda psixologik salomatligini himoya qilishga qaratilgan”.
Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting