Jahon

Azerbaijan Airlines layneri halokati bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi
5 fevral 2025, 17:42

Azerbaijan Airlines layneri halokati bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi

Qozog‘iston rasmiylari 25-dekabr kuni Aqtau yaqinida qulagan Azerbaijan Airlines layneri halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi. Komissiya samolyot korpusida ko‘plab shikastlanishlarni aniqladi, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu “tashqi obyektlar” tufayli yuzaga kelgan.

Tramp AQShning BMT Inson huquqlari kengashi va UNRWA bilan aloqalarini to‘xtatdi
5 fevral 2025, 17:07

Tramp AQShning BMT Inson huquqlari kengashi va UNRWA bilan aloqalarini to‘xtatdi

Donald Tramp AQShning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Falastin qochqinlariga yordam berish bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA)dan chiqishi to‘g‘risida farmon imzoladi. U, shuningdek, BMTni “yaxshi boshqarilmayotgani” uchun tanqid qildi.

AQSh G‘azoni egallaydi, u yerda uzoq muddatli egalik pozitsiyasini ko‘ryapman — Tramp
5 fevral 2025, 09:51

AQSh G‘azoni egallaydi, u yerda uzoq muddatli egalik pozitsiyasini ko‘ryapman — Tramp

AQSh G‘azo sektorini egallaydi va falastinliklar boshqa joyga ko‘chirilgandan so‘ng uni iqtisodiy jihatdan rivojlantiradi, dedi Tramp Isroil bosh vaziri Netanyahu bilan uchrashuvi doirasida. Prezident G‘azoga AQSh qo‘shinlari yuborilishini istisno qilmadi.

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha short-listga to‘rtta davlat kompaniyalari kiritildi
4 fevral 2025, 19:54

Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha short-listga to‘rtta davlat kompaniyalari kiritildi

Qozog‘istondagi birinchi AES uchun texnologiya yetkazib beruvchilar short-listiga to‘rt mamlakat, jumladan, Rossiyaning “Rosatom” va Xitoyning CNNC kompaniyalari kiritildi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev hukumatga AES qurilishini jadallashtirish va yadro klasterini yaratishni boshlashni buyurgandi.

Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi
4 fevral 2025, 18:51

Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi

Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa qarzdorligi uchun sotuvga qo‘yildi. 25 mln yevroga baholangan obyekt mamlakatdagi eng qimmat ko‘chmas mulk sifatida e’tirof etildi. Arbitraj boshqaruvchisi villaning ofshor kompaniyaga tegishli ekanini ta’kidladi.

AQSh yordam evaziga Ukrainadan noyob metallarni olmoqchi
4 fevral 2025, 17:18

AQSh yordam evaziga Ukrainadan noyob metallarni olmoqchi

Donald Trampning aytishicha, AQSh o‘z yordami evaziga Ukrainadan nodir yer metallarini olishni xohlaydi. Agar xavfsizlik kafolatlari taqdim etilsa, Kiyev Vashington bilan ishlashga tayyor, deb yozmoqda NYT.

Xitoy AQShga nisbatan javob bojlarini e’lon qildi
4 fevral 2025, 16:02

Xitoy AQShga nisbatan javob bojlarini e’lon qildi

Xitoy AQShning ko‘mir, neft, suyultirilgan gaz, qishloq xo‘jaligi texnikasi kabi mahsulotlariga nisbatan javob bojlarini (10−15 foiz) e’lon qildi. Shuningdek, JSTga AQSh ustidan shikoyat kiritdi. Mamlakatda Google`ga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha tergov ham boshlandi.

Kanada ham AQSh bilan o‘zaro bojlar joriy etishni kechiktirdi
4 fevral 2025, 11:55

Kanada ham AQSh bilan o‘zaro bojlar joriy etishni kechiktirdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan bojlar joriy etilishini kechiktirishga kelishib oldi. Bunda Kanada chegarani mustahkamlashda 10 mingga yaqin odamni safarbar qiladi, fentanil moddasi oqimini to‘xtatish uchun resurslarni ko‘paytiradi. Bir kun avval Meksika ham bojlarni kechiktirishga kelishib olgandi.

AQSh Meksika tovarlari importiga nisbatan boj joriy etishni bir oyga kechiktirdi
3 fevral 2025, 22:37

AQSh Meksika tovarlari importiga nisbatan boj joriy etishni bir oyga kechiktirdi

Donald Tramp Meksika “noqonuniy giyohvand moddalar, xususan, fentanil oqimini to‘xtatish uchun 10 ming nafar Milliy gvardiya a’zosi bilan shimoliy chegarasini mustahkamlashga rozi bo‘lganidan keyin” Meksikaga yangi tarif joriy etishni bir oyga to‘xtatdi.

Rossiya Saudiya Arabistoni va BAAni Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi manzili sifatida ko‘rmoqda — Reuters
3 fevral 2025, 18:48

Rossiya Saudiya Arabistoni va BAAni Putin va Trampning ehtimoliy uchrashuvi manzili sifatida ko‘rmoqda — Reuters

Saudiya Arabistoni va BAA Rossiya tomonidan Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv uchun ehtimoliy joy sifatida ko‘rilmoqda, deb yozdi Reuters. Ikki davlat ham Putinni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud a’zosi emas.

Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi
3 fevral 2025, 16:12

Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi

Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan keluvchi tovarlarga keng miqyosli bojlar joriy etdi. Ottava va Mexiko allaqachon javob choralarini e’lon qildi, Xitoy JSTga shikoyat qilishga va’da berdi. YeI mahsulotlari ham bojga tortilishi mumkin. Yangi savdo urushi haqida nimalar ma’lum — “Gazeta.uz” materialida.

Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi, uning ustozi ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
2 fevral 2025, 22:29

Diyora Keldiyorovaning Parijdagi g‘alabasi yil voqeligi, uning ustozi ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Xalqaro Judo Awards 2024 tanlovida Diyora Keldiyorovaning Parijdagi Olimpiadada yaponiyalik Uta Abeni yenggani “Yil voqeligi” deb topildi, uning ustozi Marko Shpitka ayollar terma jamoalari o‘rtasida eng yaxshi murabbiy yutug‘ini qo‘lga kiritdi.

Tramp USAID`ni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazmoqchi. Nimalar ma’lum?
2 fevral 2025, 16:29

Tramp USAID`ni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazmoqchi. Nimalar ma’lum?

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) veb sayti ishlamayapti. Bu Tramp agentlikni Davlat departamenti nazoratiga o‘tkazmoqchi ekani haqidagi xabarlardan so‘ng ro‘y berdi. Bunday harakat global gumanitar yordam, jumladan, OIV/OITSni davolashdan to toza suvgacha tahdid solishi mumkin. Asosiy ma’lumotlar.

AQSh o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini xohlaydi — Reuters
1 fevral 2025, 21:00

AQSh o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini xohlaydi — Reuters

AQSh Kiyev yaqin oylarda Rossiya bilan sulh tuzishga rozi bo‘lsa, Ukrainada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishini istaydi, dedi Trampning mazkur urush bo‘yicha maxsus vakili. G‘olib Moskva bilan uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun javobgar bo‘lishi mumkin, deb yozdi Reuters.

Germaniya sobiq prezidenti Horst Kyoler vafot etdi
1 fevral 2025, 19:46

Germaniya sobiq prezidenti Horst Kyoler vafot etdi

Germaniyaning to‘qqizinchi prezidenti (2004−2010-yillar) Horst Kyoler 81 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi. U, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasini boshqargan. Faoliyati davomida Kyoler Afrika qit’asining global taraqqiyot uchun ahamiyatini ko‘p bora ta’kidlagan.

AQSh Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga boj joriy qilmoqda
1 fevral 2025, 11:51

AQSh Kanada, Meksika va Xitoy tovarlariga boj joriy qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp 1-fevral kuni Meksika va Kanadadan import qilinayotgan mahsulotlarga 25 foiz, Xitoynikiga esa 10 foizli yangi tariflar joriy etish to‘g‘risida buyruq imzolashi kutilmoqda. Kanada va Meksika bunga qarshi javob choralarini ishlab chiqqan, deb yozadi OAV.

Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi
31 yanvar 2025, 18:08

Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi

Ukraina Adliya vazirligi 2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Markaziy Osiyo davlatlarining 30 ga yaqin fuqarosi Ukraina tomonidan asirga olingani haqida xabar berdi.

Qozog‘istonda QQSni 12 foizdan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda
31 yanvar 2025, 15:58

Qozog‘istonda QQSni 12 foizdan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda

Qozog‘istonda “budjet inqirozi” fonida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 dan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda. Ayni vaqtda ish beruvchilarning ijtimoiy solig‘i va majburiy pensiya to‘lovlarini bekor qilish taklif qilinmoqda. Qosim-Jomart Toqayev ham soliq islohotlari zarur ekanini ta’kidladi.

Vashingtondagi aviahalokat paytida aeroportda dispetcherlar yetishmagan, vertolyot esa keragidan balandroq uchgan — NYT
31 yanvar 2025, 15:01

Vashingtondagi aviahalokat paytida aeroportda dispetcherlar yetishmagan, vertolyot esa keragidan balandroq uchgan — NYT

American Airlines yo‘lovchi samolyoti harbiy vertolyot bilan to‘qnashgan kuni Vashington aeroportida dispetcherlar yetishmagan, deb yozmoqda NYT. Bundan tashqari, vertolyot belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqib, me’yordan yuqori balandlikda uchgan.

Tramp juda ko‘p gapirayotgani uchun Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni yollamoqchi
31 yanvar 2025, 14:05

Tramp juda ko‘p gapirayotgani uchun Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni yollamoqchi

Donald Trampning nutqlarini qayd etib ulgurilmayotgani uchun Oq uy qo‘shimcha stenografistlarni yollashni reja qilmoqda. Tramp, xususan, lavozimining birinchi haftasida omma oldida salkam 8 soat gapirdi va 81,2 mingta so‘z ishlatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting