Jahon

Ostonada bankda odamlarni garovga olgan erkak ushlandi
18 iyun 2023, 16:32

Ostonada bankda odamlarni garovga olgan erkak ushlandi

Yakshanba kuni Ostonadagi Kaspi bankka qurolli shaxs bostirib kirib, odamlarni garovga oldi. U bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘allar va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qildi. Oradan vaqt o‘tib, bosqinchi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Iyun oyida o‘rtacha harorat bo‘yicha jahon rekordi yangilandi
16 iyun 2023, 22:24

Iyun oyida o‘rtacha harorat bo‘yicha jahon rekordi yangilandi

Iyun oyi boshidagi global o‘rtacha harorat “sezilarli farq” bilan avvalgi barcha rekordlarni yangiladi. Harorat ilk bor 1,5 darajaga — “global isish chegarasi”ga qadar ko‘tarildi.

Afg‘onistonda ham, mintaqada ham terrorchilik tahdidi kuchaymoqda — BMT hisoboti
16 iyun 2023, 17:50

Afg‘onistonda ham, mintaqada ham terrorchilik tahdidi kuchaymoqda — BMT hisoboti

BMT hisobotida aytilishicha, “Tolibon” bir qator terroristik guruhlar bilan aloqada va terrorizm tahdidi Afg‘onistonda ham, mintaqada ham kuchaymoqda. “Tolibon” rahbariyati ichida ham kelishmovchiliklar bor. “Tolibon” bu hisobotni “asossiz va noxolis” deb atadi.

2023-yilda pul o‘tkazmalarining o‘sishi sekinlashadi — Jahon banki
15 iyun 2023, 20:02

2023-yilda pul o‘tkazmalarining o‘sishi sekinlashadi — Jahon banki

Jahon banki 2023-yilda pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashishini bashorat qilmoqda. Bu, ayniqsa, Yevropa va Markaziy Osiyoda yaqqol seziladi, deb hisoblaydi ekspertlar.

Qozog‘istonning Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘ini qurshab olindi
15 iyun 2023, 10:36

Qozog‘istonning Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘ini qurshab olindi

Qozog‘istonning Abay viloyatidagi yirik o‘rmon yong‘ini deyarli bir hafta o‘tib lokalizatsiya qilindi, 15 kishi halok bo‘lgan. Bosh prokuratura mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solishni ma’qulladi
15 iyun 2023, 09:30

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solishni ma’qulladi

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat SI yordamida yuzni tanishni taqiqlaydi va ChatGPT kabi chat botlarga kontentni kompyuter yaratayotganidan ogohlantirish talabi qo‘yiladi.

Yangiliklarga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etmoqda — Reuters Institute tadqiqoti
14 iyun 2023, 18:07

Yangiliklarga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etmoqda — Reuters Institute tadqiqoti

So‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay, yangiliklarga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda pasayib bormoqda. Reuters Institute`ning OAV rivojlanishi haqidagi hisobotiga ko‘ra, televideniye va bosma nashrlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
14 iyun 2023, 15:39

Dehli aeroportida 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Rossiyani 2022-yilda 8,5 ming nafar millioner tark etdi
14 iyun 2023, 14:02

Rossiyani 2022-yilda 8,5 ming nafar millioner tark etdi

2022-yil davomida Rossiyadan 8,5 ming nafar dollar millioneri ko‘chib ketdi. Henley & Partners kompaniyasi ko‘rsatkich 15 ming nafar bo‘lishini prognoz qilgandi. Kompaniya bu farqni urush oqibatida joriy etilgan cheklovlar ko‘plab millionerlarning mamlakatni tark etishini qiyinlashtirgani bilan izohladi.

Qirg‘iziston MDH hududida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimini ishga tushirdi
13 iyun 2023, 20:02

Qirg‘iziston MDH hududida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimini ishga tushirdi

Qirg‘izistonda MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Iyun oyi boshidan buyon mamlakatda O‘zbekiston va Rossiyaning to‘rt nafar fuqarosi hibsga olingan.

Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi 5 qavatli turar joy binosi raketa hujumiga uchradi
13 iyun 2023, 14:51

Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi 5 qavatli turar joy binosi raketa hujumiga uchradi

Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi turar joy binosi tunda Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutildi. Hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 25 kishi yaralangan.

FT: Credit Suisse bankiga O‘zbekistondan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi
13 iyun 2023, 13:13

FT: Credit Suisse bankiga O‘zbekistondan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi

Pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfini cheklash uchun Credit Suisse bankirlariga xavf darajasi yuqori mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.

Boris Jonson deputatlikdan ketishini ma’lum qildi
12 iyun 2023, 15:27

Boris Jonson deputatlikdan ketishini ma’lum qildi

2019−2022-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Boris Jonson pandemiya davridagi ziyofat tergovi tufayli deputatlikdan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi
12 iyun 2023, 14:34

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni vafot etdi

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 86 yoshida Milandagi shifoxonada vafot etdi. Avvalroq siyosatchiga leykemiya tashxisi qo‘yilgandi.

Qozog‘istonda o‘rmon yong‘inlari: 14 kishi halok bo‘ldi, O‘zbekiston prezidenti hamdardlik yo‘lladi
12 iyun 2023, 12:06

Qozog‘istonda o‘rmon yong‘inlari: 14 kishi halok bo‘ldi, O‘zbekiston prezidenti hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istonning Abay viloyatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 12-iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan qo‘shni davlat prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Turkiya tarixida birinchi marta ayol kishi Markaziy bank raisi etib tayinlandi
9 iyun 2023, 17:13

Turkiya tarixida birinchi marta ayol kishi Markaziy bank raisi etib tayinlandi

Amerikaning First Republic Bank banki sobiq top-menejeri Hafize Erkan Turkiya tarixida Markaziy bank raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Erkan 2019-yildan beri bu lavozimga kelgan beshinchi odam hisoblanadi. Erdog‘anning bu qarori mamlakat pul-kredit siyosatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Donald Tramp maxfiy hujjatlar bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda
9 iyun 2023, 17:06

Donald Tramp maxfiy hujjatlar bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda. Bu prezidentlikka qaytishga urinayotgan Trampga nisbatan ikkinchi jinoiy ish hisoblanadi.

Bishkekda o‘tkir ichimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda. Vaziyat haqida nimalar ma’lum?
8 iyun 2023, 18:54

Bishkekda o‘tkir ichimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda. Vaziyat haqida nimalar ma’lum?

May o‘rtalaridan Bishkekda, ayniqsa shahar cheti va janubiy qismida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashdi. Mavzelardan birida aholi norozilik namoyishi uyushtirdi. Meriya taqchillikni iste’mol hajmi ortgani hamda tomorqalarni sug‘orishda ichimlik suvidan foydalanilayotgani bilan bog‘ladi.

Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi
8 iyun 2023, 12:50

Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi

Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining parallel import orqali yetkazib berilayotgan elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi. “Kommersant”ning xabar berishicha, yetkazib beruvchilar elektronikani boshqa tovar kodlari ostida import qilishga harakat qilmoqda.

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan o‘nlab odamlar hibsga olindi
7 iyun 2023, 14:33

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan o‘nlab odamlar hibsga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ehtimoliy davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishidan iborat guruhni qo‘lga oldi. Guruh tashkilotchilari, rasmiylarga ko‘ra, aybiga iqror bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting