AQShning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lish uchun ariza topshirdi.
“Ukrgidroenergo”ning xabar berishicha, Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘lgan. Suv ombori sathining nazoratsiz pasayishi Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun qo‘shimcha xavf hisoblanadi.
Xerson viloyatining Rossiya nazoratidagi qismida joylashgan Kaxovka GESi to‘g‘oni qisman vayron bo‘ldi. Tomonlar bir-birini to‘g‘onni portlatishda ayblamoqda. Quyi oqimdagi suv sathi 2,5 metrga ko‘tarilgan, 80 ta aholi punktini suv bosishi mumkin.
Jo Bayden AQSh davlat qarzi chegarasini vaqtincha bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu AQSh tarixidagi birinchi defoltdan qutulib qolish imkonini beradi. Agar davlat qarzi chegarasi bekor qilinmaganida yoki oshirilmaganida, AQSh G‘aznachiligi hukumat faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini yo‘qotgan bo‘lardi.
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 ga yaqin kishi jarohat oldi. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari BBC’ning “Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitoblari” ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu ro‘yxatni shakllantirish uchun 56 mamlakatdan 177 ekspert, jumladan O‘zbekistondan ikki vakil qatnashgan.
Qozog‘istonda ikkita yangi — dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Onalar kuni va Otalar kuni bayramlar ro‘yxatiga kiritildi.
Rossiya armiyasining Kiyevga uyushtirgan navbatdagi havo hujumida 3 kishi, jumladan bir bola qurbon bo‘ldi. Bu so‘nggi bir oy ichida Ukraina poytaxtining kamida 18-marta o‘qqa tutilishi hisoblanadi.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi defoltga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat qarziga qo‘yilgan yuqori chegarani oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun 2025-yilning 1-yanvarigacha federal hukumatga qo‘yilgan chegaradan ko‘proq miqdorda qarz olish imkonini beradi.
Hindiston iyul oyida bo‘ladigan SHHT sammitini virtual formatda o‘tkazadi. Dastlab tadbir Nyu-Dehlida o‘tkazilishi kerak edi. The Hindu nashrining yozishicha, format o‘zgarishiga bir qator yetakchilarning vaqt jadvalidagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Qozog‘iston Jinoyat kodeksidan mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalarni chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda.
OpenAI va Google DeepMind kabi texnologik kompaniyalarning bir guruh olimlari va rahbarlari o‘z texnologiyalari xavfini pandemiya hamda yadro urushiga qiyosladilar va insoniyatning “yo‘q bo‘lib ketish xavfi” haqida ogohlantirdilar.
30-mayga o‘tar kechasi Kiyev oy boshidan buyon 17-marta ommaviy havo hujumiga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi yaralandi. O‘sha kuni ertalab Moskvaga ham uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi uyushtirildi, bir nechta binolar zarar ko‘rdi.
Kosovo shimolida serb aholisi va NATO tinchlikparvar kuchlari o‘rtasida munitsipal saylovlar natijalari ortidan to‘qnashuvlar yuz berdi. To‘polonlarda kamida 50 nafar namoyishchi va 25 ga yaqin tinchlikparvar kuchlar vakili jarohatlandi.
Eron-Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘lgan otishmada kamida 3 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat Hilmand daryosi suvidan foydalanishdagi nizo sababli keskinlashgan.
Oq uy va Respublikachilar partiyasi AQSh davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha kelishib oldi, bu esa jahon iqtisodiyotiga tahdid soladigan defoltning oldini olishi kutilmoqda.
Turkiya MSK rahbari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida avvalroq 52,15 foiz ovoz olgan Erdog‘an g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. U xalqqa “demokratiya bayrami” uchun minnatdorlik bildirdi, muxolifat nomzodi Qilichdaro‘g‘li esa saylovlarni oxirgi yillardagi eng adolatsiz saylovlardan biri deb atadi.
Ekologik toza texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar 2023-yilda 1,7 trln dollargacha oshadi va birinchi marta an’anaviy energiyaga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ortda qoldiradi. Jumladan, quyosh generatsiyasiga 380 mlrd dollar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Frankfurt-Mayn (Germaniya) sudi Alisher Usmonovga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topdi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting