Facebook’ning koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlari bo‘lgan 18 mlnta postni o‘chirib tashlagani, Moskvada kuchli yomg‘irlar tufayli 70 ta reysning bekor qilingani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, deya xabar qildi mazkur mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.
«Tolibon» Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallaganidan so‘ng, aholi orasida juda katta vahima boshlangan. Mamlakat fuqarolaridan biri, Kobulda istiqomat qiluvchi 24 yoshli universitet talabasi, bolalarga ingliz tilidan dars berib kelgan qiz, «afg‘on ayollarining qo‘zidagi qo‘rquv» va endilikda ularning hayoti qanday o‘zgarishi mumkinligi haqida hikoya qiladi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganidan so‘ng birinchi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Harakat vakili Zabihullo Mujohid toliblar tinchlikda yashashni istashini va mamlakat hududini boshqa davlatlarga hujum uchun ishlatishga yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi. «Tolibon» harakatining eng muhim bayonotlari va va’dalari.
Gaitida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1941 nafarga yetdi, 9000 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Fransiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning evakuatsiya qilinayotgani, Gaitidagi zilzila qurbonlari sonining 1,4 ming nafardan oshgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yakshanba kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.
«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.
AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Malayziya bosh vazirining iste’fosi, Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Kobul aeroportida yuzlab odamlar Afg‘onistondan uchadigan so‘nggi samolyotlarga tirmashib chiqishayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ulardan ba’zilari samolyotlarning bortiga, ba’zilari esa tezlikni oshirayotgan samolyot tagiga qo‘llari bilan ilinmoqchi bo‘lganlar. Hozirda aeroportdagi holatlardan so‘ng bir necha kishi halok bo‘lgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.
«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.
60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.
Yakshanba kuni «Tolibon» Afg‘oniston hududida o‘z nazoratini o‘rnatganligini e’lon qildi. Xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha mutaxassis Yuriy Saruxanyan Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.
Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.
«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.
Gaiti qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, 300 dan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumdi, yuzlab insonlar jarohatlangan va bedarak yo‘qolgan.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Balx viloyatining ma’muriy markazi — Mozori-Sharif shahrini egallaganligini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on hukumati qo‘shinlarining bir qismi O‘zbekiston bilan chegara tomonga qochgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting