16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshib, BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Bunday o‘sishga milliarderlar va yirik kompaniyalarning kripto valyutaga sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi.
Yaponiya bosh vazirining sakkiz kishi ishtirok etgan kechki bazmda qatnashgani uchun uzr so‘ragani, Parij meriyasining ayol rahbarlar soni ko‘pligi uchun jarimaga tortilgani, Yevropa komissiyasining «VKontakte» va Telegram’ni «qaroqchilar ro‘yxati»ga kiritgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Daniya koronavirus infeksiyasining tarqalayotgani sababli karantin choralarini kuchaytirmoqda. Katta sinf o‘quvchilari va talabalar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Ovqatlanish markazlari va madaniyat muassalari yopiladi.
Janubiy Koreya barcha avtobuslari bepul Wi-Fi bilan jihozlangan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi. Mamlakat shaharlari bo‘ylab jami 35 mingta avtobus harakatlanib, shulardan 29,1 mingtasini Wi-Fi bilan ta’minlashni markaziy hukumat o‘z bo‘yniga olgan, 5906 ta avtobusni esa ushbu texnologiya bilan mahalliy hokimiyatlar jihozlashgan.
Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Yaqin 3 oy davomida preparatni regionlarga yetkazish rejalashtirilgan.
Google xodimlarining 2021 yil sentyabr oyigacha uydan turib ishlashi, AQSHning Turkiya mudofaa sanoati idorasiga qarshi sanksiyalar joriy qilgani, yaponiyaliklarning 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga qarshi chiqishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
London, Esseks va Xartfordshirning ayrim qismlari koronavirusning «yangi varianti» aniqlanganligi sababli, 16 dekabrdan boshlab karantinning maksimal darajasiga (uchinchi darajali) o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, shaharda yopiq yig‘ilishlar ham taqiqlanadi.
CNN, The Insider va Bellincat nashrlari tomonidan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, Aleksey Navalniyga uyushtirilgan suiqasdda Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) qo‘li bor ekanligi aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunda 8 kishining qo‘li bor.
Turkiyada 31 dekabrdan 4 yanvarga qadar 24 soatlik komendantlik soati joriy qilindi. O‘tgan kunlar davomida mamlakatda 29 617 koronavirus infeksiyasi aniqlandi va bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Jo Bayden 306 ta saylovchining ovozini qo‘lga kiritdi va bu AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tasdiqladi. Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlardan so‘ng mag‘lubiyatini tan olmadi.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligi bilan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Armanistonga 44 nafar, Ozarbayjonga 12 nafar asirlar yetkazildi.
Rossiya qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi. Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan.
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov teleko‘rsatuv paytida «Qozog‘iston hududi Rossiyaning katta sovg‘asi» deb aytdi. Qozog‘iston TIV Rossiyaga nota yuborib, Qozog‘istonga nisbatan oshib boryotgan provokatsion hujumlari ittifoqchilik munosabatlariga jiddiy zarar yetkazayotganini ta’kidladi.
2017−2018 yillarda Eronda bo‘lib o‘tgan namoyishlarni faol yoritgan Amad News yangiliklar portali rahbari, oppozitsion jurnalist Ruxolla Zam qatl etildi.
AQSH Oziq-ovqat va dori-darmon ma’muriyati koronavirusga qarshi Pfizer-BionTech vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi. Yil yakuniga qadar 20 million aholi emlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va qariyalar uylarida yashovchilar va ishlovchilar emlanadi.
Ozarbayjonda harbiy holatning bekor qilinishi, AQSH siyosiy boshpana berish qoidalarini keskin kuchaytirishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.
Ukraina 8 yanvardan 24 yanvargacha karantin e’lon qilinib, unga ko‘ra ushbu muddat davomida mamlakatda barcha kinoteatrlar, sportzallar, savdo markazlari, kafe va restoranlar faoliyati cheklab qo‘yiladi. O‘quv muassasalari ta’tilda bo‘lib, Ukrainada barcha ko‘ngilochar, ommaviy-ma’daniy tadbirlar taqiqlab qo‘yiladi.
Interpolning onlayn firibgarlarga qarshi operatsiyasi davomida 20 mingdan ortiq odam hibsga olingani, Olma-Otada alomatsiz bo‘lgan koronavirus bemorlarining ham kasalxonaga yotqizilishi, Ilon Maskning Texasga ko‘chishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Davlat dumasi deputatlari Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidentlarining dahlsizligini kafolatlovchi qonunni qabul qilishdi. Unga ko‘ra, sobiq prezidentning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortilmasligini, uni hibsda ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish kabi choralarni qo‘llamaslikni kafolatlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting