Yakshanba kuni Ostonadagi Kaspi bankka qurolli shaxs bostirib kirib, odamlarni garovga oldi. U bankning barcha aktivlarini nogiron bolalar, kambag‘allar va muhtojlar fondiga o‘tkazishni talab qildi. Oradan vaqt o‘tib, bosqinchi politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Iyun oyi boshidagi global o‘rtacha harorat “sezilarli farq” bilan avvalgi barcha rekordlarni yangiladi. Harorat ilk bor 1,5 darajaga — “global isish chegarasi”ga qadar ko‘tarildi.
BMT hisobotida aytilishicha, “Tolibon” bir qator terroristik guruhlar bilan aloqada va terrorizm tahdidi Afg‘onistonda ham, mintaqada ham kuchaymoqda. “Tolibon” rahbariyati ichida ham kelishmovchiliklar bor. “Tolibon” bu hisobotni “asossiz va noxolis” deb atadi.
Jahon banki 2023-yilda pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashishini bashorat qilmoqda. Bu, ayniqsa, Yevropa va Markaziy Osiyoda yaqqol seziladi, deb hisoblaydi ekspertlar.
Qozog‘istonning Abay viloyatidagi yirik o‘rmon yong‘ini deyarli bir hafta o‘tib lokalizatsiya qilindi, 15 kishi halok bo‘lgan. Bosh prokuratura mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat SI yordamida yuzni tanishni taqiqlaydi va ChatGPT kabi chat botlarga kontentni kompyuter yaratayotganidan ogohlantirish talabi qo‘yiladi.
So‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay, yangiliklarga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda pasayib bormoqda. Reuters Institute`ning OAV rivojlanishi haqidagi hisobotiga ko‘ra, televideniye va bosma nashrlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.
Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
2022-yil davomida Rossiyadan 8,5 ming nafar dollar millioneri ko‘chib ketdi. Henley & Partners kompaniyasi ko‘rsatkich 15 ming nafar bo‘lishini prognoz qilgandi. Kompaniya bu farqni urush oqibatida joriy etilgan cheklovlar ko‘plab millionerlarning mamlakatni tark etishini qiyinlashtirgani bilan izohladi.
Qirg‘izistonda MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Iyun oyi boshidan buyon mamlakatda O‘zbekiston va Rossiyaning to‘rt nafar fuqarosi hibsga olingan.
Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi turar joy binosi tunda Rossiya armiyasi tomonidan o‘qqa tutildi. Hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 25 kishi yaralangan.
Pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfini cheklash uchun Credit Suisse bankirlariga xavf darajasi yuqori mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.
2019−2022-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan Boris Jonson pandemiya davridagi ziyofat tergovi tufayli deputatlikdan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni 86 yoshida Milandagi shifoxonada vafot etdi. Avvalroq siyosatchiga leykemiya tashxisi qo‘yilgandi.
Qozog‘istonning Abay viloyatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 12-iyun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan qo‘shni davlat prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.
Amerikaning First Republic Bank banki sobiq top-menejeri Hafize Erkan Turkiya tarixida Markaziy bank raisi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi. Erkan 2019-yildan beri bu lavozimga kelgan beshinchi odam hisoblanadi. Erdog‘anning bu qarori mamlakat pul-kredit siyosatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlashda ayblanmoqda. Bu prezidentlikka qaytishga urinayotgan Trampga nisbatan ikkinchi jinoiy ish hisoblanadi.
May o‘rtalaridan Bishkekda, ayniqsa shahar cheti va janubiy qismida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashdi. Mavzelardan birida aholi norozilik namoyishi uyushtirdi. Meriya taqchillikni iste’mol hajmi ortgani hamda tomorqalarni sug‘orishda ichimlik suvidan foydalanilayotgani bilan bog‘ladi.
Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining parallel import orqali yetkazib berilayotgan elektronika uchun to‘lovlarini bloklashni boshladi. “Kommersant”ning xabar berishicha, yetkazib beruvchilar elektronikani boshqa tovar kodlari ostida import qilishga harakat qilmoqda.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ehtimoliy davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishidan iborat guruhni qo‘lga oldi. Guruh tashkilotchilari, rasmiylarga ko‘ra, aybiga iqror bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting