KXDRda koronavirus aniqlangani haqidagi ilk xabardan bir necha kun o‘tib, virus yuqtirib olganlar soni 1,7 mlndan oshgan bo‘lishi mumkin, 60 dan ortiq kishi esa kovidga xos alomatlardan vafot etgani aytilmoqda. Mamlakat Janubiy Koreyaning yordam berish haqidagi taklifiga javob bermadi.
Tojikiston IIV Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Rushon tumanida terrorga qarshi operatsiya boshladi. Bunga mahalliy aholi Badaxshon markaziga harakatlanayotgan harbiy mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ygani sabab qilib ko‘rsatilayapti. Rasmiy Dushanbe namoyishchilar xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlamoqda.
5 iyun kuni Qozog‘istonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Tuzatishlarda prezidentning yaqin qarindoshlariga siyosiy davlat xizmatchisi lavozimlarini egallashni taqiqlash, Qozog‘istonning birinchi prezidenti belgilagan tamoyillarning o‘zgarmasligi haqidagi qoidalarni istisno qilish va boshqalar taklif qilingan.
16 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod va bir qator viloyatlarni so‘nggi bir oydagi sakkizinchi chang-qum bo‘roni qopladi. Rasmiylar maktablar, aeroportlar va davlat idoralarini yopib qo‘ydi, minglab kishilar nafas qisishi shikoyati bilan kasalxonalarga murojaat qilishdi.
Fransiyaning yangi bosh vaziri lavozimiga Elizabet Born tayinlandi. U Fransiya hukumatiga rahbarlik qilgan ikkinchi ayol sifatida tarixga kirdi.
Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida namoyishchilar viloyat rahbari va Xorug‘ hokimining iste’fosini talab qilishdi. Prokuratura mitingni mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida o‘tkazilgan «noqonuniy harakat» deb atadi.
Oxirgi ikki yil ichida rassomlar, musiqachilar va kriptotreyderlar orasida NFT atamasi eng qiziqarli mavzulardan biriga aylangan. NFT o‘zi nima? Nega NFT atrofida bunchalik ko‘p shov-shuvlar yuzaga kelmoqda? U qanday paydo bo‘lgan? Quyidagi maqolada «Gazeta.uz» ushbu savollarga javob beradi.
Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish qaroridan so‘ng, xuddi shu maqsadni Shvetsiyaning hukmron partiyasi ham bildirdi. Ittifoqqa qo‘shilmaslik Shvetsiyani zaif ahvolga solib qo‘yadi, degan fikrda bosh vazir Magdalena Andersson.
BAA Federal Oliy kengashi bir ovozdan shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni amirlik prezidenti etib sayladi. U 13 may kuni vafot etgan shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning ukasi hisoblanadi.
Juma kuni BAA prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon 73 yoshida vafot etdi. Amirlikda 40 kunlik milliy motam e’lon qilindi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Rossiya tomonidan Ukrainada inson huquqlari buzilgani haqidagi taxminlarni tekshirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. 33 ta mamlakat tergov uchun ovoz berdi, Xitoy va Eritriya qarshi chiqdi, 12 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet «Kiyevning shimolidagi hududlarida suddan tashqari qotilliklar ko‘lami dahshatli» ekanligini ta’kidladi.
Astronomlar galaktikamiz markazidagi o‘ta massiv qora tuynuk soyasining birinchi suratini e’lon qildi. 2017 yil aprel oyida olingan suratlar ustida besh yil davomida ishlar olib borilgan.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti onlayn media va ijtimoiy tarmoqlarning transchegaraviy imkoniyati tufayli nazorat qilish qiyin bo‘lgan alkogolning agressiv raqamli marketingidan ogohlantirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va alkogol marketingini xalqaro tartibga solish dunyodagi yoshlarning hayotini saqlab qolishi va yaxshilashi mumkin, deb hisoblaydi tashkilot.
Finlyandiya prezidenti va bosh vaziri mamlakat NATOga a’zo bo‘lish uchun zudlik bilan ariza topshirishi kerakligi haqida qo‘shma bayonot berdi. Oxirgi so‘rovlarga ko‘ra, Finlyandiya fuqarolarining 76 foizi alyansga qo‘shilish tarafdori. Rossiya Ukrainaga bostirib kirguniga qadar bu ko‘rsatkich 25%ni tashkil etgan.
2020 yilda boshlangan pandemiya davridan buyon Shimoliy Koreyada koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Mamlakatda chegara nazorati kuchaytirildi, shaharlarda lokdaunlar joriy etilmoqda.
Rossiyaliklarning telekanallarga bo‘lgan ishonchi oxirgi ikki oyda pasaygan, deyiladi GroupM xalqaro reklama guruhi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarida. Ushbu vaqt davomida Rossiya aholisining Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ishonch ortdi.
BMT Bosh Assambleyasi aprel oyida Rossiya tomonidan bo‘shatilgan Inson huquqlari kengashidagi o‘ringa Chexiyani sayladi.
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi.
Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yengillashtirilgan tartibda qurol yetkazish imkonini beruvchi lend-liz bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu qurollarni yetkazishda byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting