Kompyuter Kommunikatsiya domen nomlari registratori UZ zonasida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Mintaqadagi tinchlikka tahdidlarning kuchayishi mudofaa va xavfsizlikni ta`minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha oldindan ishlab chiqilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi kinomuxlislarini 2012-yil 21-yanvar kuni soat 18:00 da Toshkentning "Omnibus" ansambli va Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi bilan hamkorlikda o‘ziga xos bir film namoyishiga taklif etadi.
Fevral-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Ukrainalik murabbiy Anatoliy Demyanenko Qarshining “Nasaf” klubini tark etdi.
6-yanvar kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (Oliy Liga) bahslariga qur’a tashlandi.
Kirib kelgan yildan Toshkentning turli kinoteatrlarida har oyning ikkinchi dushanbasida nemis kinosi kunlari bo‘ladi.
Toshkent metropoliteni stansiyalari eshiklarida xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan ingliz tilida ENTER va EXIT yozuvlari paydo bo‘ldi.
1-yanvardan O‘zbekistonning qator bosma nashrlarining narxlari ko‘tarildi. Gazetalarning qimmatlashuvi har yil boshida kuzatiladi.
2012-yilning birinchi soatida «Bilayn» abonentlari soniyasiga qariyb 600 ta xabar tezlikda SMS jo‘natgan.
2011-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti ommaviy axborot vositalarini yanda rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
2011-yil 31-dekabr soat 23:00 dan 2012-yil 1-yanvar kuni soat 02:00 gacha Ucell tarmog‘ida 4 millionta SMS xabarlari yuborilgan va 11 million telefon qo‘ng‘iroqlari amalga oshirilgan.
2012-yil 1-yanvardan benzin narxi 25 so‘mga oshdi. Narx oshishi jismoniy shaxslarning avtomobil yoqilg‘isini iste’mol qilish solig‘ining an’anaviy yillik o‘sishi bilan bog‘liq.
27-dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
28-, 29- va 30-dekabr kunlari Korzinka.uzning to‘rtta (Turkman bozoridagi, aeroport yonidagi, Abay ko‘chasidagi va Qoratoshdagi) supermarketi kecha-kunduz ishlaydi.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovni ikki davlat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan tabrikladi.
10-yanvar kuni “O‘zbekiston” sport majmuida futbol bo‘yicha milliy terma jamoasi futzal bo‘yicha terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi. Ular bolalarga Yangi yil arafasida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-dekabrdagi qaroriga muvofiq 31-dekabr shanba kuni ish kuni deb e'lon qilindi, dam olish kuni esa 2012-yil 2-yanvar dushanbaga ko‘chirildi.
23-dekabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining konferensiyasida 2011-yilning eng yaxshi futbol vakillari nomlari e'lon qilindi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг