O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
10-fevral kuni Davlat konservatoriyasida “O‘zbekiston yakkaxonlari” Davlat kamerali musiqa ansambli konserti, 14-fevral kuni esa romans oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent arxitektura va qurilish instituti qoshida O‘zbekiston-Germaniya arxitektura va qurilish markazi ochiladi.
Shu yil Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturiga ko‘ra 8510 ta uy quriladi, bu 2011-yildagidan 15 foizga ko‘p.
O‘tgan yili O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 28,5 ming qonunbuzarliklar aniqlangan.
2011-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilarini ham hisobga olganda) 8,8 millionga yetdi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi deputatlari “Voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlamoqda.
25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosida 2012-yilgi mamlakat kubogi bahslariga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi haftada besh marta - seshanba, chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari qatnashni boshladi.
O‘zbekiston Prezidentining 24-yanvardagi farmoniga binoan, Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Norber Justen Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi. U 20-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi vakillariga ishonch yorliqlarini topshirdi.
21-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil qilinganiga 20 yil to‘ldi.
2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisining soni 29 million 559 ming kishini tashkil qildi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
London-2012 Olimpiada o‘yinlarining saralash bosqich bahslariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi bor tashkil etilgan Dubai Matchworld Cup musobaqasida ishtirok etmoqda.
Prezident Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2011-yilning yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida nutq so‘zladi.
“Kredit-Standart” banki xalqaro valyutalar VISA kartalari chiqarishni va ular bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgani haqida xabar berdi.
Fevral oyidan Davlat soliq qo‘mitasining maxsus telefon tarmog‘i ishlashni boshlaydi, u orqali ma’lum mavzular bo‘yicha maslahatlar olish mumkin bo‘ladi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi yong‘inlar soni 2,8 foizga, halok bo‘lganlar 1,7 foizga va tana jarohati olganlar 13,1 foizga kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vetnam Prezidenti Chiong Tan Shangni ikkala mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.
16-yanvar kuni Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti 10 yillik yubileyini nishonladi. Oliy dargoh Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2002-yilda ochilgan.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг