Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Abdulrahmon bin Abdulla al-Shayaning fikricha, ikki mamlakat hamkorligini yanada rivojlantirishda hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud.
“Amerikacha orzu” degan tushuncha mavjudligi haqida ko‘pchilik xabardor. Ayniqsa, AQSHda yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun ushbu tushuncha begona emas.
Tashqi haroratning pasayishi munosabati bilan Toshkent shahar hokimi poytaxtda isitish mavsumining boshlanishiga oid ikkita qarorga imzo chekdi.
O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Aholishunoslik jamg‘armasi ijrochi direktori, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Babatunde Osotimein sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov bilan uchrashdi.
Joriy yilning sakkiz oyida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 845 million AQSH dollarini tashkil etdi. Xususiy sektordagi Turkiya sarmoyasi hajmi 1 milliard AQSH dollaridan oshdi.
7-oktabr kuni Haj safari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
AQSH Davlat departamenti 2014-yil “Grin kard” lotereyasiga ro‘yxatga olish davri 2012-yil 3-noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e'lon qildi.
Toshkent shahar hokimining yangi qarori tadbir o‘tkazuvchi shaxs va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi Toshkentda o‘tkazilgan ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham, hisobni birinchi ochganiga qaramay, yakunda durang natija qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-7-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi.
Buxoro shahar hokimi lavozimiga “Navoiyavtoyo‘l” davlat tashkiloti direktori bo‘lib ishlab kelgan Valijon O‘rinov tayinlandi.
7-sentshdabr kuni “Paxtakor” markaziy stadionida O‘zbekiston va Kuvayt terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Ostonaga keldi. Qozog‘iston poytaxtida ikki davlat rahbarlarining suhbati bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda 5-sentabr kuni “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan yangi “Chevrolet Cobalt” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi terma jamoalarning sentyabr oyi uchun reytingini e'lon qildi.
XIV yozgi Paralimpiadada O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi suzish, pauerlifting, dzyudo hamda yengil atletika sport turlarida himoya qiladi.
16-avgust kuni “Bek-baraka” savdo majmuasi va unga tutash Toshkent avtomobil halqa yo‘li hududlarida shartli nomi “Val” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
16-avgust soat 9:00 dan O‘zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasalarida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilinadi.
Olimpiya delegatsiyasini Toshkent aeroportida rasmiy shaxslar, sportchilarning qarindoshlari va ko’plab muxlislar kutib oldi.
Toshkent shahar ho‘jalik sudining qaroriga binoan “O‘zdunrobita”ning litsenziyasi bekor qilindi. MTS-O‘zbekiston xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini masala xal bo‘lgunga qadar to‘xtatadi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг