Olimpiada-2012 saralash Osiyo mintaqasi pley-off bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Suriya-O‘zbekiston uchrashuvi Vadim Abramov shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
1-apreldan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste’molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab Bahodirlar o‘yinlari jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida 27-mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining navbatdagi 20-majlisi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston tomonidan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishning to‘xtatilishi borasidagi fitnalar hech qanday asosga ega emas, dedi “O‘zbekneftegaz” matbuot xizmati.
25-martda Navoiy viloyatida “1000 ta nikoh to‘yi va 1000 ta sunnat to‘y” xayriya loyihasi boshlandi.
24-mart kuni Jizzaxda “Qadriyatlarni qadrlaymiz” yoshlar festivali o‘tkazildi. U Kamolot harakati viloyat kengashi, viloyat hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi va “Mahalla” fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 26-mart kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda 20-mart kuni “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan “Chevrolet Malibu” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
21-mart chorshanba dam olish kuni 22-mart payshanba kuniga, 25-mart yakshanba dam olish kuni esa 23-mart juma kuniga ko‘chirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir qator davlat rahbarlarini kirib kelayotgan bahor bayrami – Navro‘z bilan tabrikladi.
O‘zbekistonda o‘tgan dam olish kunlari o‘tkazilgan va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ikki kunlik xayriya hasharida 17,5 million kishi qatnashdi.
Har bir rahbar aholining dardi bilan yashash, o‘z ishiga tanqidiy qarash, qonunga so‘zsiz itoat qilish kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, dedi Islom Karimov.
O‘zbekistonda shanba kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharining birinchi kunida 8 milliondan ko‘p kishi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidentining 16-martdagi qarori bilan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
“Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivali bu yil 5-6-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi 15-17-may kunlari Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi” (OGU-2012) 16-xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish haqida hujjat tasdiqladi.
12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasining mudofaa vaziri Tomas de Mezyer boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
20-mart kuni Xalqaro frankofoniya kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan 17-23-mart kunlari O‘zbekistonda an’anaviy Frankofoniya haftaligi o‘tkaziladi.
14-martdan Buxoro-Urganch yo‘nalishidagi 71/72-sonli tezyurar poyezd harakatlanishni boshlaydi. Qatnov haftada bir marta amalga oshiriladi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг