17-18-dekabr kunlari Toshkent viloyati Pskent tumanida o‘zbek milliy sport o‘yinlaridan bo‘lmish uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi respublika kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen Ir shanba kuni 69 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi 19-dekabr kuni Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Namangan va Jizzax shahar hokimliklari qoshida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona oyna markazlari ochildi.
"O‘zbekiston-Xitoy" gaz quvurining uchinchi navbatining ishga tushirilishi O‘zbekiston konlaridan Xitoyga gaz eksportini ta'minlash imkonini beradi.
FIFA kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boshqa davlatga berish haqida qaror qabul qildi.
Toshkentda O‘zbekistonda birinchi skeytpark qurish loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda loyiha tashabbuskorlari homiylarni qidirmoqdalar.
O‘zbekiston Prezidenti 16-dekabr kuni Yekaterinburgda 2009-yil 16-iyunda qabul qilingan Shanxay hamkorlik tashkilotining Terrorizmga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 14-dekabrdagi farmoni bilan Botir Zokirov Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining raisi va Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
14-dekabr kuni Toshkentda dekabr oyida nishonlanadigan ikki do‘stona davlat – O‘zbekiston va Rossiyaning Konstitutsiya kunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 15 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
16-dekabr kuni Toshkentda milliy pochta operatori xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
13-dekabr kuni Toshkentda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha "O‘zbekenergo" DAJ va Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan forum bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda 2011-yilning boshidan 37 ming donaga yaqin pirotexnika buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
18-dekabr kuni Yaponiyada futbol klublari bo‘yicha jahon chempionati uchun o‘tkaziladigan “Barselona” va “Santos” jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinini Ravshan Ermatov boshqaradi.
Yevropaning uch davlati – Angliya, Germaniya va Fransiyaning Toshkentdagi madaniyat markazlari o‘zaro uyushmani tuzdi. EUNIC klasterining ochilishi 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.
16-17-dekabr kunlari Buxoroda Ibn Sinoga bag‘ishlangan “Buyuk alloma Ibn Sino ta’limoti va zamonaviy tibbiyot” nomli oltinchi “Ibn Sino o‘qishlari” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbektelekom” 2011-yil 10-dekabrdan provayderlar uchun tashqi internet kanali xizmatlari tarifini 1Mbit/s uchun 529 AQSH dollariga arzonlashtirganini ma'lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasi milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Nursulton Nazarboyevga tabrik yo‘lladi.
Jahon banki guruhi direktorlar kengashi 6-dekabr kuni Vashingtonda 2012-2015-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi strategiyasini ma’qulladi.
Tokioda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi yirik musobaqada Abdulla Tangriyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг