O‘zbekistonning 2012-yil Investitsiya dasturiga ko‘ra joriy yilda poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun yana 100 ta Mercedes-Benz avtobuslaridan xarid qilinadi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi 2012-yilda o‘zbek futbolining 100 yillik yubileyini nishonlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqladi.
14-fevral kuni O‘zbekistonga BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (OTOIIK) ijrochi kotibi Noilin Xeyzer tashrif buyuradi.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar poyezdining 13-fevraldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yildi.
Toshkentdagi anjumanda axborot muhitida shaxsiy axborotlar himoyasi va o‘sib kelayotgan avlodning internet madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘tgan yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 354 mln AQSH dollarini tashkil etdi, bu 2010-yildagidan ikki barobar ko‘p.
Hukumat Chakana savdo qoidalariga kiritiladigan tarmoqli marketing ko‘rinishidagi savdo faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradigan o‘zgartirishlarni tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
10-fevral kuni Davlat konservatoriyasida “O‘zbekiston yakkaxonlari” Davlat kamerali musiqa ansambli konserti, 14-fevral kuni esa romans oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent arxitektura va qurilish instituti qoshida O‘zbekiston-Germaniya arxitektura va qurilish markazi ochiladi.
Shu yil Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturiga ko‘ra 8510 ta uy quriladi, bu 2011-yildagidan 15 foizga ko‘p.
O‘tgan yili O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 28,5 ming qonunbuzarliklar aniqlangan.
2011-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilarini ham hisobga olganda) 8,8 millionga yetdi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi deputatlari “Voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlamoqda.
25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosida 2012-yilgi mamlakat kubogi bahslariga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdi haftada besh marta - seshanba, chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari qatnashni boshladi.
O‘zbekiston Prezidentining 24-yanvardagi farmoniga binoan, Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Norber Justen Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi. U 20-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi vakillariga ishonch yorliqlarini topshirdi.
21-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil qilinganiga 20 yil to‘ldi.
2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston aholisining soni 29 million 559 ming kishini tashkil qildi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг