27-dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi. Ular bolalarga Yangi yil arafasida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-dekabrdagi qaroriga muvofiq 31-dekabr shanba kuni ish kuni deb e'lon qilindi, dam olish kuni esa 2012-yil 2-yanvar dushanbaga ko‘chirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi alkogol idishining yorlig‘ida va tamaki mahsulotining qutisida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirish va ogohlantiruvchi yozuvlar matnlarini tasdiqladi.
14-dekabr kuni Toshkentda dekabr oyida nishonlanadigan ikki do‘stona davlat – O‘zbekiston va Rossiyaning Konstitutsiya kunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining 15 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda 2011-yilning boshidan 37 ming donaga yaqin pirotexnika buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
16-17-dekabr kunlari Buxoroda Ibn Sinoga bag‘ishlangan “Buyuk alloma Ibn Sino ta’limoti va zamonaviy tibbiyot” nomli oltinchi “Ibn Sino o‘qishlari” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdagi Mustaqillik maydonida mamlakatimizning asosiy archasini o‘rnatish boshlandi. E'tiboringizga bu haqda fotoreportajni havola etamiz.
12-dekabr kuni "O‘zbekiston" mehmonxonasida har yili o‘tkaziladigan to‘rtinchi "Yil ayoli" milliy tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Minglab chiroqlar marjoni Yangi yil kunlari poytaxt ko‘chalarini yoritadi. O‘tgan hafta shaharning asosiy ko‘chalaridan biri bo`lgan Amir Temur ko‘chasida marjonlar joylashtirildi.
Қўшимча имкониятлардан фойдаланиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг