Uzbekistan Airways Buxorodan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.
Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida fuqaro o‘z tomorqasida 55 tup ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi. Bu aprel oyida ushbu tumanda aniqlangan ikkinchi holat.
Shuhrat Abdurahmonov viloyatda «Andijon polkasi» oyligini e’lon qilib, tashkilot va idoralar rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilgan barchani butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishga chaqirdi.
UzAuto Motors birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 619 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizga ko‘pdir.
Xalqaro kosmik stansiyaga ilk tijoriy parvozni amalga oshirgan Axiom reysi Yerga qaytdi. Ax-1 missiyasi muvaffaqiyatli deb topildi. Axiom Falcon raketalari yordamida bir qator yangi parvozlarni rejalashtirmoqda.
Hisob palatasi 133 ta vazirlik va idoralar tomonidan budjet jarayonining ochiqligini ta’minlovchi ma’lumotlarni veb-saytlarga joylashtirilganini o‘rgandi. Yakunda 2021 yilning III choragida 91 ta, IV chorakda 54 ta tashkilot ochiq ma’lumotlarni umuman joylashtirmagani aniqlandi. Ilk bor 2 ta tashkilot rahbari sud qarori bilan ma’muriya javobgarlikka tortildi.
Rassom Inkuzart Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hovlisining tashqi devoriga «Korrupsiya» mavzusidagi graffitini chizdi. Agentlik direktori Akmal Burxonov art-obyektni qo‘llab-quvvatlab, uni «murosasiz kreativ yondashuv» deb atadi va aholini korrupsiyaga qarshi faol kurashishga chaqirdi.
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Musa Jamanbayev ish boshladi. Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov qabul qilib oldi.
Samarqanddagi mehmonxonada 4892 dona «Repagen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini $7500 va 4,5 mln so‘mga sotishda gumon qilingan shaxslar ushlandi.
Prezident qarori bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari joriy etiladi. Shuningdek, 1 maydan poliklinikalarda bolalar bo‘limlari ish boshlaydi.
Nishon tuman Xalq ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan maktabning eski binosini buzish huquqi uchun 5400 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U pullarni olgan vaqtida ushlangan.
1966 yil 26 aprel kuni erta tongda Toshkent dahshatdan larzaga tushdi. Taxminan 8 ballik zilzila butun ko‘cha va mavzelarni yer bilan yakson qildi. Vayron bo‘lgan poytaxtni qayta tiklash uchun O‘zbekiston viloyatlari va butun Sovet ittifoqi quruvchilari Toshkentga oshiqdilar. Shaharning turli qismlarida “Butunittifoq hashari” usulida qurilgan uylar bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ayrimlarining yon va old tomonlari esdalik yozuvlar bilan bezatilgan. "Gazeta.uz" 1966−1970-yillardagi binolarning shahar arxitekturasi va aholi madaniyati uchun qanday ahamiyati va qiymati borligini tahlil qildi.
Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 44 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. «Umid qilamanki, hatto mening eng yomon tanqidchilarim ham Twitter`da qolishadi, chunki aynan shu so‘z erkinligini anglatadi», — deb yozdi Mask. Eslatib o‘tamiz, Twitter O‘zbekistonda hanuz bloklangan tarmoqlar sirasiga kiradi.
Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgan edi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmadi. Elchixona ularni qidirmoqda. «Gazeta.uz» bedarak yo‘qolganlardan birining ukasi bilan suhbatlashdi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Rossiyadan pul o‘tkazmalari qisqarishi fonida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun yangi yo‘nalishlarni baholadi. Polsha, Bolgariya, Litva, Chexiya hamda boshqa Yevropa va Osiyo davlatlari migratsiyani rivojlantirish uchun jozibador yo‘nalishlar deb nomlandi.
Toshkentda OITSga chalinib bemorlarni davolab kelgan stomatolog, Emmanuel Makronni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan Shavkat Mirziyoyev, test topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangani, 9 mayda o‘tkazilmaydigan harbiy parad, Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘llagan prezident, Toshkentda tramvayni qayta tiklash loyihasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Belarus va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 25 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
SES boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov «Guangjou» klinikasining Toshkent shahri va boshqa viloyatlardagi filiallari litsenziya olishi jarayonida noqonuniy hujjat kuzatilmaganini ma’lum qildi. Agarda noqonuniy holat kuzatilsa, litsenziya berilmagan bo‘lardi, deya ta’kidladi u.
1-maydan boshlab ikki yildan kam haydovchilik tajribasiga ega haydovchilarning avtomobillarida maxsus “Haydovchilikni endi boshlagan” belgisi bo‘lishi shart.
2023-yil 1-iyuldan nikohlanuvchilar genetiklarning xulosasi bilan turmush qurishadi. Bunda fuqarolar reproduktiv salomatlik markazlari orqali o‘z hisoblaridan molekulyar-genetik testdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Toshkentda tramvay qurish loyihasida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. Belarus tomoni infratuzilma, loyihalashtirish va harakat tarkibini yetkazib berish bilan bog‘liq yechimlarni taklif qilmoqda. «Agar shunday qaror qabul qilinsa, biz O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», — dedi Golovchenko.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting