2022−2023 o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari e’lon qilindi. Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.
1-sentabrdan shifokorlarga alohida tibbiyot muassasasi ochmasdan o‘z uyida yoki ijaraga olgan binosida yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, oilaviy poliklinikalarning kunduzgi statsionar ish vaqti 20:00 gacha uzaytiriladi.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli shaxs OITS bilan kasallanganiga qaramasdan tish shifokori sifatida faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Chorshanba va payshanba kunlari markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +27…+32 darajagacha ko‘tariladi.
Pastdarg‘om tumanida fermer 6 gektar yerni noqonuniy tarzda 170 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Gumondor yer maydonini fuqaro nomiga tuman hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilganligi aytilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston delegatsiyasi unga oltin va kumushdan yasalgan «Poi Kalon ansambli» ning 3D shaklidagi suratini sovg‘a qildi. «Men [sovg‘aga] qarayapman va uni qo‘yishga joy qidirayapman. Prezident lol qoldirishni biladi», — deb yozadi Checheniston rahbari.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 9 nafar shaxsni hibsga oldi. Ularning oldidan 34 mln so‘mlik 1351 dona dori vositasi topilgan.
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 58,55% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi Marin Le Pen 41,45% ovoz to‘pladi.
Toshkent dunyodagi 26 shahar bilan, Samarqand esa 29 shahar bilan qardoshlik aloqalariga ega. Aprel oyining so‘nggi yakshanbasida Butunjahon qardosh shaharlar kuni nishonlanadi. O‘zbekiston shaharlari qancha qardoshlarga ega va bu munosabatlar nimani anglatadi — «Gazeta.uz» maqolasida.
Dunyoning 12 davlatida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit tarqalgani, Fransiya prezidentligiga saylovning ikkinchi bosqichi, urush boshlangandan beri Ukrainada 213 nafar bola halok bo‘lgani aytilgani, YeIning o‘nta davlati kompaniyalari embargoni aylanib o‘tib Rossiyaga qurol sotgani, BMT rahbarining Rossiya va Ukrainaga tashrifi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Gazeta.uz» o‘z mamlakatlarini tark etib, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan Rossiya, Belarus va Ukraina fuqarolari haqida turkum materiallarni taqdim etadi. IT-mutaxassis Daniil va «Exo Moskvы» jurnalisti Kseniya Toshkentdagi hayotlarining birinchi oyida olgan taassurotlari haqida so‘zlab berishdi.
Hafta davomida so‘mga nisbatan mustahkamlangan rubl, arzonlagan dollar hamda qadrsizlangan yevro — haftalik valyuta kurslari dayjestida.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Magistraturaga o‘qishga kirishda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinishi mumkin.
Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini birinchi bo‘lib qabristonga urilgan va 70 dan ortiq qabrlarni oqizib ketgan. «Gazeta.uz» muxbiri Egizbuloq mahallasidagi sel oqibatlari aks etgan yana bir fotoreportajni tayyorladi. Unda suv kelishi oqibatida oqizib ketilgan qabrlar, aholining buzilgan uylari tasvirlangan.
Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy 22 aprel kuni Ukraina tomoni bilan «bir nechta uzoq davom etgan muzokaralar» bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Hozirda Ukrainaning neytrallik va yadrosizlik maqomi, xavfsizlik kafolatlari hamda «madaniyatlarga nisbatan o‘zaro hurmat» masalalari yuzasidan muhokamalar davom etmoqda. Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari muzokaralarning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda.
Urush adabiyotida Ikkinchi jahon urushi xotiralari bilan bog‘liq kundaliklar orasida «Anna Frank kundaligi» eng ko‘p shuhrat qozongan. Kundalikda 13 yoshli qizaloq — Anna 1942−1944 yillarda yaxudiylarga qarshi qirg‘in sabab natsistlardan yashirinib, maxfiy boshpanada kechgan og‘ir turmushi, yon-atrofida va dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarga nisbatan o‘smirlarga xos munosabati haqida hikoya qiladi.
Hukumat qarori bilan 1 dekabrga qadar dasturlar ishlab chiqishda qatnashish va ularning ijrosini monitoring qilish maqsadida e-ngo.uz elektron portaliga joylashtiriladi. 1 yanvardan davlat organ va tashkilotlari ijtimoiy hamda iqtisodiy dasturlarning loyihalari, davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda portalga kiritib boradi.
Ramazon oyi paytida saharlikni uyda qilgan ro‘zadorlar har doim ham iftorlikka uyga qaytishga ulgurmasliklari mumkin. Kimdir ko‘chada, kimdir yo‘ldaligida, yana kimdir metro yoki avtobusda og‘iz ochmoqda. «Gazeta.uz» fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Madina A’zam iftorlik vaqtida Toshkent ko‘chalarini aylanib, chorrahalarda suv va xurmoni bepul tarqatayotgan yosh yigitlar bilan suhbatlashishdi.
O‘zbekistonda Xitoyning «Guanjou» klinikasining Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida mahalliy dorilarni qayta qadoqlab, qimmat narxga sotayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Klinika mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida maishiy texnikalarga katta chegirma e’lon qilingandan so‘ng 18 mingga yaqin fuqarolar majmua oldida to‘plangan. Natijada tirbandlik va tiqilinchlar yuzaga kelgan. Tiqilinchda bir nafar ayol xushidan ketgan. Toshkent shahar IIBB do‘kon yopilganligini va sotuv bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting