Arxiv

Pulli yo‘llar, aeroportlar, yashil elektr stansiyalari. DXSH uchun loyihalar ro‘yxati
12 aprel 2022, 09:58

Pulli yo‘llar, aeroportlar, yashil elektr stansiyalari. DXSH uchun loyihalar ro‘yxati

O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bir qator pulli yo‘llar, shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda. Xususiy kompaniyalar Toshkent va boshqa shaharlarning xalqaro aeroportlari va infratuzilmasini modernizatsiya qilishga ham jalb etiladi.

OTP Bank Ukrainadagi urush tufayli «Ipotepa-bank» ulushini sotib olishni kechiktirdi
12 aprel 2022, 09:14

OTP Bank Ukrainadagi urush tufayli «Ipotepa-bank» ulushini sotib olishni kechiktirdi

«Ipoteka-bank»ning 75 foiz davlat ulushini sotib olishni rejalashtirgan Vengriyaning OTP Bank banki O‘zbekistondan bitimni kechiktirishni so‘radi. Kechikishga Ukrainadagi urush sabab qilib keltirildi.

Farg‘ona vodiysida yagona aeroport qurish taklif qilinmoqda
11 aprel 2022, 23:36

Farg‘ona vodiysida yagona aeroport qurish taklif qilinmoqda

Farg‘ona vodiysida hududdagi uchala viloyat uchun yagona xalqaro aeroport qurilishi mumkin. Prezidentga ko‘rsatilgan loyihalar taqdimotida bu haqda so‘z boradi.

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi
11 aprel 2022, 22:20

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi

Pokiston parlamenti Shahboz Sharifni mamlakatning yangi bosh vaziri etib sayladi. U ishonchsizlik votumi e’lon qilinib, lavozimidan chetlatilgan Imron Xon o‘rnini egalladi.

11 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 aprel 2022, 22:19

11 aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Humo kartalaridagi uzilishlar, prezident bilan bog‘liq xabarlar ostidagi “o‘quvchilarimiz” izohlari, desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qilgan Mudofaa vazirligi, kutilayotgan issiq kunlar, Ukrainaga gumanitar yordam yuborgan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz” ning 11 apreldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvada qo‘ndi
11 aprel 2022, 21:48 2

Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvada qo‘ndi

Minskdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti portlash xavfi sababli Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘ndi. Havo kemasiga bomba qo‘yilganligi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni 3,6% gacha sekinlashtiradi — Jahon banki
11 aprel 2022, 18:20 1

Rossiyaning Ukrainaga bosqini O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni 3,6% gacha sekinlashtiradi — Jahon banki

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatlari O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish darajasini 3,6% gacha sekinlashtiradi, inqirozgacha bu ko‘rsatkich 6% ga baholangan edi. Ayni paytda xomashyo eksportidan olinadigan daromadlar va xususiylashtirishdan tushumlarning nisbatan yuqoriroq bo‘lishi pul o‘tkazmalariga qaram bo‘lgan uy xo‘jaliklarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadlaridagi yuqori ijtimoiy soha xarajatlarini qoplaydi, pul o‘tkazmalari qisqarishi va mehnat migrantlarining uylariga qaytishi ortidan mamlakatda kambag‘allik darajasi keskin o‘sishining oldini oladi.

Toshkentda $6900 qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxslar ushlandi
11 aprel 2022, 18:20

Toshkentda $6900 qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida 6900 dollar qalbaki kupyuralarni sotishga uringanlikda gumonlangan uch kishi qo‘lga olindi. Toshkent viloyatida esa ikki fuqaro 11 ming dollarni noqonuniy tarzda 125,4 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi
11 aprel 2022, 17:43

Har yili Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida besh bosqichli sport musobaqalari o‘tkaziladi

Prezident qaroriga muvofiq, har yili an’anaviy tarzda 30 iyun — Yoshlar kuni va “Yoshlar forumi” doirasida sportning 9 ta turi bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Bu orqali yil oxirigacha 6 mln nafar yoshlarni sport bilan qamrab olish reja qilingan. Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari, qolaversa, maktab va OTMlar doirasida ham musobaqalar tashkillashtiriladi.

Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda
11 aprel 2022, 17:41

Dollarning rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi pasayishda davom etib, 11 329,38 so‘mga teng bo‘ldi. Rubl kursi pasaydi, yevro kursida esa o‘sish kuzatildi.

«Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating» — Bola ombudsmani
11 aprel 2022, 16:58

«Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtating» — Bola ombudsmani

Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlariga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bola ombudsmani Aliya Yunusova esa «bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishni» so‘rab chiqdi. «Biz jamiyat sifatida bu haqiqatni qabul qilmasligimiz kerak. Bolalarni shafqatsiz muomala va zo‘ravonlikdan asrash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim», — dedi u. Vakil holatni o‘z nazoratiga oldi.

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda
11 aprel 2022, 15:13 1

Tinkoff kompaniyasi CloudPayments savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Tinkoff Global kompaniyasi O‘zbekistonda CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Onlayn to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tizim allaqachon kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazgan va mahalliy korxonalar bilan muzokaralarni boshlagan.

Uyushmalarga berilgan imtiyozlar sohadagi barcha ishlab chiqaruvchilarga tadbiq etiladi
11 aprel 2022, 14:59

Uyushmalarga berilgan imtiyozlar sohadagi barcha ishlab chiqaruvchilarga tadbiq etiladi

«O‘zbekipaksanoat», «O‘zcharmsanoat» va boshqa uyushmalar tomonidan qo‘llanilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari mazkur tarmoqlarning barcha subyektlariga ham tatbiq etiladi. Mazkur imtiyozlar 2017−2019 yillarda berilgan bo‘lib, ularning muddati 2023 yil 1 yanvarda tugaydi. «Gazeta.uz» ushbu imtiyozlar va sohalar ro‘yxatini e’lon qiladi.

Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etadi
11 aprel 2022, 13:40

Qozog‘iston 15 apreldan bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etadi

Qozog‘iston ichki bozorda taqchillik yuzaga kelmasligi uchun 15 apreldan 15 iyungacha bug‘doy va un eksportiga cheklovlar joriy etmoqda.

British Management University Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda
11 aprel 2022, 13:00

British Management University Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda

Britaniya menedjment universiteti bitiruvchilari ikkita diplom, IT va biznes tahlili bo‘yicha qo‘shimcha mutaxassislik hamda ACCA, CFA, PMI va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi
11 aprel 2022, 12:59

Mudofaa vazirligi desantchilarning parashyutda sakrash mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi

Mudofaa vazirligi havo desant xizmati harbiylarining parashyutda sakrash bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlari videosini e’lon qildi.

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda
11 aprel 2022, 12:19

Humo kartalari ishida uzilishlar kuzatilmoqda

Ayni paytda bir qator bank ilovalarida Humo kartalari bilan ishlashda uzilishlar kuzatilmoqda. To‘lov tizimi ushbu muammolar yaqin kelajakda hal qilinishi hamda uzilishlar mobil ilovalarning hammasiga ham ta’sir ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

«Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz» — «o‘quvchilarimiz» izohlari
11 aprel 2022, 12:17

«Shavkat Miromonovich, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz» — «o‘quvchilarimiz» izohlari

«Prezidentimiz birinchi raqamli», «Mirziyoyevga ehtirom», «Orzularingiz ushalsin, Shavkat Miromonovich» — bu kabi izohlar prezident bilan bog‘liq xabarlar ostida tez-tez uchrab turadi. Bu kim tomonidan nima uchun qilinayotgani va bu borada nima qilish kerakligini bilmaymiz. Ammo bunday sharhlarni o‘qish har doim qiziqarli.

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi
11 aprel 2022, 11:59

Haftaning ikkinchi yarmidan kunlar +35 darajagacha isiydi

Turkmaniston hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga haftaning ikkinchi yarmidan harorat +30…+35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
11 aprel 2022, 11:49

Yanvar-mart oylarida bozorlarda 2 tonnadan ziyod iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Birinchi chorakda respublika dehqon bozorlari 2014 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht va 3583 kg ichki organlar topilib, yo‘q qilindi. Toshkent veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi poytaxtga aylanma yo‘llar bilan kirib kelayotgan iste’molga yaroqsiz go‘shtlar asosan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tarqatilishini ma’lum qildi. Eshak go‘shti masalasiga ham izoh berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting