Arxiv

O‘zbekiston 2022 yilda NKMKning 10 foizgacha aksiyalarini sotishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari
29 sentabr 2021, 12:56

O‘zbekiston 2022 yilda NKMKning 10 foizgacha aksiyalarini sotishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari

Hukumat Navoiy kon-metallurgiya kombinatini xususiylashtirishga tayyorgarlikni boshladi. 2022 yilda aksiyalarning 10 foizi sotilishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.

Vengriyaning OTP Bank banki «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini sotib oladi
29 sentabr 2021, 12:42

Vengriyaning OTP Bank banki «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini sotib oladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «Ipoteka-bank» davlat ulushining 75 foizini Vengriyaning OTP Bank banki sotib olayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarning birinchi qismini chorshanba kuni, qolganini esa ikki oy davomida imzolash rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: «Prezidentlik — bu shunchaki lavozim»
29 sentabr 2021, 12:39

Shavkat Mirziyoyev: «Prezidentlik — bu shunchaki lavozim»

Shavkat Mirziyoyev Andijon saylovchilari bilan uchrashuvda besh yil ichida nimalarga erishdi, degan savolga: «Erkin, qo‘rquvsiz yashash», deb javob berdi. «Men ham insonman, prezidentlik bir lavozim, maqsadim xalqimga, O‘zbekiston, Andijon xalqiga xizmat qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.

Bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturi ishga tushirilmoqda
29 sentabr 2021, 12:37

Bachadon bo‘yni saratoni skrining dasturi ishga tushirilmoqda

Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalligi turi bo‘yicha ikkinchi, mazkur kasallik tufayli o‘lim holatlari bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi. U 90% hollarda odam papilloma virusi infeksiyasi bilan boshlanadi. Kasallikni erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash orqali yengib o‘tish mumkin. Ikki viloyatda pilot skrining dasturi ishga tushirilmoqda.

Buxorodagi budjet tashkiloti ikki yil ichida 65 mlrd so‘mlik xaridlarni tendersiz amalga oshirdi
29 sentabr 2021, 12:16

Buxorodagi budjet tashkiloti ikki yil ichida 65 mlrd so‘mlik xaridlarni tendersiz amalga oshirdi

Buxoroda budjet tashkiloti qariyb 65 mlrd so‘m miqdoridagi xaridlarni tendersiz amalga oshirgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Raqobat to‘g‘risida"gi qonunni buzganlik uchun ish ochdi.

«SamAvto» yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarishga o‘tmoqda
29 sentabr 2021, 11:51

«SamAvto» yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarishga o‘tmoqda

Samarqand avtomobil zavodi 729 avlod Isuzu yuk mashinalari va avtobuslarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi va ekologik standartdagi — 700P avlodiga ga o‘tadi. Eski avlod avtomobillari egalari uchun ehtiyot qismlari yaqin 10 yil ichida mavjud bo‘ladi.

Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi
29 sentabr 2021, 10:35

Qashqadaryoda Lacetti`dagi gaz balloni yorildi

Chorshanba kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan.

28 sentabr kuni O‘zbekistonda 510 kishida koronavirus aniqlandi
29 sentabr 2021, 10:15

28 sentabr kuni O‘zbekistonda 510 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 510 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 4 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 67 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

O‘zbekiston shimolida kechasi havo harorati nolga tushadi
29 sentabr 2021, 09:41

O‘zbekiston shimolida kechasi havo harorati nolga tushadi

oktabr oyining birinchi kunlarida O‘zbekistonda havo harorati asta-sekin kechasi + 3 … + 8 darajagacha, kunduzi + 12 … + 17 darajagacha pasayadi. Shimolda kechasi nolgacha pasayishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Koronavirusga qarshi vaksina olish uchun 16 ta sabab
29 sentabr 2021, 08:30

Koronavirusga qarshi vaksina olish uchun 16 ta sabab

COVID-19 infeksiyasidan himoyalanishning yagona yo‘li — vaksinatsiya. Shunga qaramay, dunyo bo‘ylab ixtiyoriy tarzda emlanishdan bosh tortish holatlari uchramoqda. Garvard universiteti Kennedi maktabining Belfer markazi koronavirusga qarshi emlanish uchun 16 ta sabablarni keltirdi.

O‘zbekistonlik futbolchi Jasurbek Yaxshiboyev «Real» darvozasiga gol urdi (video)
29 sentabr 2021, 01:53

O‘zbekistonlik futbolchi Jasurbek Yaxshiboyev «Real» darvozasiga gol urdi (video)

Moldovaning «Sherif» klubi hujumchisi Jasurbek Yaxshiboyev YeCHL doirasidagi o‘yinda «Real Madrid» darvozasiga gol urdi. «Santyago Bernabeu»dagi o‘yin Moldova klubi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikki o‘yindan beri g‘alaba qozonayotgan Yaxshiboyevning jamoasi o‘z guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinda ketmoqda.

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 sentabr 2021, 21:30

28 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvi, O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19`ga qarshi emlanishga ruxsat berilishi, Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar Kengashi ta’sis etilishi — «Gazeta.uz»ning 28 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 sentabr 2021, 20:47

Jahon yangiliklari dayjesti

YouTube’ning saylov natijalariga shubha tug‘diradigan kontentni joylashtirishni taqiqlagani, Afg‘oniston muvaqqat hukumatining qirol Zohir Shoh davridagi konstitutsiyaga amal qilishi, Yaponiyada favqulodda holat rejimining bekor qilinayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qashqadaryolik ota ikki yoshli o‘g‘lini koma holatiga tushguncha kaltaklagani aytilmoqda
28 sentabr 2021, 20:17

Qashqadaryolik ota ikki yoshli o‘g‘lini koma holatiga tushguncha kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida yashovchi ayol eri ikki yoshli o‘g‘lini koma holatiga tushguncha qiynaganini ma’lum qildi. Ayolning aytishicha, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan eri avvalgi ikki nikohidan bo‘lgan bolalarini ham qiynagan — birining qo‘l terisini kuydirgan, boshqa birini pichoq bilan qo‘rqitgan.

«Yangi O‘zbekiston» tovar belgisi ostida alkogol ichimlik ishlab chiqarilishi mumkin
28 sentabr 2021, 20:06

«Yangi O‘zbekiston» tovar belgisi ostida alkogol ichimlik ishlab chiqarilishi mumkin

Elsun-Sharob alkogol ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi «Yangi O‘zbekiston» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi.

Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi
28 sentabr 2021, 18:43

Ilon Maskning boyligi 200 mlrd dollardan oshdi

Ilon Mask yana dunyoning eng boy milliarderlari reytingida birinchi pog‘onani egalladi. Uning boyligi Forbes Real-Time reytingida 203,4 mlrd dollarga baholanmoqda.

KFC Samarqand filialiga ishga taklif qiladi
28 sentabr 2021, 17:00

KFC Samarqand filialiga ishga taklif qiladi

KFC Samarqandda joylashgan restoraniga ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarni suhbat uchun taklif qilmoqda.

UzAuto Motors yangi Chevrolet Captiva sotuvga chiqarilganini e’lon qildi
28 sentabr 2021, 16:55

UzAuto Motors yangi Chevrolet Captiva sotuvga chiqarilganini e’lon qildi

UzAuto Motors 2022 yilgi yangi Chevrolet Captiva krossoverining to‘rtta komlektatsiyada sotilishi boshlanganini e’lon qildi. Narxlar 192,7 million so‘mdan boshlanadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
28 sentabr 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,88 so‘mga ko‘tarilib, 10 675,61 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

Farg‘onada “Eko shahar” hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i quriladi — Shavkat Mirziyoyev
28 sentabr 2021, 16:07

Farg‘onada “Eko shahar” hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i quriladi — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Eko shahar” barpo etishni taklif qildi. Shaharchada 25 qavatgacha bo‘lgan uylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari, 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bunyod qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting