Hukumat komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Denov shahridagi «savdo majmuasidagi chaqnashda portlovchi moddalar qo‘llanilmagan». Majmua ostidan o‘tgan, biroq, foydalanishda bo‘lmagan quvurning 6 ta joyidan sizib chiqqan gaz bino ichida to‘plangan va portlash yuzaga kelgan. Voqeadan bir kun oldin shahar gaz ta’minoti bo‘limi ushbu uzilmay qolgan gaz quvuri liniyasini tarmoqqa ulagani aytilmoqda.
Shanba kuni ertalabki birja sessiyasi yakunlariga muvofiq, AI-80 markali benzinning narxi 6,3 foizga pasayib, bir tonna uchun — 7,47 mln so‘mni tashkil qildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi BHMning 8500 baravari miqdoridagi — 2,3 mlrd so‘m zaxira mablag‘larini to‘ldirmaganligi sababli uchta xususiy bandlik agentligi litsenziyasini vaqtincha to‘xtatdi.
FVV Denovdagi savdo majmuasida yuz bergan portlash oqibatida jami 226 ta ko‘chmas mulkka 22,6 mlrd so‘mlik zarar yetganini ma’lum qildi. Talofat ko‘rgan binolarning 25 tasi yaroqsiz deb topilgan, shundan 13 ta xonadon egalari boshqa joyga ko‘chirilib, uylari ta’mirlab berilmoqda.
Bananli krambl, qatlamachalar, shokolad va bananli maffinlar, shokolad va yong‘oq solib pishirilgan bananli non, pechenelar va quymoqlar — Zira.uz bananli shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtda ekanligi va prezident Qasim-Jomart Toqayev bilan aloqada bo‘lib turgani aytilmoqda. Uning matbuot kotibi Aydos Ukibayning yozishicha, elboshi barchani Qozog‘iston prezidenti atrofida birlashishga chaqirgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov talabalar uchun qishki ta’til 24 yanvargacha uzaytirilgani ortidan OTMlarda o‘quv haftalari cho‘zilmasligini ma’lum qildi. Yangi kredit-modul tizimi tufayli talabalar ikkinchi semestrda 15 hafta o‘qiydi, ilgari 19−20 haftani tashkil qilgan.
Davlat raqamisiz bo‘lgan Malibu haydovchisi prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mashinaga qarata bir necha marotaba o‘q uzishdi. Haydovchi qo‘lga olingan. U mast holatda bo‘lgani aytilmoqda.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimov davlatga xiyonat qilishda ayblanib, hibsga olindi. U 6 yanvar kuni iste’foga chiqarilgandi.
Navoiy shahrida sayyohlar uchun qiymati 13,7 mlrd so‘mlik «Turizm ko‘chasi» qurilishi boshlandi. Loyihaga ko‘ra, hududga yangi granit toshlari yotqiziladi, piyoda va velosiped yo‘laklari, selfi hududlar, mahalliy aholi va sayyohlar uchun ovqatlanish joylari bunyod etiladi.
Qozog‘iston — O‘zbekistonning uchinchi raqamli yirik savdo hamkori hisoblanadi. Qo‘shni mamlakatdan katta hajmda neft mahsulotlari, don, cho‘yan, po‘lat va boshqa tovarlar import qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun Qozog‘iston avtomobil, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlar eksporti uchun muhim bozor hisoblanadi. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar qanday tuzilganini o‘rganib chiqdi.
Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universitetida tahsil olayotgan 35 nafar talaba Nursultondan Toshkentga qaytarildi.
Mehnat ta’tilidan 2 kunda qaytgan Shavkat Mirziyoyev, nomi oqlangan 120 nafar qatag‘on qurbonlari, O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshlagan Buyuk Britaniya, tuxum eksporti cheklanganini vaqtincha chora deya atagan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, piyodani urib yuborgan avtobus, xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 7 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq — 21,5 tonna oltin sotdi.
O‘zbekiston bo‘ylab bo‘lib o‘tgan Coca-Cola yangi yil tadbirning mehmonlari va tashkilotchilari bayram nimalar bilan esda qolgani haqida so‘zlab berishdi.
21 yanvar O‘zbekiston va Yaponiya milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga Yaponiyada karantin choralari kuchaytirilgani sabab bo‘lgan. O‘FA ayni shu kuni boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib bormoqda.
Olmazor tumanida 43-sonli yo‘nalishdagi «ISUZU» rusumli avtobus svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtash paytida yo‘l chetiga yiqilib tushgan piyodani urib ketdi. Buning oqibatida fuqaro voqea joyida vafot etgan. Piyoda mast holatda bo‘lganligi aytilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qozog‘istondagi tartibsizliklar sababli mamlakatdagi biznes 91 mln dollar zarar ko‘rdi. Zararning asosiy qismi savdo, umumiy ovqatlanish, transport, xizmat ko‘rsatish va moliya sektoridagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan.
Temiryo‘l kassalari oldida yuzaga kelgan navbatlar va tartibsizliklar ortidan — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 11 yanvargacha xarid qilingan chiptalarni almashtirish muddati ham 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» esa «chipta almashtirish uchun qo‘shimcha to‘lovlar olinmasligi va qo‘shimcha poyezdlar ham yo‘lga qo‘yilishini» qayd etdi.
1 yanvardan boshlab xarid chekini «Soliq» mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga xarid summasining 1 foizi qaytariladi. Qaysi xarid cheki haqiqiy hisoblanadi, xarid chekini qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin va keshbekni bank kartasiga o‘tkazish haqida «Gazeta.uz» qo‘llanmasida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting