Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi yo‘lda bir guruh fuqarolar avtobus yo‘lini to‘sib, unga tosh otdi. Samarqand viloyati IIB mojaro haydovchilar yo‘l talashgani ortidan kelib chiqqani va 14 kishiga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganini bildirdi.
Farg‘onada 6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in bo‘yicha prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Achilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga vafot etganlarning oilasi va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish hamda baxtsiz hodisani tekshirib, hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bir guruh shaxslarga “Do‘stlik”, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari va “Shuhrat” medali berildi (ro‘yxat).
Farg‘ona shahridagi 4 qavatli bino yerto‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. 7 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Prezident topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan Hukumat komissiyasi Farg‘onaga jo‘nab ketdi.
Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasida uchta yengil avtomobil to‘qnashib ketdi, bir mashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi jarohatlandi.
Andijon viloyatida yashovchi 30 yoshli shaxs Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani uchun 8 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum etildi. U Turkiyada yashagan paytida bir necha bor Suriyaga o‘tishga uringan, so‘ng O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Baqlajonli yoki qovoqchali ikra, pishirilgan sabzavotlardan tayyorlangan qayla, uyda tayyorlangan lecho, qishga sabzavotli aralashmalarni muzlatib qo‘yish usuli va boshqalar — Zira.uz qish mavsumi uchun sabzavotli salatlar retseptlarini taqdim etadi.
Toshkentda 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini kesib o‘tayotgan 17 yoshli piyodani urib yubordi. O‘smir vafot etgan.
O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaning uyidan 680 ming dollarlik qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangani bo‘yicha 4 kishi ayblanmoqda. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
28-iyul kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Pskem daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikroGESning ochilishi marosimi tashkil etildi.
“Global isish davri tugadi, global qaynash davri kirib keldi”, — deya ma’lum qildi BMT rahbari. Meteorologlarning fikricha, joriy yilning iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ladi. Bu oyda eng issiq uch hafta va eng issiq uch kun qayd etildi.
YHXBB “dislokatsiya”dan voz kechadi, deya ma’lum qildi prezident. Ularning ko‘chalarda patrullik qilishni boshlash-boshlamasligiga aniqlik kiritilmadi. Hokimliklarga yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun maslahatchilarni jalb etish topshirildi. Prezident yer usti va yerosti o‘tish joylari masalasini ham tilga oldi.
Bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qilgan prezident, ishdan olingan mutasaddilar, Abduqodir Mo‘minov sudi, nashida sabab 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm o‘zgartirilgani, shoshilinch murojaatlar uchun yagona 112 raqami va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkentdagi korxonalardan birida direktor bo‘lib ishlayotgan muallifimiz Vladimir Srapionov “O‘zgalar qarzining og‘irligi” ruknida ortiqcha to‘langan QQSni qaytarish bilan bog‘liq noaniq vaziyat mavzusini davom ettiradi.
Toshkentda ayol kishining jasadi topilgan lift nosoz bo‘lgan, deb xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi elektr ta’minotidagi uzilish tufayli lift to‘xtab qolganini ma’lum qildi. “RES” esa elektr o‘chirilmaganini bildirdi. Lift ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lgan.
Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi nashida tufayli 3 yilga qamalgan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirdi. Jahongir Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.
Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sudning ikkinchi kunida 8 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi. Bloger murojaatchilarning muammosini yoritish uchun pul olganiga izoh berar ekan, “tekin ishlasak, qanday ishlaymiz?” dedi. Ayblanuvchining onasi esa hozircha sud ishidan qoniqish hosil qilayotganini aytmoqda.
Markaziy bank raisi bank va qarzdorlar munosabatlarini tartibga soluvchi tavsiyalardan asosiy maqsad bankirlarning ishdan tashqari vaqtida ishlamasligini ta’minlash ekanini ta’kidladi. Shuningdek, regulyator rahbari muammoli qarzlar bilan ishlash bo‘yicha eng samarali tizimlardan biri Rossiyaniki ekanini aytdi.
Farg‘ona viloyatida og‘ir jinoyatlarning 20 foizini, o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini esa aynan Qo‘qonda yashovchi voyaga yetmaganlar sodir etgan. Prezident bu butun respublika bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich ekanini aytdi.
Prezident qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida “Sport shifokori” va “Sport diyetologiyasi” bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari joriy etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida tashkil etilgan tibbiyot fakulteti TTAning Chirchiq filialiga aylantiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting