Qozog‘istonda terrorizmda gumon qilinib ushlangan qirg‘izistonlik musiqachi Vikram Ruzaxunov ozod etildi. U hozirda Bishkekga olib ketilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda qishki ta’til uzaytirilgan muddatda o‘qituvchilar va xodimlarning oylik maoshi to‘liq to‘lab berilishini ma’lum qildi. Qolaversa, yozgi ta’tilga chiqish vaqti o‘zgarmaydi, uchinchi chorak o‘quv kunlari 1−4-sinflarda 9 kun, 5−11-sinflarda 11 kunga qisqaradi, darslar esa tig‘izlashtirib o‘tiladi. Ta’til kunlari o‘quvchilarni maktablardagi to‘garaklarga jalb etish taqiqlanadi.
To‘dako‘l suv havzasida qora niqobdagi nazoratchi inspektorlar va baliqchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Viloyat IIB formadagi shaxslar «Ichki ishlar xodimi emasligi va egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda rezina tayoqlarni qayerdan olgani» o‘rganilayotganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan JKning bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida beg‘araz yordam sifatida 500 ming dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi.
O‘zbekistonda yakshanba kuni deyarli 390 kishida koronavirus aniqlandi, 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni mamlakatdagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya izhor etdi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi nodavlat ta’lim muassasalariga qishki ta’tilni 24 yanvarga qadar uzaytirishni, ushbu muddat ichida esa o‘quvchilarning onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar va turli tanlovlarda ishtirokini ta’minlashni tavsiya qildi. Qolaversa, ushbu davr uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaslik so‘raldi.
O‘zbekistonga Belarus va Ukrainadan import qilinadigan go‘shtni yetkazib berish kechikmoqda. Bu ko‘plab yuklar uchun tranzit yo‘lagi hisoblangan Qozog‘istondagi inqiroz bilan bog‘liq. «Gazeta.uz» bilan suhbatda bo‘lgan uch tadbirkor yetkazib berishdagi uzilishlar narxlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.
Surxondaryoning Boysun tumanida kechasi kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Bu va boshqa hududlarda yer osti silkinishlari kuchi 2 dan 3 ballgachani tashkil etdi.
Qirg‘iziston TIV qozoq telekanallarida qirg‘iz musiqachisi Vikram Ruzaxunov pogromlar qatnashchisi sifatida ko‘rsatilgani uchun Qozog‘istonga norozilik notasini yubordi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari uning terrorchi emasligini ma’lum qildi. Prezident Sadir Japarov ham vaziyatga izoh berdi.
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini tugashi bilanoq kunlik koronavirus holatlarida yana keskin o‘sish kuzatildi. 8 yanvar kuni pandemiya boshidan buyon qish mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, keyinroq mamlakatda omikron shtammi aniqlangani aytildi. Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus to‘lqinlari asosan bahorning oxirida boshlanib, qishgacha davom etayotgan edi.
SSV 7 yanvar kuni O‘zbekistonga kirib kelgan chet el fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. 8 yanvar holatiga COVID-19 bilan kasallanish holatlari rekord darajada qayd etilib (369 ta holat), umumiy kasallanishlar soni 200 mingdan oshdi.
COVID-19`ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Barcha tashkilotlarga xodimlarni faqat emlanganidan keyin ish joyiga kiritishga ruxsat beriladi. Davlat organlariga har qanday tadbir o‘tkazish taqiqlanadi. Aholini to‘liq emlash jarayoni jadallashtiriladi.
Turkmaniston prezidenti 50 yildan ko‘proq vaqtdan beri yonib turgan «Do‘zax darvozasi» gaz kraterini so‘ndirishni buyurdi.
O‘zbekistonda bir oyda kishi boshiga minimal iste’mol xarajatlari 13,2 foizga oshib, 498 ming so‘mni tashkil etdi. Minimal iste’mol xarajatlarining oshirilishi natijasida ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdorlari ham kamida shu summaga yetkazilishi kutilmoqda.
XTV maktablarda qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi. Mazkur qaror maktab rahbarlari va pedagoglar uchun yangi Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish maqsadida qabul qilindi.
Prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmasdan Malibu`ga qarshi o‘qotar qurol ishlatilgani, narxi azonlashgan AI-80 benzini, O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmaganini aytgan Nurmat Otabekov, Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi, Qozog‘istondagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 8 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonda yanvar oyi boshidan beri 10 mingdan ortiq iste’molchi 100 mingga yaqin xarid chekini keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi. Fuqarolarda yig‘ilgan keshbek summasi esa 941 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanmagan. «Biroq, ortiqcha xotirjamlikka berilish ham yaramaydi… Yangi shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas», — dedi u.
Hukumat komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Denov shahridagi «savdo majmuasidagi chaqnashda portlovchi moddalar qo‘llanilmagan». Majmua ostidan o‘tgan, biroq, foydalanishda bo‘lmagan quvurning 6 ta joyidan sizib chiqqan gaz bino ichida to‘plangan va portlash yuzaga kelgan. Voqeadan bir kun oldin shahar gaz ta’minoti bo‘limi ushbu uzilmay qolgan gaz quvuri liniyasini tarmoqqa ulagani aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting