O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Qozog‘iston xalqi beqarorlik avj olishining oldini olishga, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqishiga ishonadi, deyiladi TIV bayonotida.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat Xavfsizlik kengashiga raislik qilishni boshladi, Nursulton Nazarboyev ushbu lavozimga bir umrga tayinlangan edi. Toqayev kengash raisi sifatida iloji boricha qattiqqo‘llik bilan harakat qilishini ma’lum qildi. «Bu menga o‘zlari va oilalarining hayotlarini himoya qilishni so‘rab murojaat qilayotgan fuqarolarimizning xavfsizligi masalasi», — dedi u. Prezident poytaxtda qolib, tez orada Qozog‘istonni siyosiy transformatsiya qilish bo‘yicha yangi takliflarni taqdim qilishini ta’kidladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,67 so‘mga pasayib, 10 812 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab binolar yoki avtomashinani ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari Kengashlari stavkalariga oshirish koeffitsiyentlarini qo‘llash huquqini saqlab qoldi.
Endilikda ichki ishlar bo‘limlaridan tashqari, ayrim davlat xizmatlari markazlarida ham xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin. Yil oxiriga kelib, bunday imkoniyat barcha DXMlarda paydo bo‘ladi.
1-maydan beri 2848 nafar yoshlarga xalqaro imtihonlar uchun xarajatlari kompensatsiya qilindi. Bunda jami 5 mlrd 218 mln so‘mdan ortiq xarajat qoplab berilgan. Kompensatsiya olganlarning qariyb 92% IELTS imtihonini topshirgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kompensatsiya Toshkent shahri yoshlariga to‘langan.
Buxoro viloyatida yangi 270 MVt quvvatga ega gaz porshenli IESning birinchi energiya bloki ishga tushirildi. IES Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi tomonidan DXSH asosida qurilgan.
«Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati avvalgi tuzum qulashi chog‘ida O‘zbekiston va Tojikistonga olib ketilgan vertolyotlarni qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Sobiq afg‘on uchuvchilari va rasmiylari qo‘shni davlatlarga 40 dan ortiq vertolyotni olib qochganligi aytilmoqda.
2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oshgan.
«Uzbekistan Airways» kompaniyasi Oqtovga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu Oqtov xalqaro aeroportining xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi bilan bog‘liq.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish tartibi bekor qilinishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, aprel oyigacha “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar joyida tekshirilishi ko‘zlangan. Strategiya loyihasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklar haqida xabar berish va ro‘yxatga olish uchun “Ye-huquqbuzarlik” yagona axborot tizimini tashkil etish ham taklif etilgan.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat hukumatining iste’fosini qabul qildi. Mangistau viloyati va Olmaota shahrida favqulodda holat joriy etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.
Qozog‘iston prezidenti mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari ortidan Olmaota shahri va Mangistau viloyatida ikki haftalik favqulodda holat joriy qildi.
Qozog‘iston prezidenti vatandoshlariga yo‘llagan videomurojaatida namoyishlar ishtirokchilarini «aql bilan ish ko‘rishga, ichki va tashqi ig‘volarga berilmaslikka, mitingchilar va o‘zboshimchaliklar eyforiyasiga uchmaslikka» chaqirdi. «Hukumat qulamaydi. Biroq, bizga mojaro emas, o‘zaro ishonch va muloqot kerak», — dedi u.
«Gazeta.uz» manbalari va Qozog‘istondagi OAVlar mamlakatda bir qator ijtimoiy tarmoqlar ochilmayotganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda esa norozilik namoyishlari davom etmoqda. Prezident Qasim-Jomart Toqayev namoyishchilardan «buzg‘unchi shaxslarning chaqiriqlariga ergashmaslikni» so‘radi va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi talablarni ko‘rib chiqishga va’da berdi.
O‘zbekiston temir yo‘llari Samarqandda 31 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan avtomobil-tramvay tunneli devorlaridan suv sizib chiqayotganiga izoh berdi. Ta’kidlanishicha, bu lotoklar tiqilishi oqibatida yuzaga kelgan. «Tunnel devorlari orasidan suv o‘tishi yo‘l o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy ta’sir etmaydi», — deyiladi xabarda.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qayta tashkil etilishi kutilmoqda. Endi u Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor bo‘ladi. Qolaversa, 2022 yilda Axborot kodeksi ham ishlab chiqiladi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti esa AOKA tarkibiga o‘tkaziladi.
Qozog‘iston hukumati Janaozen va Aqtau shaharlarida namoyishga chiqqan avtomobil egalari talabiga ko‘ra suyultirilgan gaz narxini litri uchun 50 tengega tushirishga rozi bo‘ldi.
2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting