O‘zbek futbolining yil yakuniga bag‘ishlangan «Uz Football Awards-2021» marosimida Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi», Dilshod Rahmatov «Yilning eng yaxshi futzalchisi» va Dildora Nozimova esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi tafsilotlari va sovrindorlar bilan suhbat — «Gazeta.uz» reportajida.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi va nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, majmuada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga yiliga 500 mln dollarlik import o‘rni qoplanib, 200 mln dollarlik eksport va 2 trln so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,42 mlrd dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi. Shuningdek, u O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga ham tasdiqlandi.
Buxoro viloyati Xalq ta’lim boshqarmasining «Yoshlik» sport jamiyatiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinib, natijada ulardan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirish ko‘zda tutilgan. Prokuraturaning aralashuvidan so‘ng, buyruq bekor qilindi.
Farg‘ona shahri hokimi Mirzoxid Ubaydullayev iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti, norin, gril tovug‘i, gaz pechida pishirilgan qo‘y kuragi, qozonda pishirilgan lo‘la-kabob — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Omikronnin 110 mamlakatda aniqlangani, Janubiy Koreyada hukumat sobiq prezident Pak Kin Xeni afv qilgani, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina bilan chegarada to‘planayotgani, Saudiya Arabistonining Yaman poytaxtiga hujum uyushtirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shveysariya bankidagi muzlatilgan $70 mlnni qaytarib olayotgan Gulnora Karimova, Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘rtasida qurilayotgan yangi magistral yo‘l, QQS imtiyozlari muddati uzaytirilayotgan oziq-ovqatlar, o‘z Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni reja qilayotgan UzAuto Motors, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ta’mirtalab bo‘lib qolgan yangi yo‘llar va Yangi yilga narxi oshayotgan taksilar — «Gazeta.uz» ning 24 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 280 kilometrlik yangi avtomobil va temir yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yo‘lning Markaziy Osiyo davlatlarini Qozog‘istonning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari orqali Rossiya bilan birlashtirishi kutilmoqda
Turli hududlardan Toshkentda tahsil oluvchi talabalar Yangi yil ta’tilidan oldin uylariga samolyot, poyezd, avtobus va yengil mashinalarda yetib olishadi. «Gazeta.uz» Toshkentdan O‘zbekistonning olis hududlaridan bo‘lmish Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga qaysi transport turlariga chiptalar qolganligi va taksilar narxi qanchagacha oshishi mumkinligini o‘rgandi.
Buyuk Britaniyaning Metito Utilities Limited kompaniyasi Namangan shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Loyiha qiymati 90 mln dollarga baholanmoqda. obyektdan erkin foydalanish uchun davlat yiliga 9 mln dollar to‘laydi.
«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida respublika bo‘ylab tanlab olingan 40 ta eng istiqbolli startap loyihalari g‘oliblariga «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasidan 1 mlrd so‘m, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qo‘shma loyihasi tomonidan esa 100 ming dollar grant mablag‘lari ajratildi.
DXX Andijon viloyatida avval «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan, biroq, ozodlikka chiqqach ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda davom etgan 12 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi maktabdagi ta’mirlash ishlarini bajarilgani haqidagi dalolatnomani tasdiqlatib berish evaziga tadbirkordan 2000 dollar olganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,02 so‘mga pasayib, 10 798,23 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
O‘zbekiston ipoteka kreditlarini olish bo‘yicha reytingda 111 davlat ichida 104-o‘rinni, MDHda esa oxirgi pog‘onani egalladi.
Sirdaryo viloyati hokimi farmoyishiga ko‘ra, Sardoba toshqini oqibatiida zarar ko‘rgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, ta’mirlash ishlari uchun respublika budjetidan 4,4 mlrd so‘m ajratildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, fizik olim Temurbek Usmonov 79 yoshida vafot etdi. U dunyoda ilk bor quvvatli lazer nurlanishlarining eng katta samaradorlikdagi garmonikalari va yorug‘likning eng yuqori darajadagi parametrik generatsiyalarini olishga erishgan edi.
Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab havo sovishi, kechalari temperatura -8 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Shanba kuni yomg‘ir yog‘adi, yakshanba kuni esa yomg‘ir qorga aylanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting