Sharof Rashidov tumanida yashovchi T.M. fuqaro Sh. A.dan xotinini rashk qilib unga pichoq urgan holda o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Anvar Karimov Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Asaka tumanida «Lasetti» va «Moskvich» to‘qnashuvi natijasida ikki kishi vafot etdi.
Kuala-Lumpurda o‘tkaziladigan, OFKning yangi rahbari saylanadigan kongressda Umid Ahmadjonov ham qatnashadi.
Samarqandda YHXX xodimlariga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi yo‘l posbonlari xizmat faoliyatini boshladi.
Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkentning Yashnobod tumanida Spark haydovchisi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi. Andijon viloyatida ham YTH sodir bo‘ldi, unda ikki kishi halok bo‘ldi.
DSQ raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev taksi bozorining qonuniylashtirilishi O‘zbekiston YAIMning eng kamida 0,1 foizga o‘sishiga olib kelishini ma’lum qildi.
Murodilla Eshmatov Xalq banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.
Yens Yordan va Durdona Kulmatova — Toshkentning 1920−30-yillardagi me’moriy merosi namunalari va bu yil o‘zining 100 yilligini nishonlaydigan Germaniyaning Bauxaus universiteti o‘rtasidagi bog‘liqlar haqida.
Nukusda O‘zbekistonda birinchi 150 o‘rinli reabilitatsion maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. U haftasiga besh kun sutka davomida bepul ishlaydi va ikki yoshdan bolalarni qabul qiladi.
Toshkent viloyatida uyali aloqa operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan fuqaro qo‘lga olindi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yili 302 mln dollarga oshib, avvalgi yilga nisbatan 70 foizga ko‘paydi.
Respublikaning to‘rt viloyatida ko‘p miqdorda yomg‘ir natijasida odamlarning tomorqasiga suv kirishi holati kuzatilgan bo‘lsa-da, favqulodda vaziyat qayd etilmadi.
Byudjetga soliqlarning tushishi bilan bog‘liq prognozlar bajarilmagani sababli prezident Shayxontohur tumani hokimini vazifasidan ozod qildi.
Prezident imzolagan qonun bilan Yer kodeksiga yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 85-o‘rindan joy oldi.
«Toshkent bo‘ylab 21 km» xayriya aksiyasi mototuristik mavsumni ochib beradi.
«Karomatoy ipakchi» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, 45 yoshli I.T. mast holatda rafiqasini urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq holatlarni fosh etishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting