Arxiv

Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
3 iyul 2021, 14:52

Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar afg‘on mojarosi hamda mintaqada tez muddatlarda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralarni muhokama qilishgan.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov televideniyedagi jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi
3 iyul 2021, 12:34

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov televideniyedagi jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning sessiyasida jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.

«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva
3 iyul 2021, 12:30

«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.

Zangiotada 2 ming kishilik kasalxonada 2,5 mingdan ortiq koronavirus bemori davolanmoqda
3 iyul 2021, 12:23

Zangiotada 2 ming kishilik kasalxonada 2,5 mingdan ortiq koronavirus bemori davolanmoqda

Zangiotadagi koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlar bilan to‘ldi. 2 ming kishiga mo‘ljallangan kasalxonada ayni vaqtda 2550 nafar bemor davolanmoqda.

2 iyul kuni O‘zbekistonda 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 482 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi
3 iyul 2021, 11:36

2 iyul kuni O‘zbekistonda 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 482 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Kecha O‘zbekistonda 482 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Nima uchun kovidga qarshi ommaviy emlash klinik sinovlar yakuniga yetmasdan boshlandi?
3 iyul 2021, 10:35

Nima uchun kovidga qarshi ommaviy emlash klinik sinovlar yakuniga yetmasdan boshlandi?

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdikulova «Gazeta.uz»ga nima sababdan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetmasdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborilgani hamda pereparatning samaradorligi qay darajada ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Nima tayyorlaymiz: sovuq desertlar
3 iyul 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: sovuq desertlar

«Oreo» va tvorogli tortlar, «Kartoshka» pirojniysi, shokoladli muss va chizkeyk — Zira.uz pishirishni talab etmaydigan sovuq desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Ishqilib, Telegram`ni bloklab qo‘yishmasinda». Twitter va Telegram foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar cheklangani haqida
3 iyul 2021, 09:42

«Ishqilib, Telegram`ni bloklab qo‘yishmasinda». Twitter va Telegram foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar cheklangani haqida

O‘zbekistonda Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish cheklandi. «Gazeta.uz» Twitter va Telegram foydalanuvchilarining ushbu holat yuzasidan bildirgan ayrim fikr-mulohazalarini taqdim etadi.

Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi
3 iyul 2021, 09:15

Germaniya harbiylari Afg‘onistonni tark etdi

30 iyun kuni Germaniya askarlarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni tark etdi. GFR mudofaa vaziri buni «muhim tarixiy voqea» deb atadi. «Biz Afg‘onistondan tezda yevropacha namunadagi davlatni yarata olamiz, degan noto‘g‘ri taassurotni uyg‘otdik», — dedi u. Vazir shuningdek, NATO ittifoqdoshlari Afg‘onistonga boshqa yo‘llar orqali yordam berish haqida bosh qotirayotganini ham ma’lum qildi.

«Ota-onalarini kiritsak ham, davlat xizmatchilari „tirqish“ topadi». Akmal Burxonov — deklaratsiyalash tizimi haqida
3 iyul 2021, 08:24

«Ota-onalarini kiritsak ham, davlat xizmatchilari „tirqish“ topadi». Akmal Burxonov — deklaratsiyalash tizimi haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Qashqadaryoda bemordan 5000 so‘m so‘ragan feldsher ishdan bo‘shatildi
2 iyul 2021, 23:54

Qashqadaryoda bemordan 5000 so‘m so‘ragan feldsher ishdan bo‘shatildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatildi.

O‘zbekistonda aholining 2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
2 iyul 2021, 23:42

O‘zbekistonda aholining 2 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Uch oy ichida O‘zbekistonda, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 685,5 ming kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu doimiy aholining (33,9 million) 2 foizi yoki 19 yoshdan katta bo‘lgan aholining 3,1 foizi demakdir. Avvalroq iyunga qadar aholining 60 foizi emlanishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 iyul 2021, 21:36

Jahon yangiliklari dayjesti

AQShda federal darajada o‘lim jazosiga moratoriy joriy etilgani, Parijdagi «Sharl-de-Goll» aeroportida ish tashlash, Braziliya parlamentining ayollarga nisbatan psixologik zo‘ravonlikni jinoyat deb tan olgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Payariqda Damas avtobusga urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
2 iyul 2021, 20:50

Payariqda Damas avtobusga urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Samarqand viloyati Payariq tumanidan o‘tuvchi yo‘lda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobusning yo‘liga, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas avtomashinasi chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

2 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 iyul 2021, 20:30

2 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda koronavirus bemorlari uchun taqsimlash markazlari qayta ochilishi, Abdulaziz Kamilovning AQShga tashrifi, poytaxtda bog‘lar, yashil hududlar va xiyobonlar soni ko‘paytirilishi, O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklanishi — “Gazeta.uz"ning 2 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joylar bir chorakda 5,7 foizga qimmatlashdi
2 iyul 2021, 19:25

O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joylar bir chorakda 5,7 foizga qimmatlashdi

Ikkilamchi bozorda uy-joylar narxi II chorak davomida o‘rtacha 5,7 foizga ko‘tarildi. Narxlar eng ko‘p Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qimmatlashdi, barcha oldi-sotdi shartnomalarining uchdan biri esa Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtdagi ko‘chmas mulk narxlari aholi jon boshiga daromadi yuqoriroq bo‘lgan dunyoning boshqa poytaxt-shaharlaridan balandroq, deyiladi MB mutaxassisi sharhida.

O‘tgan 6 oy ichida eng ko‘p chaqaloq Samarqandda tug‘ilgan
2 iyul 2021, 19:16

O‘tgan 6 oy ichida eng ko‘p chaqaloq Samarqandda tug‘ilgan

2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 ming 258 ta tug‘ilish qayd etilgan. Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish bo‘yicha Samarqand, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan

O‘zLiDeP logotipini o‘zgartirmoqda
2 iyul 2021, 18:49

O‘zLiDeP logotipini o‘zgartirmoqda

O‘zLiDeP partiyani rebrending qilish doirasida o‘z logotipini o‘zgartirmoqda.

Toshkent viloyatida 80 sotix yerni 450 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
2 iyul 2021, 18:35

Toshkent viloyatida 80 sotix yerni 450 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dam olish maskani qurish uchun mo‘ljallangan 80 sotix bo‘sh yer maydonini 450 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 9000 ga yaqin afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg
2 iyul 2021, 17:44

AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 9000 ga yaqin afg‘onlarni vaqtincha qabul qilishni so‘radi — Bloomberg

AQSh O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondan AQSh harbiy kuchlari bilan ishlagan va hozirda «Tolibon» qasosidan qo‘rqayotgan 9000 ga yaqin afg‘onistonliklarni vaqtincha qabul qilishni iltimos qilib murojaat qildi, deb yozadi Bloomberg.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting