Qoraqalpog‘istonda to‘rt kishi «Qizil kitob» ga kiritilgan 14 ta jayron va 5 dona yovvoyi qo‘yonni ovlagani aniqlandi. Ular tabiatga 190 mln so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 16,5 foiz va 15,6 foizgacha oshdi. Respondentlar yoqilg‘i narxlarining oshishi va so‘mning qadrsizlanishini umumiy narxlar darajasining kutilayotgan o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida keltirmoqda.
Belarus sudi muxolifatchi Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘iga 18 yil qamoq jazosi belgilagani, Fransiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanganlar soni 130 nafardan oshgani, Moskvada oxirgi 32 yillikdagi eng kuchli qor yog‘gani, Janubiy Sudanda 89 kishining noma’lum kasallikdan vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident yaqinda Denovda ro‘y bergan portlash tafsilotlarini televideniye orqali batafsil ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. «Yashiradigan O‘zbekiston emas hozir», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning qo‘shimcha qilishicha, bundan buyon viloyatlar hokimlari shu singari holatlarning oldini olish uchun javobgarlikni shaxsan o‘z zimmasiga oladi.
Rossiyadagi mehnat migrantlari topayotgan daromad,"Qo‘yliq" ma’muriyatining bozor buzilishi haqidagi xabarlarni rad etgani, o‘zbekistonlik sportchining Moskvadagi turnirda ommaviy janjalga sabab bo‘lgani, prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmagani, «O‘zbekiston pochtasi» rebrendingni boshlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning 14 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.
SSV tibbiyot sohasidagi muammolar tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan, professional va ijodkor kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq, deb hisoblaydi. Shuni hisobga olib, vazirlik markaziy apparati xodimlarining 40 foizi ishdan bo‘shatildi. Ularga quyi bosqichdagi tibbiyot muassasalarida ishlash taklif qilindi. Kadrlar islohoti vazirlikning boshqa bo‘g‘inlariga ham ta’sir qiladi.
«Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.
«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi rebrending jarayonini boshlaganini ma’lum qildi. Kompaniya pochta uchun yangi logistika tizimini, o‘zining marketpleysi va to‘lov tizimlarini joriy qilgan. Endilikda mijozlar o‘z jo‘natmalarining holatini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Brendning yangi nomi, pochta mijozlari uchun yaratilgan qulayliklar, kutilayotgan o‘zgarishlar haqida «Gazeta.uz» reportajida.
Sirdaryoda otasining fermer xo‘jaligi yeridan 5 gektarni va uning atrofidagi hujjatsiz yerdan yana 15 gektarni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 845 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
«Tolibon» harakati vazirlar va boshqa rasmiy shaxslarga Tashqi ishlar vazirligi ruxsatisiz xorijiy diplomatlar bilan uchrashishni taqiqladi.
2020 yil fevral oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan qariyb 2 milliard so‘m undirilgan edi. Departament bu pullarni Ekologiya davlat qo‘mitasiga o‘tkazishi kerak edi, biroq haligacha o‘z hisobida saqlab kelmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘z postini o‘chirib tashladi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan WEF ligasi turnirida o‘zbekistonlik sportchi jang boshlanmasdan oldin qirg‘izistonlik raqibiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi.
President brendi assortimentini kengaytirib, xaridorlarni sifatli pishloq, sariyog‘, qaymoq va tvorog bilan ta’minlamoqda.
Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.
MAGATE yo‘riqnomasi asosida O‘zbekiston AES obektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqildi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, AES direktori energetika sohasida rahbarlik lavozimlarida 8 yillik mehnat staji, AESda 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lish talab etiladi.
“Qo‘yliq” dehqon bozori direktori o‘rinbosari Qodirjon Normirzayev bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini, shu bois u buzilmasligini ma’lum qildi. Biroq, sotuvchilar va ishchilar Food City`ga ko‘chish, aks holda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirish xatlarini olishgan. Ma’muriyat esa bundan xabari yo‘qligini aytmoqda.
Korrupsiya odamlarning rahbarlar va muassasalarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, tengsizlikni kuchaytiradi va barchaga zarar yetkazadi, deya ta’kidladi BMT bosh kotibi Misrda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Kuchli qor yog‘ishi tufayli transport harakati vaqtincha cheklangan Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovoni seshanba kuni ertalabdan qayta ochildi.
Rossiya migrantlar federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik daromadi 47,1 ming rublni (6,9 mln so‘m) tashkil etadi. Rus tilini bilish darajasiga qarab, ish haqi 12 ming rublgacha farq qilishi mumkin. Migrantlar uchun qurilish hamda transport-logistika tarmoqlari eng daromadli deb topilgan. Eng kam ish haqi esa qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan muhojirlarga to‘lanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting