Transport vositasi salonining old qismiga monitor o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi. Biroq, harakat vaqtida ulardan dasturlarni tomosha qilishda foydalanish taqiqlanganicha qolmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,49 so‘mga pasayib, 10 776,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Poytaxt IIBB Turin politexnika universitetining 18 yoshli talabasi o‘ldirilishiga oid voqea tafsilotlari yuzasidan ma’lumot berdi. Voqea aslida muassasaning 1 kurs talabalari o‘rtasidagi mojaroga aralashish oqibatida kelib chiqqani aytilmoqda. Talabaning o‘limi yuziga tushgan zarba va buning oqibatida miyada qon quyilishi sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi qoshida arxeologik topilmalarni o‘rganish va tiklash bo‘yicha bo‘yicha birinchi laboratoriya ishga tushirildi. Loyiha Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Apelsin mobil ilovasi ikki yoshga to‘ldi va buning munosabati bilan aksiya bo‘lib o‘tmoqda. Aksiyada beshta iPhone 13 smartfoni va boshqa qimmatbaho sovg‘alar yutib olish mumkin.
Respublika maxsus komissiyasi o‘zbekistonliklarga yangi yil bayramini oila davrasida nishonlashni tavsiya etdi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Italiya, Misr va boshqa ayrim davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelayotganlar o‘n kun davomida majburiy uy karantini yoki o‘z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi. Xorij davlatlaridan mamlakatga keluvchilarning barchasi koronavirusga PZR test natijasi manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnomaga ega bo‘lishi lozim.
Koronavirusning yangi «omikron» shtammi O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish uchun Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatildi. Mazkur davlat fuqarolari va so‘nggi 2 hafta ichida ushbu davlatlarda bo‘lganlar O‘zbekiston hududiga kiritilmaydi.
Haydovchilarning yonida pasport (ID-karta) mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan haydovchilik guvohnomasi, texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini olib yurish talab etilmaydi. O‘zgartishlar 3 oydan keyin — 1-martdan kuchga kiradi.
Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 1,9% ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8% ga, aholiga pullik xizmatlar narxlari 0,5% ga qimmatlashdi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Ukraina fuqarosi asos solgan Golden cash store xorijiy korxonasini moliyaviy piramida tashkil etganlikda ayblamoqda. Tergovga ko‘ra, gumondor oltin va kumush mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali uning sotuvidan yillik 260 foiz daromad ko‘rishni taklif qilgan. Foizlar esa yangi mijozlar hisobidan to‘lab berilgan.
Shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolariga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Ushbu masalani hal etish uchun muftiy Nuriddin Xoliqnazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
O‘zbekistonda valyuta boyliklarini noqonuniy ravishda sotib olish yoki o‘tkazish uchun belgilangan jazo choralari yumshatildi.
O‘zbekistonda haydovchilarga harakat vaqtida quloqchin va qo‘l ishlatmasdan muloqot olib borish imkonini beruvchi boshqa qurilmalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi. O‘zgarishlar 1 dekabrdan kuchga kirdi.
2022−2026 yillarda 740 MVt quvvatga ega 21 ta yirik GES loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Qishloqlarni elektr energiya bilan ta’minlash uchun esa 22 ta maydonda 5 MVtlik mini GESlarni qurish ko‘zda tutilgan.
Ukraina bosh vazirining Rossiyani davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ayblagani, Turkiyada Fathulloh Gyulenning 137 nafar tarafdori hibsga olingani, Barbadosning respublikaga aylangani, Qozog‘iston 6 oy muddatga qoramol eksportini cheklagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Milliy gvardiyaning qonun va tartibni himoya qilish vakolatlari kengaytirilishi, noyabr-dekabr oylarida yetkazib berilishi kutilgan UzAuto Motors avtomobillari 2 oyga kechikishi, Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni “qora bozor"dan valyuta ayirboshlaganini qoralashi — “Gazeta.uz"ning 30 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — Amerikadagi tadqiqotchi Saidaziz A’zamov. Biz undan nega Amerikaga ketgani, xorijdagi vatandoshlardan vatanda nimalar kutishlari, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning quyi Amudaryo biosfera rezervatida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 30 noyabrning tongiga kelib to‘liq o‘chirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmonning 30−35 gektar maydoni zarar ko‘rgan. Yong‘in boshlangan hududda chodirlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi.
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva BMT Ayollar qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Al-Yosir bilan uchrashdi. Unda Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochish taklifi ilgari surildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting