Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqoti shafeligida mintaqa davlatlari tadbirkor ayollari Diskussion klubining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Pfizer» farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burla, Amazon bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, TikTok bosh direktori Vanessa Pappas va boshqalar 2021 yildagi eng nufuzli odamlarning Top-50 taligidan o‘rin egalladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Nur-Sultonga jo‘nab ketdi.
Jizzax viloyatining Gagarin shaharchasida 75 tup daraxt atrofi betonlab chiqildi. Ushbu holat tanqidlar ostida qolib ketganidan so‘ng ular atrofi betondan tozalandi, biroq bu yangi savollarni keltirib chiqardi. Daraxtlar tubini asfaltlash va betonlash amaliyoti uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda va oxiri tugamaydiganga o‘xshaydi. Ekopartiya birgina jarima bilan muammo hal bo‘lmasligini ma’lum qildi. Daraxtlar keyinroq qayta o‘tqazildi.
28 yoshli ayol Andijon davlat universitetiga talabaning oila a’zosi sifatida ota-onalar majlisiga kelgan. Shunda u binoning 4 qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi oqibatida ta’mirlanyotgan zinalardan yurgan va pastga yiqilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Bugun ob-havo o‘zgarib turishi ma’lum qilindi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi.
Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida yuzlab filmlar va seriallarga ovoz bergan.
Prezident farmoniga binoan, hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi. Shuningdek, hukumat bir oy muddatda hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
Satsebeli, pomidorli qayla va chashushuli, osiyocha usulda pishirilgan va sabzavotlar bilan dimlangan go‘sht — Zira.uz mol go‘shtidan tayyorlanadigan noodatiy taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
COVID-19 omikron shtammining 38 ta davlatda aniqlangani, AQShning avtoritar rejimlar kuzatuv va repressiya uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar eksportini cheklayotgani, «Tolibon»ning ayollar huquqlari bo‘yicha maxsus farmon chiqargani, Sadir Japarovning deputatlar oyligini pasaytirib, xizmat mashinalaridan mahrum qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Har yili 3 dekabrda Xalqaro nogironlar kuni nishonlanadi. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish ular uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadi. Biroq O‘zbekistonda bunday emas. «Gazeta.uz» Toshkentdagi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar maxsus maktabi joylashgan eng tajovuzkor chorrahalardan birida ko‘zi ojizlar ko‘chani kesib o‘tishda qanday muammolarga duch kelishini o‘rgandi.
Markaziy bank O‘zbekistonda 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar yangi ko‘rinishda chiqarilishini tasdiqladi. Banknotalar yangi dizaynda chikariladi va xafsizligi kuchaytiriladi.
O‘zbekistonda blokpostlar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilingani, korrupsiyani sodir etganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilgani, elektr energiyadagi o‘chishlar Toshkentda yana suv ta’minoti uzilishiga sabab bo‘lgani, Toshkent havosining ifloslanish darajasi yana keskin ko‘tarilgani — «Gazeta.uz»ning 3 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Korrupsiyaga qarshi kurashishi agentligining xabar berishicha, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga davlat xizmatida sovg‘a olish-berish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Sovg‘a siyosati» nomli alohida bob kiritildi. Shuningdek, agentlik direktori Akmal Burhonov Toshkent shahar hokimligiga Mercedes-Benz sovg‘a qilinishida qonun buzilishi holati bo‘lmaganini aytdi.
Endilikda davlat hisobidan bajariladigan qurilishlarda bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligida respublika hamda viloyat shtablari tuziladi. Bu orqali qurilish narxlarini asossiz oshirish, tasdiqlangan loyihalarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish nazoratga olinadi.
Sud Kattaqo‘rg‘on viloyati soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining o‘limida yo‘l-patrul xizmatining ikki sobiq xodimini aybdor deb topdi. Har biriga 2 yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
AQSh elchixonasida joylashgan havo tozaligi nazorat stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent havosining ifloslanish indeksi 3 dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra rekord — 190 darajani tashkil qilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Latipova Ziyoda Baxromovna tomonidan Toshkent shahar hokimligiga sovg‘a qilingan — qora rangdagi Mercedes Benz S500 Hybrid avtomobili bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot vazirligi (XTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ustav kapitalidagi qo‘shimcha aksilariga obuna bo‘ladi. Uchta vazirlikning XTTB va XMKning ustav kapitalidagi mos ravishda 91,92 mln dollarlik 762 dona va 12,78 mln dollarlik 12 781 dona aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha taklifi ma’qullangan.
Andijon tumanida yashovchi fuqaro uyida o‘zini osib qo‘ydi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan ish ochildi. IIB profilaktika inspektori va mahalla raisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting