O‘zbekiston prezidenti va Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi o‘rtasidagi uchrashuvda korrupsiya, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish sohasida raqamlashtirish mavzulari muhokama qilindi. Xalqaro standartlarni joriy etish, bojxona postlarini modernizatsiya qilish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Qashqadaryoda qotillik sodir etib, 2020 yilning sentabr oyidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatilgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish to‘xtatildi. Gumonlanuvchilar parlament saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng «ayrim siyosiy kuchlar, jumladan, saylovda mag‘lub bo‘lganlar ko‘magiga tayanib» Bishkekda ommaviy norozilik namoyishlari uyushtirishni rejalashtirgani aytilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning oktabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan. Ushbu xarid uchun O‘zbekiston 1,5 mln dollar sarflagan.
Majburiy ijro byurosi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli qidiruvga berilgan 7 800 dan ortiq fuqarodan 4 500 nafardan ko‘prog‘i topilgan, 3 264 nafar fuqaro qidirilmoqda. Ushbu shaxslarning 2 149 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 1 115 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan. Shuningdek, qidiruv e’lon qilingan 4 222 ta avtotransport vositalarining 3 073 tasi topilgan.
Toshkent viloyatida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlandi. Ularning o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekiladi.
Milliy gvardiya axborot xizmati Toshkentning Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiya xodimlari pirotexnika vositalarini yashirgan maktab o‘quvchilarining sumkasidan ularni olib qo‘yganini ma’lum qildi. Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari voqea haqida zudlik bilan xabardor qilinganligi aytildi.
Olmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri 2 nafar sherigi bilan boshqa fuqaroga 12 gektar yerni 1 mln 560 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, bank xodimi poytaxtdan fuqaroga uy-joy olishida ko‘maklashish evaziga 2000 dollar olganida qo‘lga olindi.
Farg‘ona viloyatida Nexia avtomashinasida 25 mln 200 ming so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi. Yana bir holatda 61 mln 240 ming so‘mlik pirotexnika vositalari ushlab qolindi.
Dam olish kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kunduz kuni havo harorati +13…+15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Sankt-Peterburgdan Namangangga uchayotgan samolyot bortdagi tug‘ruq tufayli Nijniy Novgorod aeroportiga qo‘ndi. Bolani styuardessalar qabul qilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini bekor qilib, uni yangilash bo‘yicha buyruq loyihasini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, retseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.
Tojikistonning Xorug‘ shahrida organ xodimlari hibsga olish paytida fuqaroni otib o‘ldirganligi sababli miting uyushtirildi. Mitingda o‘t ochilib, namoyishchilardan 6 kishi yaralangan, «Aziya-Plyus» manbasiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.
Argentinalik olimlarning kuzatuvlariga ko‘ra, olti oy muddatda «Sputnik V» bilan emlanganlarning atigi 31 foizida COVID-19 ga immun javob berish uchun yetarli miqdorda antitanachalar saqlanib qolgan.
Toshkentda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasida 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi imzolandi. Dasturning budjeti 90 mln dollarni tashkil etadi.
Xalq ta’limi vazirining o‘qituvchilar va ota-onalarga murojaati, talabalarga kontraktini to‘lab bergan hokimliklar reytingi e’lon qilinishi, Yangihayot tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilishi — “Gazeta.uz"ning 25 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
2019-yilning mart oyida Respublika sud ekspertizasi markazi uchun yangi binolar majmuasi qurilgan edi. Oradan uch yil o‘tmay, markazning haligacha hokimlik balansida turgan binolaridan biri buzilishi xavfi ostida qolmoqda. Sabablari noma’lum, poytaxt hokimligi hozircha vaziyatga izoh bermadi.
Uzbekistan Airports Silk Avia hududiy sho‘’ba aviakompaniyasni tashkil etmoqda. Yangi aviakompaniya viloyatlar o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirib, chipta narxlarini «temiryo‘l chiptalari bilan mos» qiladi. Uzbekistan Airports birinchi bosqichda boshqaruvchi kompaniya bo‘ladi. Keyinchalik aviatashuvchi xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 161 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinoz shaharlarining markazlashgan oqava suv tizimlarini modernizatsiya qilinadi. Chinoz, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi 70 ta qishloq aholi punktlarida 136 ming nafar aholiga septiklar o‘rnatilib, markazlashtirilmagan kanalizatsiya tarmoqlariga kirishi ta’minlanadi.
2022 yilda Moskvada mehnat migrantlari uchun patent narxi oyiga 5341 rubldan 5900 rublgacha oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting