25 noyabrdan O‘zbekistonda «Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi boshlanadi. Kampaniya boshlanishini e’lon qilgan Senat raisi Tanzila Narbayeva zo‘ravonlikka qarshi kurashda «uzoq va mashaqqatli ishlar» turganini va unda «har birimizning ishtirokimiz muhim» ekanligini ta’kidladi.
Prezident «2022−2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish» bo‘yicha topshiriq berdi. Unda davlat boshqaruvi tizimi va mahalliy davlat hokimiyati organlarini «aholining farovonligini ta’minlash samaradorligi»ga e’tibor qaratish hamda «mobil boshqaruv apparati»ni yaratish orqali ularning samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.
Toshkent metropolitenining “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning yordamida yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqi uchun to‘lov qilishi mumkin.
Poytaxtning Adiblar xiyoboni yonida Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi quriladi. Muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxona ham tashkil etiladi. Milliy bog‘ yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilmoqda. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
O‘rtachirchiq tuman Xalq deputatlari Kengashi yopiq majlisda prokuror taqdimnomasiga ko‘ra deputat Feruza Babashevani daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Deputat “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining talabiga binoan sudda javobgar sifatida ishtirok etadi.
O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Natijada yetkazilgan zarar yiliga qariyb 3 mlrd dollarni tashkil etadi. Prognozlarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YAIMning taxminan 5 foiziga zarar yetkazishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligining «O‘ztibloyiha» loyiha tashkilotiga turkiyalik mutaxassis Guray Kaymak rahbarlik qiladi. U poytaxtdagi sobiq Intercontinental mehmonxonasi binosi va O‘zbekistondagi boshqa obyektlarni loyihalashtirishda ishtirok etgan.
Hukumat Toshkent hokimligiga 2022 yil oxirigacha shahar bosh rejasini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlash muddati bugungi kungacha bir necha bor ortga surilgan.
Iqtisodchi Botir Qobilov yiliga 200 mln tup daraxt ekilishi tashabbusi haqida fikr bildirib, mazkur vazifaning ijrosiga ozgina shubhasi borligini ta’kidladi. «Eng muhimi, ekilgan daraxtning „mevasi“ 15−20 yil ichida kelmaydi. Balki 200 mln tup emas, 10 mln tupning o‘zi yetarlidir», — dedi u.
2022 yil mart oyining o‘zida Yevropada koronavirusdan 500 ming kishining vafot etishi mumkinligi, Viskonsindagi parad paytida avtomobil odamlarni bosib ketgani, Niderlandiyadagi tartibsizliklar chog‘ida 100 dan ortiq kishining qo‘lga olingani, Pfizer va BioNTech kompaniyalari bolalar uchun vaksinalar samarasi 100 foiz ekanini qayd etgani, Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘onining yorilib ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berilishi, Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk “hokimlik soati"ni o‘tkazishi, Shavkat Mirziyoyev energetika sohasida DXSH loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi — “Gazeta.uz"ning 22 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 mlrd funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘anning unga sovg‘a qilingan Turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmi bo‘yicha munosabat bildirib, Kreml bu xaritada «uning markazi Rossiyada, Oltoyda joylashganini anglatuvchi qizil yulduz yo‘qligidan afsusda» ekanini ta’kidladi.
Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvati 8 ming megavattga yetkaziladi. Shuningdek, “yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak”.
2022 yilda «snos"lar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida davlat budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Yakkabog‘ tumanida yashovchi 5 yoshli bola uyida chiroq soatlab o‘chayotgani bois mas’ullarga murojaat yo‘lladi. Qashqadaryo “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir qator hududlarda “ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini” ma’lum qilmoqda.
O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda. Shundan qariyb 3 mln nafari yoshga doir pensiya oluvchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 756,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting