O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Nomzodni Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar bir ovozdan ma’qullagan.
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi chog‘ida 18 ta hujjat, jumladan, hukumatlar o‘rtasida yadroviy, biologik xavfsizlik va xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlikka oid bitimlar, shuningdek, besh yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi imzolandi.
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar (nematodalar) aniqlandi. Ta’minotning bir qismi eksportchilarga qaytarilgan, ba’zilari esa yo‘q qilingan. Nematodlarning tarqalishi bilan kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ekinlarning hosildorligini kamaytirish xavfi mavjud.
19 noyabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘rganish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tashkilot BMTning boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatadigan organlar qatoriga kiritildi.
Taniqli aktyor, o‘zbek kinosi afsonasi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonda ilk bor YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi. Yo‘l harakatining turli ishtirokchilari va muhandislar ko‘cha va yo‘llardagi xavfsizlik, bolalarga YHQni o‘qitish dasturlari, Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida prezident maktabi ochildi. Uning qurilishi Discover Invest kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi, loyiha qiymati 84 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Toshkent va boshqa viloyatlardagi 100 dan ortiq binolar O‘zbekistonning bolalar huquqlarini qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat sifatida bugun oqshom moviy rang bilan yoritildi. «Dunyoni moviy rangga bo‘ya» global aksiyasi Jahon bolalar kuniga bag‘ishlandi.
«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — Pensilvaniya shtati universitetida (AQSh) tahsil olayotgan magistrant Zuxra Xayrullayeva. Biz undan nega Amerikada o‘qishni tanlagani, AQSh universitetining O‘zbekistondagi OTMlar bilan farqi, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
Surxondaryo viloyatida «Zarchob-2» kichik GESni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Stansiya 40 ming aholini elektr energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. «O‘zbekgidroenergo» raisi Abdug‘ani Sanginov kelgusida yana 2 ta loyiha — To‘palang va Mizop-Kishtut stansiyalarini ishga tushirish orqali daryo suvidan 5 marotaba foydalanish mumkinligini ta’kidladi.
Surxondaryo viloyatida DXX xodimlari tomonidan Tojikiston va Afg‘onistonda tayyorlangan yirik partiyadagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 67 kgdan ortiq opiy, 48 kgga yaqin gashish va 450 gramm geroin topilib, musodara qilindi.
Hukumat qarori bilan 2021 yil yakunigacha barcha IIO tayanch punktlari, MFY, jazoni ijro etish muassasalari, profilaktika inspektorlari xonalari, xalq ta’limi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari internetga keng polosali ulanadi. 2022 yil 1 yanvardan ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan ulash ko‘zda tutilmoqda.
Mehnat vazirligi ish beruvchilarga vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlashtirish tartibini tushuntirdi. Unga ko‘ra, xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar u yozma ariza berishdan bosh tortsa, dalolatnoma tuziladi. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra emlanmaydiganlar masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.
Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik vaksinalar ombori ochildi. U turlicha saqlash harorati bilan barcha turdagi vaksinalarni saqlashi mumkin. Ombor UNICEF ko‘magida qurilib, Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.
Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasini «Buyuk ipak yo‘li» bekatidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi yoki Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali TTZgacha uzaytirish rejalashtirilgan. Qurilishning birinchi varianti 220 mln dollardan ortiq baholanmoqda. Shuningdek, halqali metropolitenning ikkinchi bosqichi qurilishida «muammoli» qismidan o‘tish variantlari ham muhokama qilinmoqda. Yo‘l o‘tkazgichni qurish uchun 132 ta binoni buzish va 300 dan ortiq daraxtni kesish talab etiladi. Yer osti liniyasi zarari kamroq, ammo u ko‘proq xarajat talab etadi. Tramvay esa «taqiqlangan» mavzu bo‘lib qolmoqda.
Pishloq va ko‘katli, go‘shtli, tvorogli va shokoladli — Zira.uz turli usulda pishiriladigan quymoqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomashinasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishni to‘xtatganini ma’lum qildi. «Jahon avtomobil sanoati og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emas», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Davlat rahbari Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Baydenning vakolatlarini vaqtincha vitse-prezident Kamala Xarrisga topshirishi, Gretsiyada COVID-19ga qarshi vaksina olmaganlarning yopiq joylarga borishi taqiqlanayotgani, Turkiyada davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lgan Fetxullah Gyulenning o‘limi to‘g‘risida xabarlar tarqalgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi qabul qilingan qarorlar, Oliy Majlis Senatining 21 yalpi majlisi, Inkuzart`ning yangi graffitisi yana bo‘yab tashlanishi — “Gazeta.uz"ning 19 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting