Arxiv

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mlndan oshdi
22 noyabr 2021, 16:36

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mlndan oshdi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda. Shundan qariyb 3 mln nafari yoshga doir pensiya oluvchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
22 noyabr 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 756,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

O‘zbekistonlik karatechi ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
22 noyabr 2021, 15:47

O‘zbekistonlik karatechi ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Doston Otabolayev karate WKF bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Dubaydagi jahon chempionati finalida misrlik Abdulla Abdulazizni mag‘lub etdi (video).

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi
22 noyabr 2021, 15:35

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi. U yig‘ilishda o‘ziga „hurmatli“ deb murojaat qilmasliklarini» aytib o‘tdi. Shuningdek hokim fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari Zoyir Mirzayev «fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil etilishini» ta’kidladi.

Avtomobil tashuvlaridagi ma’muriy bayonnomalar planshetlar orqali rasmiylashtiriladi
22 noyabr 2021, 14:50

Avtomobil tashuvlaridagi ma’muriy bayonnomalar planshetlar orqali rasmiylashtiriladi

Transport vazirligi inspektorlari endilikda avtomobil tashuvlari sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish uchun planshetlardan foydalanadi. Dastlabki bosqichda Toshkent shahar va Toshkent viloyatida yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Davlat imtihonidan yiqilgan talaba har o‘quv yilida imtihonni 2 martagacha qayta topshirishi mumkin
22 noyabr 2021, 13:25 3

Davlat imtihonidan yiqilgan talaba har o‘quv yilida imtihonni 2 martagacha qayta topshirishi mumkin

Endi OTM talabalari davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi. Ular tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilida (3 yil davomida) ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshira oladi.

Niqob taqish COVID-19`ga chalinish xavfini 53% gacha qisqartiradi — Global tadqiqotlar
22 noyabr 2021, 13:12

Niqob taqish COVID-19`ga chalinish xavfini 53% gacha qisqartiradi — Global tadqiqotlar

Dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari COVID-19 bilan kasallanish holatlari niqob taqish natijasida 53 foizgacha va jismoniy masofa saqlash orqali 25 foizgacha kamayishini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, niqob taqish, ijtimoiy masofalanish va qo‘llarni yuvish amaliyoti vaksinatsiya dasturlari bilan parallel ravishda davom ettirilishi zarur.

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi
22 noyabr 2021, 12:59

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi

Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi ulkan bayroq uchun 300 mln so‘m ajratish bo‘yicha qaror chiqardi. Keyinroq viloyat hokimi bunga e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda bayroq ustunini qurishni bekor qildi. Mablag‘lar yo‘l ta’miriga va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Aprel oyida ham viloyatning sobiq hokimi Zoyir Mirzayev 1 mlrd 350 mln so‘mlik bayroq qurilishini to‘xtatgan edi.

Senatorlar o‘zlari ma’qullagan qonunni eslay olishmadi
22 noyabr 2021, 12:35

Senatorlar o‘zlari ma’qullagan qonunni eslay olishmadi

Senator Narimon Umarov matbuot anjumanida “Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri Senatga kiritilmaganini aytdi. Vaholanki, qonun iyun oyi oxirida Senat yalpi majlisida ma’qullangan edi. Mazkur holatga boshqa hech kim izoh bermadi.

Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
22 noyabr 2021, 11:42

Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Hafta boshida anomal iliq ob-havo saqlanib turadi. Chorshanba kuni Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati +13…+18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Toshkentda sug‘oriladigan yerlardan foydalanish maqbullashtiriladi
22 noyabr 2021, 11:38

Toshkentda sug‘oriladigan yerlardan foydalanish maqbullashtiriladi

Prezident qarori bilan Toshkent viloyatidan poytaxt tumanlariga o‘tkazilayotgan sug‘oriladigan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari plantatsiya usulida joylashtiriladi. Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida 7 yil muddatga aholiga beriladi. Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tashkil etiladi.

Toshkentda mushuklarni qiynab, ulardan birini o‘ldirgan yigitning shaxsi aniqlandi
22 noyabr 2021, 11:24

Toshkentda mushuklarni qiynab, ulardan birini o‘ldirgan yigitning shaxsi aniqlandi

Yashnobod tumanida noma’lum shaxs mushuklarni paketga solib, pod’ezdga olib kirib, qiynagan va ulardan birini o‘ldirgan. Poytaxtga IIBBga ko‘ra, ushbu shaxs aniqlandi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)
22 noyabr 2021, 10:55

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)

Dushanba kuni poytaxtning 4 ta tumanida gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi
22 noyabr 2021, 10:06

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berildi

O‘zbekistonda to‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga koronavirusga qarshi ixtiyoriy buster doza bilan emlashga ruxsat berildi.

O‘zbekistonning Jenevadagi vakili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari etib saylandi
21 noyabr 2021, 21:14

O‘zbekistonning Jenevadagi vakili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari etib saylandi

O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Nomzodni Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar bir ovozdan ma’qullagan.

Moskvada qanday kelishuvlarga erishildi?
21 noyabr 2021, 16:05

Moskvada qanday kelishuvlarga erishildi?

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi chog‘ida 18 ta hujjat, jumladan, hukumatlar o‘rtasida yadroviy, biologik xavfsizlik va xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlikka oid bitimlar, shuningdek, besh yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi imzolandi.

Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar aniqlandi
21 noyabr 2021, 15:04

Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar aniqlandi

O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Eron va Pokistondan import qilingan kartoshkalarda xavfli zararkunandalar (nematodalar) aniqlandi. Ta’minotning bir qismi eksportchilarga qaytarilgan, ba’zilari esa yo‘q qilingan. Nematodlarning tarqalishi bilan kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ekinlarning hosildorligini kamaytirish xavfi mavjud.

Antikorrupsiya agentligiga jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqi berildi
21 noyabr 2021, 13:14

Antikorrupsiya agentligiga jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqi berildi

19 noyabrdan kuchga kirgan qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘rganish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish, hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tashkilot BMTning boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatadigan organlar qatoriga kiritildi.

Aktyor Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi
21 noyabr 2021, 12:19

Aktyor Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi

Taniqli aktyor, o‘zbek kinosi afsonasi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.

«Halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz». O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi
20 noyabr 2021, 21:09

«Halok bo‘lganlar uchun javobgarmiz». O‘zbekistonda YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi

O‘zbekistonda ilk bor YTH qurbonlari xotirasi yodga olindi. Yo‘l harakatining turli ishtirokchilari va muhandislar ko‘cha va yo‘llardagi xavfsizlik, bolalarga YHQni o‘qitish dasturlari, Toshkentda velosiped infratuzilmasi muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting