O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida qatnashayotgan nomzodlarning 99,3 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi. Nomzodlar orasida iqtisodchilar va pedagoglar foizi eng yuqori.
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini yaqin haftalarda kuzatiladigan noqulay ob-havodan ogohlantirdi. Agentlik yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.
O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boshlandi. Parlament saylovlari ilk bor aralash tizimda o‘tkazilmoqda. Birinchilardan bo‘lib Yaponiya va Janubiy Koreyada xorijiy saylov uchastkalari ochildi. Oxirgi bo‘lib AQShdagi uchastkalar yopiladi.
Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.
Ekzit-pol natijalariga ko‘ra, hukmron “Gruzin orzusi” partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida shartli ravishda 56,1% ovoz oldi. Ammo hukmron partiya ham, muxolifat ham o‘z g‘alabasini e’lon qildi. MSK yaqin soatlarda natijalar bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni taqdim etadi.
Rossiyaning Lipetsk viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasidan 6 nafar mahbus yer ostida 65 metrlik lahim kovlab, qochib ketdi. Mahalliy Telegram kanallari mahbuslar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligini aytmoqda.
Raqobat qo‘mitasi YandexGo, Yandex Eats hamda Express24 kompaniyalarini xizmat bozorida ustun mavqega (monopol) ega deb topdi.
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun 270 ming so‘m miqdoridagi bir martalik kompensatsiya oladi. Pul kartalarga 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyar Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Murabboli pirog, amerikancha qovoqli pirog, malina va smetanali pirog, “Farishtaning ko‘z yoshlari” va boshqa shirin piroglar retsepti — Zira.uz jamlanmasida.
Kechasi Qibray tumanida 2 noma’lum shaxs Range Rover mashinasiga bir necha marta o‘q uzgan. Bosh prokuratura xabarida faqat haydovchi haqida ma’lumot berilgan, ammo manbalarga ko‘ra mashinada Komil Allamjonov ham bo‘lgan. U ham, haydovchi ham jarohatlanmagan. Gumonlanuvchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviahujum oqibatida Eron havo hududi yopildi. Shu tufayli O‘zbekiston shaharlaridan bir qator parvozlar kechikish bilan amalga oshirildi, bir reys Toshkentga qaytarildi, boshqalari esa zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi.
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Erondagi raketa ishlab chiqaruvchi korxonalarga havo hujumlarini uyushtirdi. Zarbalar 3,5 soat davom etdi, 100 dan ortiq samolyot uchirilgani aytilmoqda. Eron qurbonlar yo‘qligi, zarar ko‘lami aniqlanayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida avtomobil narxlari o‘sishi sekinlashdi. Bu avtokreditlar foiz stavkalarining oshishi hamda bunday kreditlar berilishining 2,1 barobarga kamayishi fonida yuz berdi. Bozordagi faollikning pasayishi avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ismatulla Irgashevga ko‘ra, Afg‘oniston ham Amudaryo suvidan foydalanishga haqli. Ammo bu borada bir qancha masalalar mavjud. “Biz yaqin qo‘shnimiz bo‘lmish afg‘on xalqi bilan bularning yechimini albatta, topamiz” — dedi u. Yaqinda Toshkentda Qo‘shtepa kanalini qurish bo‘yicha ishchi guruhi majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Sirdaryoda White Gold Klaster korxonasi 90 mlrd so‘mlik paxta, 3 mlrd so‘mlik texnik chigitni birja savdolariga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgani ma’lum bo‘ldi. Bu Vazirlar Mahkamasi nizomiga zid. Klaster korxonaga chora ko‘rildi.
BRIKS hamkoriga aylanadigan O‘zbekiston, parlament saylovi uchun ovoz berishga ulgurgan 1 mln fuqaro, IIV tizimida islohotlar davom etishini aytgan prezident, Afg‘onistonda gaz qazib oladigan Eriell KAM va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting