Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Yuqori Chirchiq tumanidagi 3 ta mahalladan yana yer maydoni ajratildi. Yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga berildi.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasi eskirganini aytib, u qayta yozilishini bildirdi. “Madhiyamizni 5 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar oson kuylashi uchun qayta yozamiz”, — dedi spiker.
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Mo‘g‘uliston xalqaro qamoqqa olish orderi amal qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z hududida hibsga olmasdan, Rim statutini buzganlikda aybladi. Putin sentabr oyida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi.
Elyor Oltiyev Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berilmoqda. Bu ko‘zda tutilgan qonunni Senat ma’qulladi.
AQShning SpaceX va Buyuk Britaniyaning Surrey Satellite Technology kompaniyalari O‘zbekistonning milliy kosmik dasturini ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini beradi.
Yandex Uzbekistan va Express24 yagona texnologik platformani yaratish bo‘yicha bitim imzoladi. Bunda Yandex Go`dagi Eats va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tadi. Express24 ilovasi o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Buyuk Britaniya 2025-yil 1-iyundan bir martalik veyplarni sotishni taqiqlaydi. Bu chora o‘smirlarni himoyalash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Taqiqning kiritilishi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini minib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketdi. U og‘ir jarohatlar bilan shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Yangi tashkil etilgan Migratsiya agentligi 2026-yilgacha fuqarolarni xorijga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalarini xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazadi. Ish takliflari ochiq e’lon qilinadi, saytda rezyume shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi. Migrantlarga 10 mln so‘mgacha mikrokredit beriladi.
Surxondaryo viloyatida gaz ta’minoti xodimi ikki nafar tanishining uyiga gaz ballonlarini yashirib, noqonuniy ravishda mahalliy aholiga oshirilgan narxda sotib yurgani ma’lum bo‘ldi. Jami 120 ga yaqin ballon topildi.
Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini olishi haqida so‘z bordi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.
Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan prezident, davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha yangi qonun, faxriy unvon olgan Zakirjon Almatov, to‘la xususiylashtirilgan “Poytaxt bank” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Andijon tumanida transformator punktidagi qisqa tutashuv sabab 20 ta xonadon elektr energiyasidan favqulodda uzildi. Tarmoqda tarqalgan videoda hisoblagichlarda yong‘in chiqqanini ko‘rish mumkin. HET yangi hisoblagichlar o‘rnatish ishlarini boshladi.
Bir qator Britaniya hamdo‘stligi davlatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi.
Bond Investments kompaniyasi (BAA) “Poytaxt bank” aksiyalarining 100% egasiga aylandi. Iyun oxirida Davaktiv shu investor bilan bankni 10 mln dollarga sotishga kelishilgani haqida xabar bergandi.
Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirildi. Mamlakatdan ketayotganlardan aeroportlarga bir soat oldin yetib kelish so‘raldi. Terakt ortidan Anqarada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting