Arxiv

Dunyo maktablariga qilingan qonli hujumlar (skulshuting)
17 may 2021, 18:04 1

Dunyo maktablariga qilingan qonli hujumlar (skulshuting)

Skulushuting — bu biror shaxs tomonidan maktabdagi o‘quvchi va xodimlarga qurolli hujum uyushtirish. Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday jinoyatchilar o‘quv muassasasida o‘q otishdan ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydi, hujumchi tartibsiz otishma yoki hujum paytida iloji boricha ko‘proq odamni o‘ldirishni ko‘zlaydi. Dunyoning bir qancha maktablarida bunday mudhish hodisalar ro‘y bergan. Ulardan eng yirik 7 ta voqea tafsilotlari.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 9 mln dollar foyda ko‘rdi (aniqlashtirildi)
17 may 2021, 17:59

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 9 mln dollar foyda ko‘rdi (aniqlashtirildi)

2021 yilning birinchi choragida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning sof foydasi pasayib, 95,69 mlrd so‘mni (9 mln dollar atrofida) tashkil etdi. 2020 yilda kompaniya 352,7 milliard so‘m zarar ko‘rdi, garchi bir yil oldin foyda 850 milliard so‘mdan oshgan bo‘lsa.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor ko‘tarilmoqda
17 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 15,27 so‘mga qimmatladi va jami 10 566,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.

Ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi
17 may 2021, 15:58

Ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi

Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi. Unga faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlangan shaxslarga va unda saqlangan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlagan holda kirish ruxsat etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
17 may 2021, 15:47

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezident Qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
17 may 2021, 15:39

Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

Prezident shu hafta Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashadi. Qolaversa, Qozog‘iston prezidenti bilan telefonda muloqot qilish hamda Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Berde bilan uchrashuvlar ham rejada bor.

TATU talabalari o‘quv yilini onlayn tarzda tugatadi
17 may 2021, 15:07

TATU talabalari o‘quv yilini onlayn tarzda tugatadi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil o‘quv yili so‘nggiga qadar masofaviy tarzda davom ettiriladi. Avvalroq, universitet 27 apreldan 10 mayga qadar 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tgan edi.

Samarqandda IIB boshlig‘iga signal chalgan haydovchining avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi
17 may 2021, 14:53

Samarqandda IIB boshlig‘iga signal chalgan haydovchining avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi

Samarqandda IIB boshlig‘i Damas haydovchisiga signal chalgani uchun e’tiroz bildirgani aks etgan video tarqaldi. YHXB xodimi o‘zaro muloqot vaqtida muomala madaniyatidan chetga chiqqan. Haydovchining hujjatlari tekshirilib, to‘liq bo‘lmaganligi sabab transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

«Biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz». Shavkat Mirziyoyev — falastin-isroil mojarosi haqida
17 may 2021, 14:28

«Biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz». Shavkat Mirziyoyev — falastin-isroil mojarosi haqida

«Falastin va Isroildagi voqealar, Al-aqso masjidi atrofidagi harakatlar haqida gapirar ekanmiz, biz faqat tinchlik bo‘lishi tarafdorimiz. Albatta, har qanday masala bir stol atrofida o‘tirib, murosa qilinsagina hal bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident shuningdek, AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqayotganidan kelib chiqib, ushbu mamlakatda tinchlikni saqlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhimligini qayd etdi.

«Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olish» — BMT bosh kotibi
17 may 2021, 14:19

«Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olish» — BMT bosh kotibi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Isroil va Falastin tomonlarini jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, mavjud vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — BMT rezolyutsiyalari va oldingi kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarga qaytish va Quddusni ikki davlatning ham poytaxti deb tan olishdan iborat.

Haftaning boshida issiq ob-havo kuzatiladi
17 may 2021, 13:54

Haftaning boshida issiq ob-havo kuzatiladi

Haftaning birinchi yarmi yozgi ko‘rsatkichlarga yaqin harorat bilan juda issiq bo‘ladi. Qozog‘iston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan hafta oxirida harorat pasayishi kutilmoqda.

Xorijiy tashriflar yakunida memorandumlar emas, anglashuv kelishuvlari imzolanadi — prezident matbuot kotibi
17 may 2021, 13:49

Xorijiy tashriflar yakunida memorandumlar emas, anglashuv kelishuvlari imzolanadi — prezident matbuot kotibi

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunida hadli memorandumlar o‘rniga, aniq vazifalarni o‘zida mujassam etgan o‘zaro anglashuv kelishuvlari imzolanadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda davlat rahbari mutasaddilarga bitimlarni moliyalashtirish manbalari, ijrochi va aniq muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berganini ta’kidladi.

«Xorijga ketish „hammasi yaxshi bo‘ladi, mo‘maygina daromad topish mumkin“, degani emas». Germaniyada faoliyat yuritayotgan investitsion bankir Dilshod Davronov bilan suhbat
17 may 2021, 12:59

«Xorijga ketish „hammasi yaxshi bo‘ladi, mo‘maygina daromad topish mumkin“, degani emas». Germaniyada faoliyat yuritayotgan investitsion bankir Dilshod Davronov bilan suhbat

«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — Germaniyada faoliyat yuritayotgan investitsion bankir Dilshod Davronov. Biz undan nega O‘zbekistondagi magistraturani tashlab, xorijga o‘qish uchun ketgani, yetakchi oliygohlarda tahsil olishning afzalliklari, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.

Farg‘onada Malibu urib yuborgan velosipedchi vafot etdi
17 may 2021, 12:13

Farg‘onada Malibu urib yuborgan velosipedchi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Malibu avtomashinasi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi
17 may 2021, 11:21

Termizdagi maktabda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV
17 may 2021, 10:36

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida Xo‘jandga ham boradi — OAV

Prezidentning iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrifi kutilmoqda. Qo‘shni davlat OAVlarining yozishicha, ikki mamlakat yetakchilari Xo‘jandda So‘g‘d va unga chegaradosh hududlar rahbarlari bilan birgalikda muzokaralar olib borishi reja qilinmoqda.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi
17 may 2021, 10:03

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari tayinlandi

Shuxrat Nazarov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bundan tashqari, ko‘mita raisiga yana ikki o‘rinbosar va bosh muhandis tayinlandi.

Muddatidan ilgari pensiya tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
17 may 2021, 09:51

Muddatidan ilgari pensiya tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Pensiya tayinlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda erkaklarga 58 yoshda, ayollarga 53 yoshda muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
17 may 2021, 09:31

Shavkat Mirziyoyev Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor, Bahodir Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. San’atkor 2009 yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali ko‘plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.

Toshkentda issiq va sovuq suv o‘chiriladi (jadval)
17 may 2021, 02:36

Toshkentda issiq va sovuq suv o‘chiriladi (jadval)

17 maydan Toshkentda sovuq suvni o‘chirish va suv ta’minoti tarmoqlarida bosimni pasaytirish rejalashtirilmoqda (jadval). Mirzo Ulug‘bek tumanining ba’zi ko‘chalarida bir necha kun davomida issiq suv bo‘lmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting