Arxiv

«Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishayaptimi?» — Shavkat Mirziyoyev
12 may 2021, 10:46

«Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishayaptimi?» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev paxtada «pripiska» yo‘q qilingan bulsa-da, sanoat tarmoqlarida qo‘shib yozishni yo‘q qilish oson bulmayotganligini ta’kidladi. «Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishayaptimi? Prognozni bajara olmasa, nega rahbar bo‘lib o‘tirishi kerak?» — dedi davlat rahbari. Birinchi chorakda «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, «O‘zbekneftgaz» — 4,7 foizga, charm mahsulotlari — 10 foizga pasaygani qayd etib o‘tildi.

«1 avgustga qadar ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirish shart» — Shavkat Mirziyoyev
12 may 2021, 10:16

«1 avgustga qadar ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirish shart» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 avgustga qadar, mavjud kechikishni to‘liq bartaraf etgan holda, ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirilishi shart ekanligini ta’kidladi. Sanoat tarmoqlari, tadbirkorlik sub’ektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun, ikkinchi chorakda jami 15,5 mlrd kilovatt elektr ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
12 may 2021, 00:21

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

«Hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat’iy qoralaymiz», — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan hamdarlik maktubida.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 may 2021, 22:08

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniyaning Shotlandiya mustaqilligining oldini olishga qaratilgan rejalari, Hindistonning Gang daryosidan o‘nlab jasadlar topilgani, Malayziyada bir oylik o‘zini yakkalash rejimining joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Miraziz Bozorov tuhmat qilganlikda ayblanmoqda
11 may 2021, 21:33 1

Miraziz Bozorov tuhmat qilganlikda ayblanmoqda

Bloger Miraziz Bozorovga nisbatan JKning «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish»ga oid moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Dastlab jinoyat ishi 110-son umumta’lim o‘rta maktabi o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida ochilgandi. Endi jabrlanuvchilar qatorida Bozorov unga qarshi obunachilarini «jazolash»ga chaqirganini ta’kidlagan uch nafar bloger ham bor.

Surxondaryoda radarga «hujum» qilganlar 10 sutkaga qamaldi
11 may 2021, 19:46

Surxondaryoda radarga «hujum» qilganlar 10 sutkaga qamaldi

Surxondaryo viloyatida tezlikni o‘lchash moslamalarini burib qo‘yish yoki simini uzib qo‘yish holatlari uchramoqda. Qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar 10 sutkaga qamaldi, avtomashinalari esa jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining pensiyasi 2,5 mln so‘m etib belgilandi
11 may 2021, 19:36

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining pensiyasi 2,5 mln so‘m etib belgilandi

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2,5 mln so‘m pensiya tayinlashga oid farmonni imzoladi. Ushbu tartib 10 maydan boshlab amal qiladi. Hozirga qadar urush faxriylarining pensiyasi 800 ming so‘mni tashkil etgan edi.

Chirchiqda ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqishdi
11 may 2021, 18:31

Chirchiqda ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqishdi

Chirchiq shahar hokimiyati yaqinida ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqdi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan.

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transportlari soat 4:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi
11 may 2021, 17:15

Toshkentda Ramazon hayiti kuni jamoat transportlari soat 4:00 dan xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi.

Nogironligi bor shaxslar davlat xizmatlaridan chegirma asosida foydalanishi mumkin bo‘ladi
11 may 2021, 17:01

Nogironligi bor shaxslar davlat xizmatlaridan chegirma asosida foydalanishi mumkin bo‘ladi

Nogironligi bor shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda to‘lovlar uchun chegirmalar beriladi. Prezident dushanba kungi taqdimot vaqtida ayni shu bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan. Qolaversa, xizmatlar sonini yil yakuniga qadar 157 tadan 200 taga yetkazish vazifasi ham qo‘yilgan. Bundan tashqari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati tanqid ostiga olingan.

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari ketma-ket uchinchi bor ko‘tarilmoqda
11 may 2021, 16:16

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari ketma-ket uchinchi bor ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga qimmatladi va jami 10 542 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yana ko‘tarildi

Alisher Navoiy haykali oldida «noo‘rin hatti-harakatlar» bilan video olgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi
11 may 2021, 16:10

Alisher Navoiy haykali oldida «noo‘rin hatti-harakatlar» bilan video olgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Samarqanddagi Alisher Navoiy haykali oldida «noo‘rin hatti-harakatlar» sodir etib, video olgan yigitga nisbatan viloyat IIB tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Video olgan va unda ishtirok etgan ikki nafar shaxsga 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.

Aprelda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi
11 may 2021, 16:04

Aprelda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab qanday o‘zgardi

Aprelda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab uzoq muddati tendensiyaga qaytdi. Shartnomalar soni soni oshib, rekordlar o‘rnatilishi mumkin, lekin narxlarning keskin o‘sishi kuzatilmaydi.

Maqom markazini qurishga $8,8 mln ajratish rejalashtirilgan
11 may 2021, 16:04

Maqom markazini qurishga $8,8 mln ajratish rejalashtirilgan

Toshkentda Maqom markazi qurilishiga byudjet mablag‘laridan 93 mlrd so‘m ($8,8 mln) ajratish reja qilingan. Markazni tashkil etish rejasi 2017 yilning oxirida e’lon qilingan edi.

Samarqandda barcha ta’lim muassasalaridagi karantin yana 14 kunga uzaytirildi
11 may 2021, 15:14

Samarqandda barcha ta’lim muassasalaridagi karantin yana 14 kunga uzaytirildi

Samarqand shahar hududida koronavirus infeksiyasini yuqtirish ko‘rsatkichi oshib borayotganligi sababli barcha ta’lim muassasalaridagi karantin muddati yana 14 kunga uzaytirildi.

«Mingo‘rik» yodgorligi yonidagi qurilish ishlari ruxsat olinmasdan boshlangan — Senat
11 may 2021, 15:05

«Mingo‘rik» yodgorligi yonidagi qurilish ishlari ruxsat olinmasdan boshlangan — Senat

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Mingo‘rik arxeologiya yodgorligi yonida Toshkent shahar IIBB Ma’naviyat va ma’rifat markazining qurilishi tegishli ruxsat olinmasdan boshlangan, deya ma’lum qildi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.

Farg‘onada avariyada ikki oiladan olti kishi vafot etdi
11 may 2021, 13:44

Farg‘onada avariyada ikki oiladan olti kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida YTH natijasida ikki oiladan olti kishi vafot etgan. Yana 4 kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Qozon shahridagi maktabda ikki o‘smir o‘quvchilarga o‘q uzdi (to‘ldirildi)
11 may 2021, 13:43

Qozon shahridagi maktabda ikki o‘smir o‘quvchilarga o‘q uzdi (to‘ldirildi)

Qozon shahridagi maktabda yuz bergan otishma paytida 32 kishiga zarar yetgan. Maktabga ikki nafar o‘smir qurolli hujum uyushtirdi. Ma’lum qilinishicha, o‘q uzilishi va derazadan sakrash oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaydi
11 may 2021, 13:08

Soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaydi

Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmaslikka qaror qilindi. «Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya’ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yo‘lida xizmat qilish ekanligi ta’kidlandi», — deya qayd etdi qo‘mita.

Sodiq Xon London shahri meri sifatida qayta saylandi
11 may 2021, 12:50

Sodiq Xon London shahri meri sifatida qayta saylandi

London shahrining amaldagi meri Sodiq Xon shahar rahbarligi uchun saylovlarda 55,2% ovoz yig‘ib, ikkinchi bor London meriga aylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting