Arxiv

9 viloyatda yog‘ arzonlashdi, Toshkentda esa qimmatlashdi — ITIM
10 may 2021, 16:47

9 viloyatda yog‘ arzonlashdi, Toshkentda esa qimmatlashdi — ITIM

O‘zbekistonda bir litr o‘simlik yog‘i narxi hafta davomida 0,5 foizga arzonlashib, 19,1 ming so‘mgachani tashkil etdi, deya ma’lum qildi ITIM. Narxlar 9 viloyatda arzonlashgan bo‘lsa, Toshkent va qolgan hududlarda qimmatlashishda davom etmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov avvalroq QQS stavkasining pasayishi xizmat va tovarlarning arzonlashuviga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan edi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
10 may 2021, 16:20

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 17 so‘mga qimmatladi va jami 10 529 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yana ko‘tarildi.

Abdulaziz Kamilov Xitoyga boradi
10 may 2021, 15:43

Abdulaziz Kamilov Xitoyga boradi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov «Xitoy — Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvida qatnashish uchun Xitoyga boradi. Uchrashuv chog‘ida transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

2021 yilda O‘zbekiston aholisi ko‘proq naqd pul yechib olishni va xorijiy valyuta sotib olishni boshladi
10 may 2021, 15:34

2021 yilda O‘zbekiston aholisi ko‘proq naqd pul yechib olishni va xorijiy valyuta sotib olishni boshladi

Yanvar-aprel oylarida banklarning kassalariga naqd pul tushumlari 75,4 trln so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar esa 73,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Bir qadam oldingami? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishini qanday baholash mumkin?
10 may 2021, 15:05

Bir qadam oldingami? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishini qanday baholash mumkin?

Adliya vazirligi va tizim hosil qiluvchi NNT vakillari fuqarolik jamiyatining rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirishmoqda. Ammo haqiqatan ham hammasi yaxshimi va ularning faoliyatini tartibga solishda sifatli o‘zgarishlar bormi? Kolumnist Dilmurod Yusupov ushbu masalani yoritishda davom etadi.

Kasal bolalarni davolashga deb sohta xayriyaga pul yig‘gan ayol ushlandi
10 may 2021, 14:59

Kasal bolalarni davolashga deb sohta xayriyaga pul yig‘gan ayol ushlandi

Toshkentda og‘ir kasal bolalarni davolash uchun deb yolg‘on xayriyaga pul yig‘gan ayol ushlandi. Fuqaro bolalarning fotosuratlarini internetdan ko‘chirib olib foydalangan. Ularlan biri fevral oyida vafot etgan.

WSJ: AQSH Afg‘onistondagi qo‘shinlarini Markaziy Osiyoga yoki Yaqin Sharqqa joylashtirishi mumkin
10 may 2021, 14:50

WSJ: AQSH Afg‘onistondagi qo‘shinlarini Markaziy Osiyoga yoki Yaqin Sharqqa joylashtirishi mumkin

AQSH Afg‘onistondan olib chiqilayotgan qo‘shin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Tojikistonga joylashtirilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.

Hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
10 may 2021, 14:30

Hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida O‘zbekistonda o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati esa kechalari 13−18 daraja, kunduz kunlari 23−28 daraja atrofida bo‘ladi

15 maydan taksilarga oid tajriba boshlanadi. Noqonuniy taksichilar faoliyati qanday tartibga solinadi
10 may 2021, 14:28

15 maydan taksilarga oid tajriba boshlanadi. Noqonuniy taksichilar faoliyati qanday tartibga solinadi

O‘zbekistonda 15 maydan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yo‘lovchilarni tashishga ruxsat berishga oid tajriba boshlanadi. Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy taksilar soni 100 mingdan oshadi. Hukumat noqonuniy taksichilarni qanday tartibga solishni rejalashtirmoqda — prezident qarorining eng asosiy jihatlari.

Total Eren kompaniyasi Samarqandda quyosh elektrostansiyasini quradi
10 may 2021, 13:54

Total Eren kompaniyasi Samarqandda quyosh elektrostansiyasini quradi

YeTTB, YeIB va Proparco Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega Total Eren quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 87,4 mln yevro ajratmoqda.

Bozorda ustunligini saqlab turgan kompaniyalar ro‘yxati yangilandi
10 may 2021, 13:15

Bozorda ustunligini saqlab turgan kompaniyalar ro‘yxati yangilandi

O‘zbekistonda bozorida ustunligini saqlab turgan kompaniyalar ro‘yxatiga 107 xil mahsulot va xizmat ko‘rsatish turi bo‘yicha 93 ta kompaniya kiritildi.

«Texnik xato va bilimsizlik natijasi». Farg‘ona viloyati hokimligi Vermaxt askarlari aks etgan plakat haqida
10 may 2021, 12:47

«Texnik xato va bilimsizlik natijasi». Farg‘ona viloyati hokimligi Vermaxt askarlari aks etgan plakat haqida

Farg‘ona shahridagi «Vatanparvarlar bog‘i»da fashistlar armiyasi askarlari aks etgan plakat o‘rnatildi. Viloyat hokimligi bu «qo‘pol texnik xato» va «bilimsizlik» natijasida bo‘lganligini aytdi.

Prezident shu hafta Yaponiya yetakchisi va MO davlatlari rahbarlari bilan muloqot qiladi
10 may 2021, 11:40

Prezident shu hafta Yaponiya yetakchisi va MO davlatlari rahbarlari bilan muloqot qiladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining shu haftada ish grafigidan o‘rin olgan mahalliy tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev hafta davomida ikkita taqdimot va bir videoselektorni o‘tkazadi. Qolaversa, prezident Yaponiya yetakchisi va mintaqa mamlakatlari rahbarlari bilan muloqot qilishi kutilmoqda.

Bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan
10 may 2021, 11:35

Bolalar bog‘chasi mudirasi deyarli 1 mlrd so‘mni talon-taroj qilgan

Zangiota tumanida bolalar bog‘chasi mudirasi amalda ishlamagan 37 nafar xodim nomiga ochilgan plastik kartalarni noqonuniy ravishda o‘zida qoldirishni talab qilib, soxta ma’lumotlar kiritish orqali 983,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgan.

«Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim». Prezident Shon-sharaf muzeyi haqida
10 may 2021, 10:58

«Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim». Prezident Shon-sharaf muzeyi haqida

Prezident Xotira va qadrlash qadrlash kunida Shon-sharaf muzeyiga ham tashrif buyurib, «bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi. Hozir muzeyda 12,5 mingdan ortiq eksponat mavjud. «Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak», — dedi davlat rahbari.

Qobulda qizlar maktabidagi portlash oqibatida 63 kishi vafot etdi
10 may 2021, 10:35

Qobulda qizlar maktabidagi portlash oqibatida 63 kishi vafot etdi

Shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi qizlar maktabi yaqinida portlash ro‘y berdi. Oqibatda 63 kishi vafot etdi, 150 dan ortig‘i jarohatlandi. Afg‘oniston hukumati hujumda «Tolibon»ni ayblamoqda, ammo ular hujumga aloqador emasliklarini aytishmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi
10 may 2021, 10:01

Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi

Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi. Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.

«Urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq elektron bazasini yaratishning vaqti-soati keldi» — prezident
9 may 2021, 16:33

«Urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq elektron bazasini yaratishning vaqti-soati keldi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Davlat rahbari urush qatnashchilarini tabriklab, Ikkinchi jahon urushida jang qilgan 2 mlnga yaqin vatandoshlarning to‘liq ro‘yxati shakllantirilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, urush qatnashchilari haqida to‘liq ma’lumotlar aks etgan elektron baza yaratilishi ham ta’kidlandi.

Foto: Urush yillarida bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi
9 may 2021, 09:00

Foto: Urush yillarida bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi

Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 1,5 milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Ulardan 250 ming nafari bolalar edi. Toshkentdagi Shon-Sharaf muzeyining Ikkinchi jahon urushi bo‘limi va O‘zbekiston kinofotofonohujjatlar Milliy arxivi “Gazeta.uz” so‘roviga binoan urush yillarida bolalarning evakuatsiyasi aks etgan fotosuratlarni taqdim etishdi.

O‘zbekistondagi avtomobil eksportining deyarli barchasi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda
8 may 2021, 16:52

O‘zbekistondagi avtomobil eksportining deyarli barchasi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda

2021 yilning I choragida O‘zbekiston Qozog‘istonga 82,6 mln dollar miqdorda 8 468 dona yengil avtomobil eksport qilgan. Bu ushbu davrdagi O‘zbekiston yengil avtomobil eksportining deyarli 95 foizini tashkil qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting