Deputatlar davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandartini (bayrog‘i) joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Ular saylangan prezidentga uning qasamyodidan keyin topshiriladi.
BMT Qochqinlar masalalari bo‘yicha boshqarmasi tomonidan uch kunda Termiz xalqaro aeroportiga Afg‘oniston uchun 100 tonna gumanitar yuk olib kelindi. Yuklar Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahriga «Termiz — Hayraton» chegara punkti orqali yetkaziladi. Unga qadar esa Termez Cargo Centre logistika markazida saqlanadi.
1 oktabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 4 mln 8 ming 843 kishi yashab kelmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 3,8 mln kishi, Qashqadaryo viloyatida 3,3 kishi istiqomat qiladi. Toshkent shahrida 2,8 mln kishi doimiy yashamoqda.
«Toshkent metropoliteni» kompaniyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibidan chiqariladi va Transport vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Metro temir yo‘llar tizimiga 2016 yilda o‘tkazilgan edi, undan oldin «Toshshahartransxizmat» tarkibiga kirardi.
2022 yil 1 oktabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi. Shuningdek, keyingi yilning 1 iyuliga qadar 7 ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari tashkillashtiriladi.
O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida AQShni ortda qoldirib, mezbonlardan keyingi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mudofaa vazirligi jamoasi musobaqada turli murakkab shartlardan iborat 90 km masofani 37 soatda bosib o‘tdi.
Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytishi, O‘zbekiston U-14 chempionati yakunlari, Jaloliddin Masharipovning dubli — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bog‘chada oshpaz va xo‘jalik ishlari mudiri go‘sht o‘g‘irlayotganda ushlandi. Ular bu ishni direktorning topshirig‘i bilan qilganini aytmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab OTMda bastakor, san’atshunos va ovoz rejissyorlari tayyorlanadi.
Hair Boss studiyasi Benefit qizil kartochkasi xizmatlarini taklif qiladi. Ushbu karta belgilangan va bir yil davomida o‘zgarmaydigan narxda uchta zonani lazerli epilyatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.
Davaktiv Tashkent city bog‘ini xususiylashtirishni rejalashtirmoqda. Bog‘ni xususiylashtirish va foydalanishga topshirish uchun «master reja»ni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan kompaniyani tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.
O‘zbekiston bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq iste’molchining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 501,6 mlrd so‘m miqdoridagi debitorlik qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilindi.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari Abdul Salam Hanafiy boshchiligidagi delegatsiyaning Termizga tashrifi kutilmoqda. Shanba kuni u bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashadi.
15 oktabr kuni Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi shialar masjidi portlatildi. Natijada 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 68 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston ushbu terrorchilik harakatini keskin qoraladi. «Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
O‘zLiDeP nomzodi va amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev «Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi Alisher Qodirovning migrantlarni soliqqa tortish haqidagi taklifini tanqid qilib, «bu soliqqa tortiladigan daromad emasligini» aytdi. «Ishontirib aytmoqchimanki, agar men shu yurtda rahbar bo‘lib ishlasam, ular hech qachon soliqqa tortilmaydi… Ham o‘zini, ham oilasini boqayotgan yurtdoshlarimizga, faqat rahmat aytish kerak», — dedi u.
YTH oqibatida kimdir halok bo‘lgani haqidagi xabarlar kunda chiqib turibdi. Ko‘plab bolalar ham yo‘llardagi halokatlar qurboni bo‘lishmoqda. Shunga qaramasdan, deputatlar tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdorini pasaytirishni taklif qilishdi. Og‘abek Samisov YTHlarning sabab va oqibatlariga e’tibor qaratdi.
Laxmajun, yasmiqli krem-sho‘rva, revani va simitlar, burek yoki yong‘oqli pirog — Zira.uz turk oshxonasining taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
«Tolibon»ning Afg‘onistonda o‘rmonlarni kesish va yog‘och kontrabandasini taqiqlagani, Italiyada ishchilarga majburiy COVID-sertifikatlari joriy etilgani, LinkedIn ijtimoiy tarmog‘ining Xitoydagi faoliyatini to‘xtatishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga PSR tekshiruvini o‘tkazish uchun mobil laboratoriya yetkazib berdi. Laboratoriya quvvati bir kunda 1500 ta tahlil o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ushbu laboratoriyada koronavirusga bepul test topshirish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting