Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.
Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.
Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda quvvati 1500 MVt ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyiha taxminan 4 mln xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, yiliga taxminan 2,5 mln tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda.
O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhining asoschisi va rahbari Surat Ikromov 76 yoshida vafot etdi.
«Reklama to‘g‘risida» gi yangi qonun loyihasida mobil aloqa tarmog‘i orqali reklama tarqatilishiga faqat iste’molchining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shuningdek taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari ishtirokida giyohvand moddalarni reklama qilishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.
Nurafshonda «aqlli shahar» investitsiyaviy loyihasi o‘rniga Nurafshon business city konsepsiyasi amalga oshiriladi. Avvalroq tashkil etilgan direksiya «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» shaklida qayta tashkil etiladi.
1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bo‘ldi.
Microsoft korporatsiyasi asoschisi, Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. «Uzoq mulohazalar va munosabatlarimiz bo‘yicha ko‘p ishlardan so‘ng, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — deb yozdi tadbirkor.
Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.
Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.
Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Meksikada metro ko‘prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushdi. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va 70 ga yaqin odam jarohatlandi.
Guliston shahrida 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga xujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi.
Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.
1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.
Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting