Arxiv

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi
15 aprel 2021, 13:11

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. ««Abadiy urush»ga yakun yasash vaqti keldi», — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, AQSHning mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini va Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan holda.

Toshkent metropoliteni vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» yuzasidan izoh berdi
15 aprel 2021, 12:00

Toshkent metropoliteni vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» yuzasidan izoh berdi

Toshkent metropoliteni metro stansiyasidagi vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» elektron soat darchasiga qilingan kiberhujum natijasida paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.

Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasining raisi etib saylandi
15 aprel 2021, 11:48 1

Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasining raisi etib saylandi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat parlamentining Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylandi.

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi
15 aprel 2021, 11:30 1

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.

O‘zbekistonda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi
15 aprel 2021, 10:44

O‘zbekistonda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi

O‘zbekistonda Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi
15 aprel 2021, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

«Paxtakor» OCHLni durang bilan boshladi. Bugun AGMK o‘ynaydi
15 aprel 2021, 10:31

«Paxtakor» OCHLni durang bilan boshladi. Bugun AGMK o‘ynaydi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi
15 aprel 2021, 10:31

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan 300 mingdan ortiq fuqaro emlandi. 14 aprel kuni 43 ming 896 kishi vaksina oldi.

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi
15 aprel 2021, 09:12

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan 1 maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha va 2022 yil 1 yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi
14 aprel 2021, 22:50 1

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi

Adliya vazirligi Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining O‘zbekistondagi filialini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
14 aprel 2021, 22:34

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Elchixonaning faoliyati Shvetsiya va boshqa Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati tugatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
14 aprel 2021, 21:05

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash, viza rejimini soddalashtirish, transport-tranzit va boshqa masalalarni muhokama qildi. Pokistonning Serene Air kompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi
14 aprel 2021, 20:45

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi

Aprel oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarga tushdi. Oltin hajmi oshganiga qaramasdan, qimmatbaho metall narxining tushishi bunga sabab bo‘ldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 aprel 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Andijonda Polsha universiteti filiali tashkil etildi
14 aprel 2021, 18:01

Andijonda Polsha universiteti filiali tashkil etildi

Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etildi. Universitetda 6 ta fakultet faoliyat olib boradi. Darslar ingliz, rus va o‘zbek tillarida o‘tiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan grant asosida qabul qilinishi ham ko‘zda tutilgan.

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi
14 aprel 2021, 17:53

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.

«Borussiya D» — «Man Siti», «Liverpul» — «Real». Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlariga prevyu
14 aprel 2021, 17:09

«Borussiya D» — «Man Siti», «Liverpul» — «Real». Chempionlar ligasi chorak final o‘yinlariga prevyu

14 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorak final uchrashuvlari javob o‘yinlari doirasida «Borussiya Dortmund» — «Manchester Siti», «Liverpul» — «Real Madrid» jamoalari o‘rtasida futbol bahslari bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan «Gazeta.uz» prevyusi.

Farg‘onada 28 nafar bolani Damas’da olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi
14 aprel 2021, 16:48

Farg‘onada 28 nafar bolani Damas’da olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 28 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi Damas’da uylariga olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi tegishli guvohnoma va boshqa ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan.

Yuqori malakali mutaxassislarning ish topishi muammo bo‘lmaydi — JIDU rektori
14 aprel 2021, 16:29

Yuqori malakali mutaxassislarning ish topishi muammo bo‘lmaydi — JIDU rektori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov nima uchun JIDUda ko‘p yillar davomida korrupsiya rivojlanmaganligi, o‘quv jarayoni uchun talabalar beradigan «fidbek»ning muhimligi, zamonaviy mehnat bozorida kerakli ko‘nikmalar va bitiruvchilarning universitet hayotidagi o‘rni haqida. «Gazeta.uz» intervyusi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
14 aprel 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 497 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting