Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga xorijdan 1,6 mln dona mobil telefon import qilindi. Toshkentga 1,56 mln, Qoraqalpog‘istonga esa 2 dona telefon import qilingan.
O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyihada yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakatdagi kon manbaalarini takomillashtirish va energiya quvvatini tejash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Afg‘on tomoni tashabbusi bilan Termizad O‘zbekiston va Afonistonning chegaradosh hududlari rahbarlari uchrashdi. Unda Afg‘onistonga import mollarining tranzit tashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afg‘onistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsiya jarayonlariga yanada faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston TIV Abdulaziz Kamilov Turkiya Kengashi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ushbu fikrlarni bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. U poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. «Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?» — dedi prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelmoqda.
Energetika vazirligi va «O‘zatom» agentligi xodimlari Vengriyada «Paksh-2» atom elektr stansiyasini qurish tajribasini o‘rganadilar. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik abituriyentlarni Budapesht texnika va iqtisodiyot fanlari universiteti va Dunauyvarosh universitetida grant asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda.
«Adolat» partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduxalimov erkin jamiyat va adolatli davlat qurilishi, YAIMning adolatli taqsimlanishi, iqtisodiyotda raqobatning kuchayishi, jazoni ijro etish muassasalarini adliya organlariga topshirish, yagona Tergov qo‘mitasini tuzish, barcha qishloqlarni gaz va energiya bilan ta’minlash masalalarini o‘z saylovoldi dasturida ilgari surdi.
“Gazeta.uz” O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbatning 2-qismini havola qiladi. Qizlar poytaxtdagi qiyinchiliklar, o‘z yo‘llarini topishdagi ikkilanishlar va jamiyatda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatlar haqida so‘zlab berishdi.
«Tonirovka»ga ruxsatnomaning faqat my.gov.uz orqali berilishi, eng yaxshi loyihalar uchun yoshlarga 54 mln so‘mgacha grant mablag‘larining berilishi, eksportyor korxonalarga $5 mlngacha bir martalik moliyaviy resurslarning taqdim etilishi, alkogol va tamaki mahsulotlarining ayrim turlariga soliq stavkalarining oshirilishi — 1 oktabrdan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 665,73 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
DXA ma’lumotlariga ko‘ra, 3,6 mln haydovchi eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga o‘zgartirgan. 2 mln ndan ortiq kishi esa hali ham o‘zgartirmagan. Agentlik navbatlarning oldini olish uchun yaratilgan qulayliklarni yana bir bor eslatib o‘tdi.
O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2027 yilgacha mamlakatda kambag‘allikni kamida 2 baravarga kamaytirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat boshqaruvini takomillashtirishni nazarda tutuvchi besh yillik Yangi O‘zbekiston strategiyasini e’lon qildi.
“Demokratiyani har bir davlat o‘zicha tushunadi. Mana, Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida.
Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kecha davlat chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘lganligini ma’lum qildi. “Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi — namanganlik edi”, — dedi prezident.
oktabr oyidagi milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi Germaniya bundestagiga saylovlarda 25,7% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Hukmron XDI / XSI partiyasi bloki 24,1% ovoz oldi.
Hafta davomida O‘zbekistonda kuchsiz va biroz shamollar bilan barqaror quruq ob-havo saqlanib turadi. oktabr oyining birinchi kunlarida sovuq havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Havo harorati kunduz kunlari +15…+20 darajagacha pasayadi.
Yunusobod tumanida Toshkent viloyati, O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 1 gektar yer maydonini 200 ming AQSh dollari evaziga olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi. Firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 403 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. Bu 21 iyundan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lib, bir kun oldin qayd etilgan kasallanish holatlaridan 101 taga kam. Shuningdek, yakshanba kuni 68 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Ijarada yashayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talablarga ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting